Tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga sertifikat taqdim etish
Davlat organiga murojaat etish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


TIAISV tomonidan yuridik shaxs bo`lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga import qilinadigan mahsulotning nomlari ilova qilingan holda belgilangan namunadagi tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisining ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomani berish, shuningdek ro'yxatdan o'tish (ruxsat berish) tartibotlari kartochkasining maxsus ajratilgan chetiga ro'yxatdan o'tish muhrini qo'yish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar va tadbirkorlar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

Bog`lanish

Qoraqolpog'iston Respublikasi TIAISV - Nukus sh., Dosnazarova ko'chasi, 62


Andijon viloyati TIAIS boshqarmasi - Andijon sh., A. Navoiy ko'chasi


Buhoro viloyati TIAIS boshqarmasi - Buhoro sh., I. Muminov ko'chasi, 1


Jizzax viloyati TIAIS boshqarmasi - Jizzax sh., Sh. Rashidov ko'chasi, 63


Qashqadaryo viloyati TIAIS boshqarmasi - Qarshi sh., Mustaqillik ko'chasi, 2


Navoiy viloyati TIAIS boshqarmasi - Navoiy sh., Xalqlar Do'stlik ko'chasi, 77


Namangan viloyati TIAIS boshqarmasi - Namangan sh., A. Navoiy ko'chasi, 9


Samarqand viloyati TIAIS boshqarmasi - Samarqand sh., Ko'ksaroy ko'chasi, 1


Surxondaryo viloyati TIAIS boshqarmasi - Termiz sh., Al-hakim at-Termiziy maydoni


Sirdaryo viloyati TIAIS boshqarmasi - Guliston sh., O'zbekiston ko'chasi


Farg'ona viloyati TIAIS boshqarmasi - Farg'ona sh., B. Marg'iloniy ko'chasi, 58


Xorazm viloyati TIAIS boshqarmasi - Urganch sh., Al-Xorazmiy ko'chasi, 23

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida ariza (pasportga doir ma'lumotlar, manzillar, aloqa qilinadigan telefonlar va import qilinadigan mahsulot nomlari ko'rsatilgan holda) - TIAISV tomonidan beriladi.



- ro'yxatdan o'tkazish yig'imi to'langanligi to'g'risidagi kvitantsiya - rekvizitlar TIAISV tomonidan beriladi.



- ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor)ning passporti nusxasi;



- davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;



- tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro'yxatdan o'tish (ruxsat berish) kartochkasi - ro'yxatdan o'tgan joyi bo'yicha soliq organlari tomonidan beriladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentyabr 413-son "Tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentyabr 413-son "Tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarorining 16-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi uchun ariza berilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida ro'yxatdan o'tkazish yig'imi undiriladi. Ushbu mablag'lardan ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan mustaqil foydalaniladi va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha xarajatlarni qoplashning manbai hisoblanadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


3 ish kuni davomida.

Natijani olish usullari


Shaxsan; qonuniy vakil orqali.

Xizmat natijasi


Tadbirkor TIAISVda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng, tadbirkor tomonidan bojxona xizmatining hududiy bo'linmalariga import qilinuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtirilishini amalga oshirish maqsadida import qilinuvchi maxsulotlarining nomenklaturasi, hamda ro'yxatdan o'tish (ruxsat berish) tartibotlari kartochkasini ilova qilgan holda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma taqdim etiladi.

Rad etish sabablari


Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentyabr 413-son "Tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarorining 19-bandiga muvofiq zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bu hujjatlar qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchiga qaytariladi.



Xizmat ko'rsatishni rad etishning asosiy sabablari bo'lib:



- xizmatni olish uchun murojaat qilgan shaxsning xizmatni olishgan bo'lgan huquqlarga ega emasligi, yoki boshqa shaxslar nomidan harakat qilish vakolatiga ega emasligi;



- hujjatlarning qo'yilgan talablarga javob bermasligi (hujjatlarning to'liq emasligi, noto'g'ri to'ldirilganligi);



- taqdim etilgan hujjatlarda haqiqatga mos kelmaydigan ma'lumotlarning mavjudligi;



- xizmatni olish uchun murojaat qilgan shaxsning belgilangan talablarga javob bermasligi kabilar hisoblanadi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Murojaat qiluvchilarning xizmat sifatini oshirish bo'yicha talab va istaklari bo'lib:



- TIAISV binosi ichida yoki yaqinida ro'yxatdan o'tkazish yig'imlarini amalga oshirish uchun kassalar ochish, chunki bunday imkoniyatning mavjud emasligi tadbirkorlar vaqtining ortiqcha sarflanishiga, hamda nogiron va qariyalarning jismoniy horishiga olib keladi;



- TIAISV binosi ichida yoki yaqinida, tadbirkorlar vaqtini yanada tejamkorlik bilan sarflash maqsadida, hujjatlarni skaner qilish, nusxasini olish va nashr etish borasida qo'shimcha xizmatlarni tashkil etish kabilar hisoblanadi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa