Ko‘p beriladigan savollar

Rasmiy tushuntirish

Da’vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida

Onlayn olsa:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida

Onlayn olsa:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida.

Kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;

sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko‘rsatilib javob beriladi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

 Norma va talablarni bajarib, boshlang‘ich tayyorlov guruhlari, o‘quv-mashg‘ulot, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlariga o‘tgan shug‘ullanuvchilar (o‘quvchi-sportchilar);

kam ta’minlangan oilalar farzandlari va nogiron bolalar;

to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar.

 O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanishi belgilangan.

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

 O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

 Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2 marta temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi belgilangan.

Qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025 yilning 1 yanvarigacha bojxona bojidan ozod qilinishi belgilangan.

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming so‘m);

1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming so‘m);

1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming so‘m);

2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming so‘m);

5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobarida to‘lab beriladi.

Jamoat tartibi va axloq normalariga rioya etishlari;

sport inshootining jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari;

yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari;

boshqa jamoalarning muxlislariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasliklari;

boshqalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari, atrofdagilarga xavf soladigan harakatlarni sodir etmasliklari;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tartibni saqlashga mas’ul shaxslar ko‘rsatmasiga asosan harakat qilishlari shart.

Dastur doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bir ijara shartnomasi doirasida 6 yil;

nodavlat professional ta’lim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun 10 yil etib belgilanadi.

Binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);

ko‘ngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno) taqiqlanadi.

 Tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish;

zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;

 yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.

Foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga:

ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;

qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;

yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

 uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma’lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

 uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi miqdorida to‘lashi kerak.

Yo‘lovchiga havo kemasi salonida qo‘l yukidan tashqari o‘zining zarur ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan shaxsiy buyumlarini:portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda o‘qish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yo‘l beshigi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘rindiqli aravacha yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlarni tashishga ruxsat beriladi.

Mayning faoliyati faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Maynerlar iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini o‘rnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;

Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;

respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar.

 Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);

● maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atele);

● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);

● bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);

● aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kurerlik faoliyati;

● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;

● bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;

● gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;

● rassomlik va haykaltaroshlik;

● xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;

● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;

● tarjima va tahrir xizmatlari;

● dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;

● kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;

● rieltorlik faoliyati;

● gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;

● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;

● davlat tashkilotlarini joylashtirish;

● sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.

Ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;

go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport  yordamida yetkazib berilgan bo‘lsa;

tegishli veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;

veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;

oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;

xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;

veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.

Savdo avtomatlari orqali;

bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari ko‘rinishida;

sotish joylarida alkogolli ichimliklar 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmaganda;

alkogolli mahsulot idishida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi matn yoki rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmaganda,

20 yoshga to‘lmagan shaxslarga.

Avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda);

xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.

18 yoshga to‘lmagan shaxslarni;

umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni;

mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport vositalarining harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlarni;

oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band bo‘lganlarni.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

 Yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini yelektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy yetiladi.

Neft mahsulotlari uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 %ga indeksatsiya qilinadi.

▫️Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (yenergetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;

▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr 2 000 so‘m.

 2026 yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi.

Buyurtmachilar tomonidan bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan nashrlari uchun berilgan so‘rovnoma to‘lovlari miqdoriga 50% imtiyoz qo‘llaniladi.

Bibliografik yozuvda tavsif boshining belgilanishi (muallifning familiyasi, nashrning nomi, tashkilot nomi), bitta harf va muallif belgilari jadvalida aniqlangan ikki xonali tartib raqamidan iborat.

 Arab raqamlari va harf birikmalaridan tashkil topgan indekslar mazmuni va rasmiy xususiyatlariga ko‘ra axborot resurslarini tizimlashtirish uchun mo‘ljallangan universal klassifikatsiya tizimi.

 Identifikatsiya va umumiy tavsiflar uchun belgilangan davlat standartlariga muvofiq ketma-ketlikda berilgan nashr haqidagi bibliografik ma’lumotlar majmui.

Axborot-kutubxona va nashriyotchilik ishi bo‘yicha standartlar tizimi davlatlararo standartiga muvofiq har bir kitob uchun noyob identifikator bo‘lib, kitobning chiquvchi ma’lumotlari majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Filial tashkil qilinganligi to‘g‘rsiidagi davlat tilidagi ta’sis yig‘ilishi bayoni belgilangan tartibda tasdiqlangan filial nizomini.

Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdori oshirilishi kamayishi boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga berilgan ariza rad etilgan va 5 ish kuni davomida qayta ariza topshirilganda topshirilgan vaqtda.

Bitta tadbirkorlik subyektiga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida

Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganligi;

so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;

mazkur Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi.

Ariza beruvchi davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etib, istalgan vaqtda qaytadan davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.

 Bir qatori — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan miqdorda.

Birinchi bosqich (2024 — 2026 yillarda) — Toshkent shahrida;

ikkinchi bosqich (2026 — 2028 yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);

uchinchi bosqich (2028 — 2030 yillarda) — boshqa barcha hududlarda.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;

mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari obyektlari qurish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish;

kam foydalaniladigan yoki rekonstruksiya qilish yoxud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiladigan mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini ijaraga berish;

bino qurish yoki rekonstruksiya qilish, konsessiya asosida jihozlash uchun yer uchastkasi ajratish;

bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ishlamayotgan davlat tibbiyot tashkilotlari binolarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish;

davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida o‘tkazish.

Aholiga OIV/OITS diagnostikasi, uni davolash va uning profilaktikasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish;

tibbiyot muassasalariga OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini metodik ta’minlash.

OITSga qarshi kurash mintaqaviy markazlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

OIV infeksiyasi va qo‘shimcha kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi, diagnostika, davolash tadbirlarini amalga oshirish;

OIV infeksiyasi yuqishi intensivligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash bo‘yicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar o‘tkazish;

OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga ularning salomatligini va mehnatga layoqatini saqlash uchun zarur bo‘lgan diagnostika va tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek OIV/OITS va qo‘shimcha kasalliklar diagnostikasini amalga oshiruvchi muassasalarga tibbiy yordam ko‘rsatish;

profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

OIV/OITSni profilaktika, diagnostika qilish va davolashning O‘zbekistonda qo‘llanayotgan metodlari samaradorligini fuqarolar salomatligini va millat genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash.

OIV/OITSni diagnostika, profilaktika qilish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz metodlarini qo‘llanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, ma’lumotlarining tegishli bazasini shakllantirish va yuritish;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash olib borish masalalari bo‘yicha tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yagona tizimning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish, OIVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash va ijtimoiy muhofaza qilish;

OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish va uni davolash vositalari bilan ta’minlash, shuningdek tashxis qo‘yish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklarning xavfsiz bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;

OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini bepul, xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish;

 OIVni yuqtirib olganlarning umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga, ularning o‘limini kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Qon, biologik suyuqliklar donorlari;

ellik yoshgacha bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar;

homilador ayollar;

inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini iste’mol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;

OIVni yuqtirib olgan onalardan tug‘ilgan bolalar;

o‘z faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va to‘qimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;

jinsiy sherigida OIV aniqlangan shaxslar.

xodimlar ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tayotganda majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.

Odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qo‘zg‘atuvchi.

OIV infeksiyasi — odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi;

 Odamning immunitet tanqisligi virusi odamning immun tizimini shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi.

OIVni yuqtirib olganlar bepul maxsus davolanadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIVni yuqtirib olganlar, kasallik bosqichidan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan har oylik ijtimoiy nafaqa va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun imtiyozlar olish huquqiga ega.

OIVni yuqtirib olgan bolalarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ishdan vaqtincha ozod qilingan va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda bolalar bilan birga davolash-profilaktika muassasasida statsionar sharoitlarda bo‘lish huquqiga ega.

Qonunchilikda OIVni yuqtirib olganlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilishning boshqa chora-tadbirlari ham belgilanishi mumkin.

OIVni yuqtirib olganlar:

OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini va OIV tarqalishining oldini olishga doir tavsiyalar olish;

o‘z huquqlari to‘g‘risida, o‘zidagi mavjud kasalliklarning xususiyati va tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘llaniladigan usullar haqida axborot olish;

o‘ziga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘linishi;

psixologik yordam olish huquqiga ega.

OIVni yuqtirib olganlar:

tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan OIV infeksiyasini tarqatmaslikka doir chora-tadbirlarni bajarishi;

sog‘lom odamlar bilan muloqotda ehtiyot choralariga rioya etishi;

jinsiy sherigini, shuningdek teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalarda sanchiladigan va kesadigan asboblardan foydalanadigan tibbiyot xodimlarini va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini o‘z kasalligi to‘g‘risida xabardor etishi shart.

OIVni yuqtirib olganlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida.

Og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam ko‘rsatish dasturi;

Birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga ko‘maklashish dasturi;

Uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi;

Isitish ta’minotidan uzilgan oilalarga yordam ko‘rsatish dasturi.

Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash;

BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda davolanish xarajatlarini (yashash va yo‘l xarajati bilan birga) qoplanadi.

Olti oy davomida har oyda ijara shartnomasining 50 foizi, biroq BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda vaqtincha boshpana uchun xarajatlarni (ijara to‘lovini to‘liq yoki bir qismini) qoplanadi.

Bir yilda ko‘pi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar) BHMning 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kommunal xarajatlarni qoplanadi

kuz-qish mavsumida BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda ko‘mir bilan ta’minlash xarajatlarini qoplanadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning murojaati;

ijtimoiy xodim tomonidan xonadonma-xonadon yurish natijasida.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksa va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

boquvchisi nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lgan oilalarga;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lgan yoki og‘ir kasallikka chalingan (butunlay yoki qisman o‘zini-o‘zi boqish imkoniga ega bo‘lmagan, faoliyati ko‘rsata olmaydigan) shaxslarga;

boquvchisini yo‘qotgan oilalarga.

Har bir toifa bo‘yicha belgilangan yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda;

to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

o‘z arizasiga ko‘ra;

“Temir daftar”ga kirishda noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda;

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

Undagi barcha qimmatli qog‘ozlar sotilgandan keyin yoki mijozning ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i yoki depo-hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng yopilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori.

 Vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;

qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash;

fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilish.

qonuniylik;

fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

xolislik;

korrupsiyaga nisbatan murosasizlik.

O‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, iste’molchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovar.

 Huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul).

Aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati.

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos bo‘ladi.

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi.

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

Bemor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek, implantatlar 5 yoshga to‘lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.

 Bolaning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylar bepul implantat hisobiga operatsiya uchun navbat kutishni istashmasa, implantatni o‘zlari sotib olishlari mumkin.

Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;

I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Ish joylarida;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida;

yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda;

avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida.

Xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadiga.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

Mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish;

dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish;

ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.

Barcha turdagi to‘rlar bilan;

teshuvchi baliq ovlash asboblari (nayza va boshqalar) bilan;

elektr toki, kimyoviy, giyohvandlik va biologik preparatlar, portlovchi moddalar;

o‘qotar qurollar;

uyda ishlab chiqarilgan elektr tutqichli qurilmalar.

Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan;

nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa;

er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa.

Kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:

Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

O‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonunchilikda, shu jumladan milliy standartlarda tovar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin.

Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi.

 O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.

Kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa;

qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

o‘zbekiston respublikasi davlat budjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar;

o‘zbekiston respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan ushbu qonunga muvofiq beriladigan xayriya yordami.

Fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.

Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish, teng huquqlilik, oshkoralik va ochiqlik.

Muayyan konfessiyaga mansub bo‘lgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa.

Fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi).

Bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta’sir o‘tkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) o‘z diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy ta’limotni tarqatishga doir faoliyat.

Missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga o‘tkazishga qaratilgan shakli.

Murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda.

Diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib etish, fuqarolarning sog‘lig‘iga va xalqning ma’naviyatiga tajovuz qilish maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa;

diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud bo‘lsa;

tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida e’tirof etilmagan bo‘lsa;

taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri axborot mavjudligi aniqlangan bo‘lsa.

Diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish.

Huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

Buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Advokat tomonidan ish bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi to‘g‘risida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, so‘rovda ko‘rsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.