O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy talim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida talabalarning ta'lim kreditini olish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan.
Ta'lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Oliy ta'lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta'lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
d) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Siz nodavlat oliy taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishingiz zarur.
Buning uchun Siz Davlat xizmatlari markazlari, Litsenziya axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya olish boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin.
O’qish joyidan ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishingiz mumkin.
Universitet talabalari uchun xizmat
Akademik litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari o‘quvchilari uchun xizmat
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etilishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish litsenziya bekor qilingan va chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibi joriy qilingan.
Xabarnomani Litsenziya axborot tizimi orqali yuborishingiz mumkin.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.
Eksternat tartibida imtihonlarda quyidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnashishi mumkin:
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, tayanch o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 16 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar;
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, umumiy o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 18 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar.
Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining so‘rovnomasi hamda ilova qilingan hujjatlari ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchi har yili 20-iyundan 31-iyulga qadar davlat xizmatidan foydalangan holda bolalarni umumtaʼlim maktablariga o‘qishga joylashtirish uchun YIDXP yoki O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi portalida bolalarni umumtaʼlim maktablariga joylashtirish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin.
Ariza beruvchi YIDXP yoki maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi “Bolalarni davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta taʼlim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi 295-sonli maʼmuriy Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi.
Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
So‘rovnomani quyidagi ketma-ketlik asosida to‘ldiriladi:
- qarindoshlik darajasi belgilanadi;
- ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Raqamli hukumat” tizimi manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
- ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili to‘g‘risidagi maʼlumotlardan farqli bo‘lsa, ariza beruvchi doimiy yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
- ariza beruvchi tomonidan manzil-maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili to‘g‘ri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan so‘ng YIDXP yoki maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi portali orqali yashash manzili to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi;
- ariza beruvchining farzandi haqidagi maʼlumotlar to‘ldiriladi;
- taʼlim tili tanlanadi;
- yashash manzili bo‘yicha mikrohududga biriktirilgan umumtaʼlim maktabi avtomatik ravishda belgilanadi.
Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha umumtaʼlim maktabida tanlagan taʼlim olish tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumtaʼlim maktabi mikrohudud sifatida biriktiriladi.
Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-son qarori 4.a-bandida Maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaror.
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan arizachi sifatida ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar yo‘llanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mustaqil ravishda YIDXPda ro‘yxatga olinadilar, shuningdek, davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Bolani uchinchi shaxslar tomonidan tashkilotga navbatga qo‘yish yoki yo‘llanma olish uchun murojaat etish faqat ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki bolaning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
Ha mumkin. 2022-yil 1-apreldan boshlab, toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilishi belgilangan.
Masalan, agar davlat MTT 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, biroq unga 400 bola qatnamayotgan va bu bog‘chaga 3-7 yoshli bolalar navbatda turmagan bo‘lsa, mana shunday bog‘chaga 2-3 yoshli bolalar qo‘shimcha pullik xizmat asosida qabul qilinishi mumkin
Quyidagilar, 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishda amal qiladi:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan Ilk rivojlanish guruhlardagi bolalar uchun toʻlov tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan tashkilot direktori tomonidan kelishilgan holda tasdiqlangan preyskurant narxlar asosida amalga oshiriladi.
Ilk rivojlanish guruhlari tarbiyalanuvchilari ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnoma bola qabul qilingan kuni oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan tuziladi.
Ilk rivojlanish guruhlarda tarbiyalanayotgan bola 3 yoshga toʻlgan kundan boshlab ota-ona bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilk rivojlanish guruhlari tashkil qilish mumkin:
dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim tashkilotida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish;
maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturidan tashqari sport-sogʻlomlashtirish va boshqalar.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi Ilk rivojlanish guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ilk yoshli guruhga tarbiyalanuvchilari uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pulda, plastik kartochkada, elektron toʻlov shaklida yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda toʻlanadi. Bunda, toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi (elektron toʻlov bundan mustasno).
Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan 100 foiz miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi.
Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar tarbiyalanuvchilarning davomat tabeli asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Agar so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmati ko‘rsatilishi muddatining o‘tishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2023-yilning 20-avgust kunidan boshlab talabalar turar joyiga onlayn joylashtirish imkoniyati yaratildi va xizmat ko’rsatilganligi uchun to’lov undirilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 376-son qarori.
Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kursga tavsiya etilganlar uchun) xizmatidan my.gov.uz havola orqali foydalanishingiz mumkin.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlari ko’rsatilishining xar bosqichida murojaatlarning ko’rib chiqilishini kuzatib borish mumkin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 376-son qarori.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etilishi belgilangan.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.
Qarorga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.
Qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:
davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.
Qarorga muvofiq, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.
Qarorga muvofiq, Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
- Rasmiy tushuntirishlar
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Tadbirkorlik
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- Elektron ishtirok
- UZIMEI
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID