Ko‘p beriladigan savollar
Pensiya

Davlat pensiya turlari:

- yoshga doir pensiya;
- nogironlik pensiyasi;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi:

Yoshidan qat'i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

Huquqiy asos: Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 28 apreldagi 248-son qarori.

Vakolatli organ: Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar:

  • nogironligi boʼlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infektsiyasiga) chalingan
  • 18 yoshgacha boʼlgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʼlgan ish stajiga ega boʼlmagan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi boʼlgan farzandi bor (boʼlgan) onalar;
  • yoshidan qatʼi nazar ish stajiga ega boʼlmagan I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʼlmagan shaxsning qaramogʼida boʼlgan oilaning mehnatga layoqatli boʼlmagan aʼzolari.

Murojaat qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʼzi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda roʼyxatdan oʼtgan holda murojaat qiladi.

Murojaat qiluvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʼrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʼldirilib, murojaat qiluvchi tomonidan tasdiqlangandan soʼng 5 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

Vakolatli organ soʼrovnoma olinganidan soʼng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning farzandlari, oilaning mehnatga layoqatli boʼlmagan aʼzolari, shu jumladan, vafot etgan oila aʼzosi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni aniqlash uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining hamda nogironligi mavjud yoki mavjud emasligi hamda bolalikdan nogironligi bor (boʼlgan) farzandlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining axborot tizimlari orqali oʼrganadi.

Murojaat qilgan shaxsning maʼlumotlari oʼrganilganidan soʼng vakolatli organ tomonidan 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi hamda bu haqidagi maʼlumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda maʼlumotda rad etish sabablari koʼrsatiladi.

Davlat xizmatlari markazi maʼlumot olinganidan soʼng 5 daqiqa mobaynida:

  • nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qaerdan olish toʼgʼrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi;
  • nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʼgʼrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Davlat xizmatlari koʼrsatilganligi uchun yigʼim undirilmaydi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

- erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari
kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

- ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari
kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori.

Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va maʼlumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

“Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori.

Nizom bilan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga tayinlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori.

Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming soʻm) miqdorda beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori.

Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 17 - fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 74-sonli Farmonida o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa to‘lovi miqdori belgilangan.

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.