id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro'yxatdan o'tkazish

“Yagona portal”da shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

my.gov.uz saytiga kirib “Kirish” tugmasini bosing.

Siz avvaldan “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimida (id.egov.uz) tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz shaxsiy login va parolingizni kiritib Yagona portalda avtorizasiyadan o‘tishingiz mumkun.

Agarda Siz id.egov.uz tizimida avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz:

Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqing va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

Ro‘yxatdan o‘tish oynasida tegishli maydonchalarga:

  • Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqamingizni kiriting (JShShIR). (JShShIR - bu fuqarolik pasportingizni quyi qismidagi 14 raqam);

  • pasportingizning seriyasi va raqamini;

  • elektron pochta manzilingizni;

  • telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmasini bosing.

Telefon raqamingizga SMS orqali kelgan kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting, so‘ngra “Keyingi” tugmasini bosing.

Ushbu oynada id.egov.uz tizimi uchun login va parol kiriting, so‘ngra “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.

id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Siz tizimda ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanadi.

id.egov.uz tizimida akkauntni ERI bilan tasdiqlash bo‘yicha
Yo‘riqnoma

id.egov.uz tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun login va parolingiz bilan tizimga kiring.

id.egov.uz tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun “Tasdiqlash” bo‘linmasiga o‘ting, ERI kalitingizni tanlang va “Tasdiqlash” tugmasini bosing.

ERI kalitingizning parolini kiriting.

Tizimda akkauntingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Sizning profilingiz tasdiqlanadi.

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting