Ko‘p beriladigan savollar
Madaniyat va sport
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi kiradi. Bunda:
1. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari bo‘yicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro sport musobaqalari bo‘yicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan bo‘lishi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martdagi "Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 118-son qarorida ko‘rsatilgan.
Malaka toifalari Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibotlarga asosan 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar o‘z malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Trener-o‘qituvchilarning ish natijalari quyidagi mezonlar bilan baholanadi:
- Trener-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi bo‘yicha
- Trener-o‘qituvchining O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini tayyorlashda qo‘shgan hissasi bo‘yicha.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga asosan: a) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining: tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi); b) belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining: tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi); v) jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining: tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi); g) xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi); d) oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 10-bandiga asosan, ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda belgilangan shakldagi tegishli so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) trener-oʻqituvchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari);
sportchi trener-oʻqituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
b) yoʻriqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
xalqaro toifali sport hakami;
milliy toifali sport hakami;
birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi toifali sport hakami;
uchinchi toifali sport hakami;
sport bo‘yicha hakam.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qarori.
Davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik (bundan murojaat qilingan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno);
sport hakami malaka toifalarini olish uchun belgilangan muddatdan oldin so‘rovnoma taqdim etilishi;
sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim bo‘lgan talablarni bajarmasdan so‘rovnoma berilishi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tartibga solinadi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kirmaydigan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat sport ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani;
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID