O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi
Manzil:


100011, Toshkent shahri, Abay ko`chasi, 6

Telefon: +99871 244-15-95, 244-42-34
Veb sayt: www.davarx.uz
E-mail info@davarx.uz
Hududiy bo`linma nomlanishiManzilTelefonElektron pochta 
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi

100011, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, A.Navoi ko'chasi, 2А

+99871 241-9542, +99871 239-3582 info@guas.uzKo`rib chiqish
Funksiyalar Vazifalar

  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta'minlaydi, ularga rioya etilishi va ularning qo'llanishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  • o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo'limlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida aholi joylashishining Bosh sxemasi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish sxemalari va umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik ob'ektlarining shaharsozlik hujjatlari, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqilishi tashkil etilishini ta'minlaydi;

  • shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo'lgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno, va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega bo'lgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash to'g'risida takliflar kiritadi.


  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini ta'minlash;

  • loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;

  • kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

  • kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Zakirov Botir Irkinovich

Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Raisi
Juma

16.30-18.00

Toxtaev Azamat Ramzitdinovich

Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi

Raisi birinchi o'rinbosari

Dushanba

16.00-18.00

Xashimov Shuxratxodja

Rais o'rinbosari

Seshanba

16.00-18.00

Shadiev Muxamadjon Ishpulatovich

Rais o'rinbosari

Chorshanba

16.00-18.00

Mirzabaev Muxammad Kurolovich

Rais o'rinbosari

Payshanba

16.00-18.00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa