Ko‘p beriladigan savollar
Tadbirkorlik

Masʼuliyati cheklangan jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:

- onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish talab etiladi);

- Istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda;

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachining shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi agar taʼsischi 2 ta va undan ortiq);

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining

1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 1-bobi 1-bandining 1-xatboshisiga ko‘ra, ushbu Nizom talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 30.06.2020-yildagi 3252-son qarori), shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xoʻjaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha boʻlgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaslik tartibi belgilandi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023 yildagi PQ-70-son qarori.

Yuridik shaxslarning taʼsischisilarini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yuridik shaxs taʼsischisi o‘zgartirilayotganda Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:

  • tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
  • davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:

oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;

oilaviy korxona ta’sis shartnomasining shartlariga bog‘liq holda foydadan o‘z ulushini olish;

oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;

agar oilaviy korxonaning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o‘zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda o‘ziga ajratib berilishi.

Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.

Oilaviy korxona ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.

Agar Siz biznes bilan shug‘ullanganda, mavjud bo‘lgan majburiyatlaringizni bajara olmasangiz, korxonangiz bankrot deb topilishi mumkin.

Tushuncha:

Bankrotlik, boshqa so‘zlar bilan aytganda, bu iqtisodiy nochorlik.

Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi bilan bog‘liq iqtisodiy sud tomonidan eʼtirof etiladigan holat.

Mazkur bo‘limda ifoda etilgan qoidalar davlat korxonalari va notijorat korxonalarga tatbiq etilmaydi.

Bankrotlik ishi quyidagi shaxslarning arizalariga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin:

 Qarzdor;

 Kreditor;

 Prokuror.

Arizani iqtisodiy sudga elektron tarzda topshirish uchun havoladan o‘ting.

Bankrotlik ishini ko‘rib chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:

 Kuzatuv;

 Sud sanatsiyasi;

 Tashqi boshqaruv;

 Tugatishga doir ish yuritish.

Quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:

Yakka tartibdagi tadbirkorlar;

Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

Quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:

Yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;

Metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;

Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;

Fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.

Asos: “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun.

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risidagi qonuni'ga asosan BHMning 10 barobari miqdorida davlat boji to‘lanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:

- Onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish talab etiladi)

- Istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda

Taqdim etiladigan hujjatlar:

Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining

1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yilgan talablar:

YTTlar faqat hukumat qarori bilan tasdiqlangan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati lex.uz hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi lex.uz.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);

barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);

agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma'lumotnomasi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb ko‘rsatilgan bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:

davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;

faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;

litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.

Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.

Aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:

-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)

-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Aksiyadorlik jamiyatini 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.

Xususiy bandlik agentligining faoliyati o‘zining xususiy mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Xususiy bandlik agentligi o‘z faoliyatini qaysi mol-mulk asosida va mulkiy huquqlar vositasida amalga oshirsa, o‘sha mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar oldi-sotdi, garov, ijara hamda huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish va (yoki) tugatish bilan bog‘liq boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.

Xususiy bandlik agentligi quyidagi huquqlarga ega:

xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish;

ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish;

ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va axborot olish;

ish qidirayotgan shaxslar va ish beruvchilar ishga joylashtirish masalalariga doir hujjatlarni hamda axborotni taqdim etmagan taqdirda xizmatlar ko‘rsatishni rad etish.

Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar:

xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga rioya etishi;

xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi;

xususiy bandlik agentligiga o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishi shart.

. tugatish haqida normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati.

2022-yilning 1-dekabridan boshlab mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilingan.

Asos: 08.11.2022-yildagi 415-sonli PQ

YTT subyekti avtomobil transportida yo’lovchi tashish xizmati uchun litsenziya olish imkoniyati mavjud emas. O’z-o’zini band qilish orqali avtomobil transportida yo’lovchi tashish xizmatidan foydalanishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 30.08.2001 yildagi 267-II-son Qonuni.

         Qonunning 3-moddasiga muvofiq, Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 30.08.2001 yildagi 267-II-son Qonuni.

         Qonunning 5-moddasiga muvofiq, mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 30.08.2001 yildagi 267-II-son Qonuni.

         Qonunning 11-moddasiga muvofiq, quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;

tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;

tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar.

shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 480-son qarori

         Qarorga muvofiq, talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza;

talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga  muvofiq guruhlangan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 480-son qarori

         Qarorga muvofiq, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovi 3 oy davomida amalga oshiradi.