Ko‘p beriladigan savollar
Rasmiy tushuntirishlar

Xizmat: bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1. Ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yo‘llanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʼilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

2. So‘rovnoma to‘ldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha ta‘limni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

3. Tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lganda – yo‘llanma shakllantiriladi, bo‘sh o‘rin bo‘lmaganda – so‘rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʼyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

● ko‘p bolali oilalarning bolalari;

● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

● “Аyollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

● kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

● talabalar va pedagoglarning bolalari;

● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

● ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Аriza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yo‘llanma shakllangandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yo‘llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 ish kunida

Xizmat narxi: Bepul

Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (647-son, 04.11.2022 y.) qabul qilindi

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni taʼminlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan.

Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar aasosida tanlab olinadi.

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom nomzodlarga qo‘yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.

2023-yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid maʼlumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.

Maʼlumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi aʼzolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud koʻchmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;

koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egalari haqida;

Reyestrda mavjud roʻyxatga olingan huquqlar haqida;

sudlar, tergov organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qoʻyilganini, shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqamini koʻrsatgan holda;

ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida;

yer uchastkasiga boʻlgan servitutning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida;

binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida;

joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori boʻyicha moʻljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:

-davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati (qaror, buyruq va b.);

-yuqori turuvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat tashkilotining ustavi.

-agar davlat tashkiloti to‘g‘risidagi nizom yoki ustav normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanishi belgilangan bo‘lsa, nizom yoki ustavni ilova qilish talab etilmaydi.

Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi 542-sonli qarori 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni davomida olingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 10-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.

Yuridik shaxslar birlashmalari vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizimda roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchi tomonidan yuridik shaxslar birlashmalarining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.

8. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:

davlat tilidagi taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;

davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav;

yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) - qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

Bunda taʼsis shartnomasi va ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni yuridik shaxslar birlashmalari aʼzolari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin.

Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʼllaniladi.

Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.

Fuqarolik qonunchiligi hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar boʻyicha bu qonunchilik hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy boʻlgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan boʻlsa, tuzilgan shartnomaning shartlari oʻz kuchini saqlab qoladi, bundan qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiquvchi munosabatlarga tatbiq etilishi koʻrsatilgan hollar mustasno.

Farzandlikka olish haqida oʻzgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYO organida, farzandlikka olingan bolaning tugʻilgan joyi oʻzgartirilganda esa hal qiluv qarorida koʻrsatilgan joydagi FHDYO organida, hal qiluv qarorida koʻrsatilmagan boʻlsa farzandlikka oluvchilarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDYO organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kiritiladi. FHDYO organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotmaganligi haqida yozuv boʻlishi kerak.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYO organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

Hukumatning 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha reglamentlar tasdiqlangan.

Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, suv taʼminoti yoki hududiy issiqlik taʼminoti korxonalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Eslatma: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-5-moddasiga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi, oʻlim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻlimni qayd etish borasidagi harakatlari oʻzlari turadigan hududlardagi tegishli FHDYO organlarining nazorati ostida boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Konsul vaqtincha boʻlmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari boʻlmagan xorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa xorijiy davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.

2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;

kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlikga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;

hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 mln soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi;

dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkning bozor qiymati;

olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi mustasno);

olib qoʻyilgan yer uchastkasidagi koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;

koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;

yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda;

Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi;

huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi.

2023-yil 1-apreldan:

MCHJ ustav fondiga qoʻshiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan koʻp pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;

yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi.

2023-yil 1-iyuldan xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da eʼlon qilinadi.

Murojaatlarninig anonimligi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaganligi yoxud murojaatda ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, shuningdek, elektron murojaatni identifikatsiya qilish imkoniyatining mavjud emasligi yoxud yozma murojaatning imzo bilan tasdiqlanmaganligi bilan aniqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi. Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi. Anonim murojaatlar ko‘rmay qoldiriladi.

Joriy yilning oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi boʼlgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga toʼlanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qoʼshimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimi joriy etildi.

Bunda Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari va OIV qarshi kurashish markazlari tomonidan bolada nogironlik aniqlanganda dasturiy majmua orqali nogironligi mavjud bola va uning qonuniy vakili toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Pensiya jamgʼarmasining "Pensiya" dasturiy majmuasiga yuboradi. "Pensiya" dasturiy majmuasida inson omili ishtirokisiz avtomatik tarzda nafaqa tayinlanadi va fuqaroga SMS tarzda xabar yuboriladi.

Bu orqali fuqarolarning idorama-idora yurish kabi ovoragarchiliklari bekor qilindi.

Litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar litsenziatning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:

litsenziya asosida amalga oshirilayotgan faoliyat turi litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirilganda;

filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan litsenziyaga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda;

yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda, agar uning joylashgan yeriga nisbatan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan boʻlsa.

Litsenziyalarga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziya oʻzgartirilgan taqdirda davlat boji, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat oʻzgartirilganda esa yigʻim tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Davlat tashkiloti vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi 542-sonli qarori 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.

Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma'lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.

Tadbirkorlik sub'ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi;

-davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat tashkilotini tizim orqali avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi va bu haqida davlat aktivlarini boshqarish organlariga xabarnoma yuboradi;

- Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi 542-sonli qarori 3-ilovasiga muvofiq, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;

Davlat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta'sis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish, vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi maxsus elektron tizimdir.

Maxsus elektron tizimda quyidagilar aks ettiriladi:

quyidagilarni oʻz ichiga oladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish jarayonlari:

litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish;

vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;

vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olish;

arizani koʻrib chiqish uchun davlat bojining, yigʻimlarning elektron toʻlovini amalga oshirish;

litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chogʻida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligining quyidagilarni oʻz ichiga oladigan jarayonlari:

boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qoʻshimcha hujjatlar hamda axborotni mustaqil ravishda olish, shuningdek ular bilan “yagona darcha” prinsipi boʻyicha kelishish;

litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish;

litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek xabarnomalar bilan bogʻliq axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalari orqali tekshirish;

litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini oʻtkazishning quyidagilarni oʻz ichiga oladigan jarayonlari:

litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy monitoringni amalga oshirish;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishning har bir bosqichida arizalar koʻrib chiqilishini kuzatib borish;

litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish chogʻida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarning sudlarga murojaat qilishi;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

vakolatli organlarning avtomatik tarzda shakllantiriladigan reytingini yuritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakatlari) ustidan nazorat qilishning muayyan mezonlarini aniqlagan holda, vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy etish.

kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironlar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va muassasalarning bosh vrachlari, ularning oʻrinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, gospitallarning boshliqlari, internat uylarning direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

fuqarolar Oʻzbekiston bayrogʻi ostidagi kemalarda suzib yurganda kema kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

qidiruv ekspeditsiyalaridagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

harbiy xizmatchilarning komandirlar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

notarius boʻlmagan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar.

🔹kichik tadbirkorlik subyektlari:

▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;

▫️mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

▫️kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

🔹 oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

🔹 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi 542-sonli qarori 6-bandiga muvofiq hujjatlarning taqdim etilmaganligi, davlat tashkilotining ustavi yoki nizomi yuqori turuvchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan taqdim etilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq, Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi.

Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrda 592-son qarori qabul qilindi.

Shaxs pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining rasmiy elektron pochtasiga (pension_uz@pfca.mf.uz) murojaat qilish imkoniyati yaratildi;

Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab o‘tildi;

Shaxsning ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan taqdirda shaxsdan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasdan axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida pensiyalar tayinlanadi va hisoblab chiqiladi;

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda pensiya tayinlash Komissiyasi tomonidan tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilmaslik belgilandi;

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni ya’ni,arxiv yoki tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha amaliy yordam beradi;

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini ariza beruvchiga 5 kunlik  muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga “SMS” xabarnomani yuborgan holda ma’lum qilish joriy etilmoqda;

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shaxsga va/yoki tashkilot ma’muriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari bo‘yicha tushuntirishlar hamda ma’lumotlar berishi shartligi belgilandi;

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid ma’lumot va axborotlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi;

Nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi ushbu nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turilgan vaqtini ish staji sifatida hisobga olish tartibi belgilandi;

Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidan, Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestridan va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestridan, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik idoralarning axborot tizimlaridan olinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun mavjud ma’lumotlarni tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Elektron mehnat daftarchasi ham ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat sifatida hisobga olinadi;

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida Moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalarini shakllantirish xuquqi berildi;

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi;

Pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytarilmaydi;

Fuqaroning xohishiga ko‘ra pensiyalar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Davlat tashkilotlari qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) ular o‘n kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni bu haqida xabardor qilishlari shart.

Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faqat o‘zgartirish uchun asos bo‘lgan hujjat taqdim etilib, yangi tahrirdagi ustav yoki nizom talab etilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ariza beruvchidan xabarnoma va ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng 2 ish kuni ichida Davlat tashkilotlarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi hamda tizim orqali davlat soliq, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini xabardor qiladi.

2023 yil 1-maydan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

- avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarni oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi;

- paxta xomashyosi, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatori oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanadi;

- toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Xizmat: Аvtomobil yoʼllarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan АYQS va АGQS stantsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish tartibi

1. Аriza beruvchilar loyihalarni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

2. So‘rovnoma to‘ldirilib, vakolatli organ – Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron tarzda yuboriladi.

3. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 16 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan xulosani rasmiylashtiradi hamda Davlat xizmatlari markazlariga yoki ariza beruvchilarga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq obyektlarning ichki hududlaridagi obyektlar;

qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi obʼektlar;

yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘lning qatnov qismida erkin harakatlanishiga xalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruktsiya va taʼmirlash ishlari olib boriladigan har qanday obyektlar.

Xizmatni koʼrsatish muddati: 16 ish kuni ichida

Xizmat narxi:

➖ BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;

➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (111-son, 01.03.2021-y.)

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar:

Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʻyilgan meʼyor koʻrsatkichi 100 kvadrat metrdan 250 metrga oshiriladi;

yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari eksport hajmi har chorakda 1 million dollardan ortgan korxonalarga chorak yakuni bilan kelgusi oyning 10-sanasigacha taqdim etilgan hujjatlar asosida toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qoʻllanishi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

- yuridik shaxslar uchun – 4 yil;

- jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagicha yig‘im undiriladi:

-jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (54 ming so‘m);

-hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning 15 foizi
(40 ming 500 so‘m);

- yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʼyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Аsosiy qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 
8-dekabrda (6 bo‘lim, 26 bob, 128-moddadan iborat) qabul qilingan.

Konstitutsiyaning 84-moddasiga muvofiq, Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadi, Senat tomonidan maʼqullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi.

Konstitutsiyaga asosan, qonunlar belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.

Konstitutsiyaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullagan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va eʼlon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.

Аgar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z eʼtirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.

Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan o‘tish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagogning ta‘lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmat: Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxs (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil).

Xizmatni ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan hujjatlar:

● So‘rovnoma

● Imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitantsiyasi

● Xorijiy til bilish darajasini belgilovchi sertifikat

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1️. Аriza beruvchi maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida istalgan tuman (shahar) DXMga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tib murojaat qoldiradi.

2️. So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli hujjatlar (imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitantsiyasi, maxsus sertifikat) elektron tarzda pdf formatda ilova qilinadi.

3️. Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

4️.Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab vakolatli xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.

5️.Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda Аgentlik 15 kun mobaynida maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning reestrini shakllantirib, unga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini Xalq bankining hisobvarag‘iga moliyalashtiradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

6️.Xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS yuborilgandan so‘ng Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda belgilangan kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 30 kun mobaynida

Xizmat narxi: Bepul

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (209-son, 13.04.2021 y.)

davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;

birlamchi kadastr yigʻmajildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;

roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;

huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

-bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;

-karantin holatida boʼlganligi tufayli;

-ota-onalardan birining ishdan (oʼqishdan) boʼsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʼra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʼlov miqdoriga koʼpaytirilib, keyingi toʼlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

Аgar bolaning kelmagan kunlari uchun toʼlov hali amalga oshirilmagan boʼlsa, toʼlanishi lozim boʼlgan toʼlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʼlov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʼchaga qatnashi butunlay toʼxtatilgan taqdirda, toʼlov toʼliq boʼlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʼchaga qatnagan kunlar uchun toʼlanadi.

tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;

davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi — qoʻshib yuborilganda va qayta tuzilganda;

taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;

tadbirkorlik subyekti vakolatli organining taʼsis hujjatlarida eʼlon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi toʻgʻrisidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan toʻla miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bankning maʼlumotnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, muassislarning soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʻli bilan har bir muassisning roziligi mavjud boʻlishi kerak;

kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining roziligini tasdiqlovchi hujjat — sud sanatsiyasi jarayonida boʻlgan yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish).

Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak — qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.

Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish ushbu Nizom 12-bandining yettinchi xatboshida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foĭdalanish va imtiëzlarni olish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri» АT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga Ŭzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan shaklda maʼlumotnoma taqdim etiladi.

Ushbu maʼlumotnoma «Yagona reestr» АT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oĭdan boshlab oʼn ikki oy davomida amal qiladi.

Xizmat: tegishli bino va inshootlarning tashqi koʼrinishini o‘zgartirishni kelishish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

 Xizmatni koʼrsatish tartibi:

1. Аriza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan oʼtadi.

2. So‘rovnoma to‘ldirilib, unga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.

3. Vakolatli organga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron shaklda yuboriladi.

4. Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida joyiga borib bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi.

5. Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib bergan kunning o‘zida kelishilgan loyiha eskizi elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboriladi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kunida

Xizmat narxi:

➖ BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;

➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (370-son, 18.05.2018 y.)

Davlat pensiyasini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!!!

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki shaxsiy guvohnoma talab qilinishini inobatga olib, siz tomondan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishingiz kerak bo‘ladi. Siz my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish orqali maʼlumotlaringizni raqamlashtirish holatini tekshirishingiz mumkin.

Agar ma'lumotlaringiz to'liq yoki qisman raqamlashtirilmagan bo'lsa, ushbu ma'lumotlarni raqamlashtirish tavsiya etiladi!

Ishni davom ettirayotgan fuqarolar diqqatiga:

Agar siz ishlashni davom ettirsangiz, sizdan ish joyingizdagi kadrlar bo'limiga murojaat qilishingiz va mehnat daftarchasiga muvofiq mehnat faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni va oliy o'quv yurtlarida o'qish muddatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kafedralararo dasturiy ta'minot va "Yagona milliy mehnat tizimi" (UNST) apparat majmuasi va ularning to'g'riligini tekshiring.

Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar diqqatiga:

Agar siz ishlamayotgan bo'lsangiz, istalgan Bandlikka ko'maklashish markaziga murojaat qilishingiz va "Yagona milliy mehnat tizimi" (UNST) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga mehnat daftarchasidan ma'lumotlarni kiritish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

(Ushbu xizmat bepul taqdim etiladi.)

Eslatib o'tamiz, pensiya miqdori ish stajiga va ish haqiga bog'liq.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining “Ishonch telefoni”ning 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz orqali onlayn  so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.

Ariza avtomatik tarzda  hududiy  boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.

Ishchi guruhi  7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib,  yo‘llanmani  (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.

Natijani ariza beruvchi  o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali  avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.

Qabul jarayonlari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

O‘zbekiston standartlar instituti, murojaatingizda keltirilgan standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha maʼlumot ilovada taqdim qilinmoqda. Hozirgi respublikamiz hududida quyidagi standartar  (normativ hujjatlar) amalda:

- O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (O‘z DSt);
- Davlatlararo standartlar (ГОСТ);
- Xalqaro standartlar (ISO);
- Xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan standartlar (O‘z DSt ISO, O‘z DSt EN,   O‘z DSt IEC, ГОСТ ISO, ГОСТ EN, ГОСТ IEC);
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari (GMW, EDS);
 Texnik reglamentlar (Uz TR).   

Qo‘shimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston standartlar institutining http://uzsti.uz va https://standart.uz/  rasmiy veb saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-dekabrdagi 322-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini (dron) olib kirish taʼqiqlanishi, bundan Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan ruxsat berilgan hollar mustasno ekanligi belgilangan.

Tovarlarni import hamda eksport qilish uchun tegishli sertifikat hamda ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (singlewindow.uz) orqali elektron ariza toʻldirish  orqali olishingiz mumkin.

Bojxona kodeksining 382-moddasiga muvofiq, bojxona hududiga olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari:

  • intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishi;
  • intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3512-son qaroriga asosan bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari etib belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:

  • tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kundan eʼtiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
  • tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan avtotransport vositasini  erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona toʻlovlarini hisoblash  uchun avtotransportning TIF TN (tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi) kodi aniqlanadi.

Bunda, avtotransportning ishlab chiqarilgan yili, dvigatel quvvati, ot kuchi, turi va oʻrindiqlar soni hamda yoqilgʻi turi kabi omillari boʻyicha aniq maʼlumotlar keltirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 159-moddasiga asosan chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim.

Bunda transport vositasini belgilanadigan yigʻimni toʻlagan holda yuqorida koʻrsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil

9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga muvofiq, avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchi uchun BHMning 0,7 % miqdorida yigʻim toʻlanishi lozim.

Hisoblash formulasi   BY=(Kun×OK×BHM×7)/100

BY - Bojxona yigʻimi;

OK - avtotransport vositasining ot kuchi;

BHM - bazaviy hisoblash miqdori;

Bugungi kunda, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, mazkur yigʻimlarni belgilangan muddatlardan oʻtmasdan avval bojxona organiga bevosita tashrif buyurmasdan, toʻlovlarni Upay toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi, quyidagi hollar bundan mustasno:

  • tovarlar Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga muvofiq tashilgan taqdirda;
  • milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida, ushbu tashuvchilar tomonidan litsenziya kartochkasi taqdim etilgan holda tashilgan taqdirda;
  • tovarlar qonun hujjatlarga muvofiq, birinchi va uchinchi turdagi guvohnoma asosida vakolatli iqtisodiy operatorlar reestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilganda;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan taqdirda;
  • tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida, shuningdek, xalqaro pochta joʻnatmalari va feldyeger pochtasi sifatida tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda olib kirilganda.

Shuningdek, xavfni boshqarish tizimi orqali tashilayotgan tovarlar yuqori xavf darajasida ekanligi aniqlanganda, chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borish qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona nazorati ostida yuklarni tashishda transport vositasi nosoz holga kelganda quyidagi choralarni koʻrish zarur:

  • Bojxona hamrohligi ostida kuzatuvga olingan transport vositasi haydovchisi tomonidan nosozlik aniqlangan vaqtda darhol kuzatuvni amalga oshirayotgan bojxona xodimiga;
  • boshqa hollarda nosozlik aniqlangan hududdagi bojxona organiga quyidagi telefon raqamlar (hududiy boshqarmalarning navbatchilik qismi telefonlarini havola orqali ilova qilish lozim) orqali xabardor qilish lozim.

Avtomobil yoʻllari (intensivligi yuqori boʻlgan va infratuzilmasi ikki yoʻlakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan), temir yoʻllar va aviatsiya oʻtkazish punktlarida bojxona nazorati, deklaratsiya toʻldirish hamda yoʻlovchilar va yukni tekshirish oʻrnatilgan tartibda ikki yoʻlakli (yashil va qizil) tizimni qoʻllash bilan amalga oshiriladi.

“Yashil” yoʻlak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning koʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi.

 “Yashil” yoʻlakdan quyidagi hollarda harakatlanish mumkin:

  • bojxona chegarasi orqali olib kirish/olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan tovarlari;
  • qiymati va (yoki) miqdori normasidan ortadigan tovarlari;
  • bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalaridan ortadigan tovarlari;
  • bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan normalaridan ortadigan tovarlari mavjud boʻlmagan taqdirda.

Jismoniy shaxslar yuqorida qayd etilgan tovarlari boʻlgan taqdirda yoki ularning ixtiyoriga koʻra “Qizil” yoʻlak orqali harakatlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil, 24-avgustdagi 500-sonli “Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 4-ilovasiga muvofiq belgilangan shaklda ariza toʻldirilib, Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etiladi.

  • Yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami (STIR) hamda ularning fuqaro pasporti nuxsalari;
  • rahbar, bosh buxgalter va yuridik shaxsning hamda vakolatli shaxsining ish joyini tasdiqlovchi hujjat, shu jumladan, ishonchnoma va tegishli shartnoma nusxasi;
  • operatorning tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) egaligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki ularni ijaraga (amal qilish muddati bir yildan kam boʻlmagan) olish boʻyicha shartnomalarning (kontraktlar, bitimlar) nusxalari.

birinchi turdagi guvohnoma operatorga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:

  • tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;
  • operator tomonidan tashiladigan tovarlarga nisbatan tovarni tashish yoʻnalishini belgilamaslik;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, operatorning tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, operatorning transport vositasida bojxona tranzitini amalga oshirish;
  • eksportga joʻnatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi;
  • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtni qisqartirish va bojxona operatsiyalarini oʻtkazish tartibini optimallashtirishga qaratilgan tajriba loyihalarida ustuvor ishtirok etish;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishini 50 foizga taʼminlagan holda, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini yigirma ish kunigacha kechiktirgan holda operatorning tovarlarini erkin muomalaga chiqarish.

Ikkinchi turdagi guvohnoma operatorga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:

  • tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;
  • operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, xavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni operatorning binolari, ochiq maydonchalari va boshqa hududlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish;
  • bojxona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini yigirma ish kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlash;
  • alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kuni davomida taqdim etish;
  • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish.
  • Uchinchi turdagi guvohnoma operatorga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:
  • Birinchi va ikkinchi turdagi operatorga taqdim etiladigan maxsus soddalashtirishlar;
  • bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklarsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish.

Barcha turdagi guvohnoma asosida reestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi umumiy mezonlarga mos kelishi lozim:

  • bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil
  • mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1711711174175176177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;
  • bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil
  • mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek,
  • vakolatli shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175182184188189209228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;
  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima
  • va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;

bojxona organlarida reestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida uch yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi, bunda:

  • bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etishi;
  • bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln kg miqdordagi tovarlar saqlovini amalga oshirishi;
  • bojxona tashuvchisi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirishi;
  • tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan boʻlishi lozim.

Ikkinchi turdagi guvohnoma asosida reestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi qoʻshimcha mezonlarga mos kelishi lozim:

  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil, 24-avgustdagi 500-sonli “Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-ilovasiga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;
  • tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi.

Uchinchi turdagi guvohnoma asosida reestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs bojxona organlariga ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida birinchi va (yoki) ikkinchi turdagi guvohnomaga ega boʻlgan operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi lozim.

Birinchi va ikkinchi turdagi guvohnomalarni olish bilan reestrga kiritish uchun yuridik shaxs bitta ariza taqdim etish huquqiga ega.

Uchinchi turdagi guvohnoma asosida reestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs bojxona organlariga ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida birinchi va (yoki) ikkinchi turdagi guvohnomaga ega boʻlgan operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi lozim.

Qoʻmita arizani roʻyxatga olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin. Siz tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun istalgan bojxona organiga (TIF bojxona posti yoki hududiy bojxona boshqarmasi yoki DBQ) murojaat qilish huquqiga egasiz.

Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir. (Asos: Bojxona kodeksining 370- va 371-moddalari).

Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun bojxona yigʻim stavkasi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 75 foizi miqdorida belgilangan. (Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori).

Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari) tadqiqot obyektlaridir.

Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi. Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi. Ushbu holatda bojxona organining harakati toʻgʻri. (Asos: Bojxona kodeksining 209-moddasi).

Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratini oʻtkazayotganda tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega.

Bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda vakolatli shaxs sifatida hozir boʻlishga haqlisiz. (Asos: Bojxona kodeksining 211-moddasi).

Tadqiqot (ekspertiza) maqsadlari uchun erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlardan namunalar yoki sinamalar olish bojxona organi boshligʻi tomonidan masʼul etib tayinlangan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxs, shuningdek, zaruratga koʻra (zaharli, toksik, kuchli taʼsir qiluvchi tovarlar), mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.

Bunda bojxona organi mansabdor shaxsi namunalar yoki sinamalar tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalash hamda olingan namunalar yoki sinamalar, shuningdek, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. (Asos: Vazirlar Mahkamasining 17.03.2021-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 145-son qarori).

Xulosa berish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxsi, ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning xodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning xodimi bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi.

Ekspert tadqiqotda faqat oʻziga topshirilgan bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi.

Ekspert bojxona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojxona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaxslardan mustaqildir.

Ekspert oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.

Bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojxona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. (Asos: Bojxona kodeksining 212-moddasi).

Bojxona ekspertizasi bojxona organining binosida yoki, agar bu tekshiruv xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud ekspertiza obyektini bojxona organining binosiga yetkazib berish imkoni boʻlmasa, boshqa joylarda oʻtkaziladi. (Asos: Bojxona kodeksining 215-moddasi).

Vakolatli shaxs (yaʼni Siz) bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda bir necha vakolat va huquqlarga ega. Jumladan, bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish, ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish, tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish, ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish hamda bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga egasiz. (Asos: Bojxona kodeksining 214-moddasi).

bojxona ekspertizasining xulosasi ustidan vakolatli shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin.

Bojxona ekspertizalarini oʻtkazishning eng koʻp muddatlari ularning murakkablik darajasiga koʻra toʻrt toifaga boʻlish orqali belgilanadi:

birinchi toifa — bitta ham murakkablik darajasiga ega boʻlmagan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun uch ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;

ikkinchi toifa — hech boʻlmaganda bitta murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun besh ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;

uchinchi toifa — kamida ikkita murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun oʻn ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;

toʻrtinchi toifa — kamida toʻrtta murakkablik darajasiga ega boʻlgan oʻta murakkab ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi

Bojxona ekspertizasining murakkablik darajasini aniqlash mezonlari Bojxona kodeksining 214-moddasida belgilangan.

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda bojxona ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim. (Asos: Bojxona kodeksining
214-moddasi).

Bojxona ekspertizasi tayinlanganda TIF subyekti tovarlarini importga rasmiylashtirish uchun ekspertiza natijalarini kutmasdan toʻliq boʻlmagan BYUDni taqdim etgan holda yuklarini bojxona omboridan olib chiqib ketishi mumkin.

Faqat mazkur tovarga nisbatan Bojxona kodeksining 23- va 24- moddalarida koʻrsatilgan taqiq va cheklovlar mavjud boʻlmasligi zarur. (Asos: DBQning Adliya vazirligida 3296-1-son bilan roʻyxatga olingan qarori).

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi  tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi boʻyicha qaror qabul qiladi.

Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir. (Asos: Bojxona kodeksining 368- va 369-moddalari).

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga koʻra, respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida tovarlarni import qilishda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari toʻgʻri qoʻllanilganligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi talab etilishi amaliyoti bekor qilingan.

Tovarlarni tasniflash boʼyicha dastlabki qaror, agar u oʼzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʼlmasa, qabul qilingan kunidan eʼtiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʼz kuchini yoʼqotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish toʼgʼrisidagi soʼrov bilan murojaat etishiga toʼsqinlik qilmaydi. (Аsos: Bojxona kodeksining 372-moddasi).

Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy texnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir maʼnoda tasniflash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi.

Soʻrov bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.

Arizachi tomonidan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojxona organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini xabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar
va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart.

Qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi xabardor qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi.

Soʻrovning rad etilishi uni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda arizachining dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. (Asos: Bojxona kodeksining 371-moddasi).

Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq axborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan axborot mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reestrini yuritadi va uning davriy ravishda eʼlon qilinishini taʼminlaydi. (Asos: Bojxona kodeksining 374-moddasi).

2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻiga tortilmaydi. Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining
80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yoʻnaltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

Qaror bilan 2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. 2021-yilda berilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga  banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 mlrd soʻmgacha byudjet ssudasi ajratiladi. Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi
PQ-377-son “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʼshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori.

Subsidiya nodavlat taʼlim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va oʼquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʼqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;

zarur darsliklar, oʼquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʼlashga;

Nodavlat ta’lim tashkilotining rahbari yoki ishonchnoma berilgan vakili subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar YIDXP elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.

YIDXPda so’rovnoma to’ldiradi hamda quyidagi hujjatlar elektron (“pdf”) shaklda ilova qilinadi:

nodavlat ta’lim tashkilotining ta’lim faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kamida ikki yilga mo‘ljallangan biznes rejasi;

mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʼgʼrisida tuzilgan xoʼjalik shartnomalari;

pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;

pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;

taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʼquv xonalarining ijara shartnomasi (koʼchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).

Subsidiya talabgorlaridan yuqorida koʼrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun toʼlov amalga oshirilmaydi.

50 mln so‘mgacha bo‘lgan bir martalik subsidiyalar tadbirkorlik subyekti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish sharti bilan ajratiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 513-son qarori.

Fuqarolar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʼzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPdan ro’yxatdan o’tgan holda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanadi. Bunda so’rovnomaga zarur ma’lumotlar kiritilib O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markaziga elektron shaklda yuboriladi.

Xizmat koʼrsatish 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (har bir shaxs uchun).

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Markaz soʼrovnoma tushgan va toʼlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qoʼyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.

Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
2-sentabdagi kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 535-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali so‘rovnomani to‘ldirib elektron tarzda yuboradi.

Xizmatlardan mustaqil tarzda foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar internet tarmog‘i orqali Davlat soliq qo‘mitasining www.my.soliq.uz rasmiy saytiga yoki YIDXPga tegishli foydalanuvchining STIR yoki JShShIR raqami va parolini kiritib, tasdiqlangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.

Doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash uchun ariza bilan quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi:

a) haqiqatda boshqaruv amalga oshiriladigan hudud O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari — O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy boshqaruv amalga oshiriladigan joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar:

chet el pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining nusxasi;

O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma (mavjud bo‘lsa);

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).

“Soliq-servis” davlat unitar korxonasi uch ish kunida QR-kodli (metrik shtrix — kodli) Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi va tegishli davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki so‘rovnoma beruvchi (YIDXP yoki Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etilgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti.

Pensiya jamg‘armasida zamonaviy AKTdan foydalangan holda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish, ma’lum vaqtlarini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish yuzasidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.

Pensiya jamg‘armasi tizimida keyingi yillarda bir qancha qonun va qarorlar qabul qilinib, pensiya va nafaqa oluvchilar uchun turli qulaylik va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Jumaladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlariga asosan 2022 yil 1 apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o‘rinlarda — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etildi. Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron tarzda taqdim etib boradi.

Ushbu parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) ga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlarga asosan tayinlanadi va to‘lanadi.

Shu bilan birga bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali 8 turdagi ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun ariza berish, 3 turdagi pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish hamda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari joylashgan binolarining yo‘nalishli (lokatsiya) manzillarini olish tizimi amaliyotga joriy etildi.

Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi.

1. Davlat xizmatlaridan foydalanish xaftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YIDXP orqali murojaat etishlari mumkin (tegishli davlat organlarida: xaftaning ish kunlari dushanbadan-jumagacha murojaat etish imkoni mavjud).

2. Davlat xizmatlari ko‘rsatish yoki rad etish 5 soniyada amalga oshiriladi. (rad etish sabablari ko‘rsatiladi).

3. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.

Bu esa o‘z navbatida aholining hamda keksa yoshdagi fuqarolarning mushkulini oson qilishda, mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etishda xizmat qiladi.

Neft, gazni, shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini vа gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini bеruvсhi litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsinziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 25-ilovasi bilan tasdiqlangan faoliyatni litsenziyalash pasportida belgilangan qoidalarga muvоfiq olinadi. Bunda talabgorlar “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza rasmiylashtirish orqali xizmatdan foydalanadilar.

Aвтомобилларга ёнилғи қуйиш стансияларининг нефт маҳсулотларини қабул қилиш, сақлаш, ҳисобга олиш ва тарқатиш талабларига мувофиқлиги тўғрисида хулоса Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022-йил 22-февралдаги 86-сон қарори билан тасдиқланган “Махсус електрон тизим орқали рухсат етиш хусусиятига ега айрим ҳужжатларни бериш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги ягона низомнинг 4-иловаси билан тасдиқланган хулоса расрортида белгиланган қоидаларга мувофиқ олинади. Бунда талабгорлар “Лицензия” ахборот тизими орқали електрон шаклда ариза расмийлаштириш орқали хизматдан фойдаланадилар.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020-йил 3-мартдаги 118-сон қарори билан тасдиқланган “Спорт-таълим муассасаларининг тренер-ўқитувчилари ва йўриқчи-услубчиларига малака тоифаларини бериш бўйича давлат хизмати кўрсатишнинг” маъмурий регламентнинг 4-5-иловаларига мувофиқ, тренер-ўқитувчиларнинг иш натижалари қуйидаги мезонлар асосида баҳоланади:

- Тренер-ўқитувчи томонидан тайёрланган спортчиларнинг спорт мусобақаларида еришган натижалари бўйича;

- Тренер-ўқитувчининг Ўзбекистон Республикасининг спорт терма жамоаларини шакллантириш ҳамда спорт захирасини тайёрлашга қўшган ҳиссаси бўйича.

Hujjatlar olingan vaqtdan boshlab sakkiz ish kuni muddatda. Аgar bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarini tashkil etadi.

- Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalaidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga:

bunday shaxs yoki shaxslar guruhi koʻrsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa (“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi).

- Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga:

аgar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish zarur (“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga asosan, davlat o‘rmon fondi uchastkalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmagan muddatga ijaraga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2018-yil 27-martdagi 241-son qarori (https://lex.uz/docs/3601227).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarorlarida Xalq taʼlimi sohasidagi muassasalarining bino-inshootlar va bo‘sh turgan yer maydonlarini ijaraga olish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan. (https://lex.uz/docs/1465016), (https://lex.uz/docs/3784454)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori 4a-bandida Maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilangan (https://lex.uz/docs/3343077).

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-580-son Qonunning 4-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur Qonunning 5-moddasiga binoan bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda, jumladan kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berishda mustaqil ekanliklari belgilangan.

Xalq taʼlimi vazirligi xususiy maktablar tashkil etilishi uchun kreditlar, jumladan, imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan vakolatga ega emas (https://lex.uz/docs/4581969).

- O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (O‘z DSt);

- Davlatlararo standartlar (GOST);

- Xalqaro standartlar (ISO);

- Xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan standartlar (O‘z DSt ISO, O‘z DSt EN, O‘z DSt IEC, GOST ISO, GOST EN, GOST IEC);

- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari (GMW, EDS);

- Texnik reglamentlar (Uz TR).

Ma’lumot uchun, standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston standartlar institutining http://uzsti.uz va https://standart.uz/ rasmiy veb saytidan yuklab olish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son Qaroriga asosan elektr tarmoqlari ulanish uchun birinchi navbatda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali texnik shart olish bo‘yicha murojaat qilish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son Qaroriga elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha murojaat yo‘llashda so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʼrsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konventsiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tugʼrisida»gi 2011 yil 5 iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida apostil quyish vakolatiga ega bo‘lgan organlar etib belgilangan: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari — tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi — sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga; - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy xujjatlarga; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi — taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;

Boshqa barcha rasmiy hujjatlarga —  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qo’yiladi.

Chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy xujjatlarga; tijorat yoki bojxona operatsiyalariga tug‘ridan-tug‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, xarbiy biletga qo‘yilmaydi.

Konsullik legallashtirish - bu hujjatlar va aktlardagi imzolarning xaqiqiyligini va ularni qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashdir shaklidir.

Legallashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Hujjatlarning notarial tasdiqlangan husxasi;
- Notarial tasdiqlangan husxasi Аdliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
- Hujjat Tashqi ishlar vazirligida legallashtiriladi;
- Hujjat xorijiy davlat elchixonasiga yuboriladi.

Xorijiy davlatlarda – O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasida – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik huquqiy departamenti hujjatlarni legallashtirishni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan yoki o‘z mazmuniga ko‘ra davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki chet elda foydalanishga mo‘ljallangan hujjatlarni rasmiylashtirishni tartibga soluvchi yuriqnomalarga rioya etmagan holda noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki fuqarolarning shaʼni va qadr qimmatiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ifodalangan hujjatlar va aktlar legallashtirilmaydi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlarning asli va nusxalari legallashtirilmaydi: pasport, partiyaga mansublik haqidagi hujjatlar, kasaba uyushmasi biletlari, mehnat daftarchalari, xarbiy biletlar, milliy namunadagi taʼlim tug‘risidagi hujjatlarning asli, haydovchilik guvohnomalari, toifa yoki diniy eʼtiqodga mansublik haqidagi hamda fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk hujjatlari.

Xorijda doimiy yashovchi va konsullik hisobida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtiriladi.

Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga taqdim etgan tegishli arizasi asosida u konsullik ro'yxatidan chiqariladi.

Jamiyat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neftь-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4388-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Аsosiy vazifalari suyultirilgan gazni xarid qilish, tashib kelish, saqlash hamda aholi isteʼmolchilari va ijtimoiy soha obʼektlariga sotishdan iborat.

- Suyultirilgan gazni yetkazib berish – Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi “Аholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 646-son qarori talablari va uning ilovalari;

- Gaz xoʼjaligida xavfsizlik – Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi “Gaz xoʼjaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 226-son qarori;

- Xavfli yuklarni tashish - Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobilь transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 35-son qarori;

Ishlab chiqaruvchi zavodlardan avto va vagon-tsisternalarida gaz to‘ldirish shoxobchalariga olib kelinadi. Gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi sig‘imlarga to‘kib olinadi va gaz taʼminoti bo‘limlariga tegishli maxsus bortli avtotransportlardagi maishiy gaz ballonlarga to‘ldirib beriladi.

Mahalliy xokimliklar tomonidan tasdiqlangan grafiklarga asosan, maxsus avtotransportlarga biriktirilgan haydovchi va chilangar-taʼminotchilar tomonidan isteʼmolchilarga "aylanma" tarzda to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlarda yetkazib beriladi.

Tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazi tashkil etadi.

Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida bo‘lgan maishiy gaz ballonini to‘lov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi. Isteʼmolchida esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyati mavjud (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 4-bob.

- a) aholi uchun:

- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda ariza, xonadon kadastr hujjati nusxasi, pasport nusxasi va o‘zini o‘zi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;

- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʼrganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollatish uchun tuynuklarning joylashuvini o‘z ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;

- b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:

- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno;

- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari boʼyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sig‘imlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi (VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori1-ilova, 5-bob).

- gaz taʼminoti tashkiloti va aholi oʼrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.

- gaz taʼminoti tashkiloti va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.

- suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

- hududiy gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi o‘rtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnoma ikki nusxada tuziladi.

- maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

- suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi o‘rtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi (VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 6-bob).

- suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʼldirish punktlarigacha va stantsiyalarigacha hamda gaz toʼldirish punktlari va stantsiyalaridan isteʼmolchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qatʼiy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

- ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qatʼiyan taqiqlanadi (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 8-bob).

- Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.

- Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi shart.

- Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lov isteʼmolchilarning tanloviga ko‘ra istalgan to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi
(VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 9-bob).

2020-yil 5-oktyabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining  'Raqamli Oʼzbekiston — 2030' strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PF-6079-son Farmoni 20-ilova 65-bandiga asosan suyultirilgan gazni yetkazib berish jarayonida avtomatlashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yilgan.

- Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi;

- Suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratilishi;

- Gaz taʼminoti xodimlari va isteʼmolchilar o‘rtasida naqd pul muomalasiga chek qo‘yilishi;

- Suyultirilgan gaz hisobini online yuritish va nazorat qilish imkoniyatining yaratilishi.

Gaz taʼminoti boʼlimlari tomonidan isteʼmolchilarning ID-kartaga va maishiy gaz ballonlariga maxsus kodli stikerlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va gaz taʼminoti filiallariga buyurtma beriladi. GTFlar o‘rnatilgan tartibda zarur miqdorda va zaxira asosida xarid qilish ishlarini amalga oshirib, GTBlarga taqsimot qilib beradi. ID-karta va maxsus kodli stikerlar GTF mulki hisoblanadi.

Filial shartnomasi mavjud bank kassalarida, pochta va paynet shoxobchalarida, klik, peymi, apelsin, paynet “milliy bank” mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi.

"Аylanma" bu isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni yetkazishda qulay usul hisoblanadi. Yaʼni, ISUZUlarga qo‘shimcha gaz ballonlar biriktirib beriladi va isteʼmolchilardan bo‘sh gaz ballonlarini yig‘masdan birdaniga suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlarni yetkazib beriladi, aholi foydalanishidan bo‘shagan ballonlar yig‘ib olinadi. 

- O‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar.

-Karantin ostidagi mahsulotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat berilganligini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan hujjat

- Karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni, tashishni va ulardan foydalanishni o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olish maqsadida muayyan muddatga cheklovchi fitosanitariya tadbirlari.

- Qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.

- Dunyoda karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lmagan yoki cheklangan tarzda tarqalgan zararli organizmlar.

- Karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat.

- О‘simliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yo‘q qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.

O‘simliklar karantini obyektlarining tarqalishiga imkoniyat tug‘dirishi mumkin bo‘lgan transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, yerga ishlov berish qurollari, idishlarning barcha turlari, ayrim sanoat tovarlari, qadoqlash vositalari, shuningdek o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan buyumlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari va (yoki) boshqa obyektlar.

O‘simliklar karantini obyektlarini kimyoviy vositalar gazlari bilan zararsizlantirish (fumigatsiya) muddati tugagandan keyin ushbu germetik yopilgan obyektda zaharli gaz holidagi moddalarni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar.

O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘simliklar karantinidagi va boshqa zararli organizmlar bilan zararlanmagan bo‘lishi va ushbu zararli organizmlarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar.

O‘simliklar karantini nazoratidagi import mahsulotlarining karantin ruxsatnomasida belgilangan joyga yetib kelganligini tekshirib, transport birligini ochish va o‘simliklar karantini tekshiruvidan o‘tkazish uchun beriladigan hujjat.

O‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsulotlari, o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarni olib o‘tuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar va yuklar.

O‘simliklar karantini obyektlaridagi zararli organizmlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, sotish va qabul qilish joylarini hamda ularga tutash hududlarni, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan, o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlarini tekshirish.

Karantin ostidagi mahsulotlarni import qilish yoki tranzit olib o‘tish uchun mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan karantin ruxsatnomasini olish maqsadida Yagona darcha tizimi orqali elektron arizalar topshiriladi va arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli ruxsat beruvchi xujjatlar o‘z vaqtida Agentlik tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirib beriladi.

Tizimga kiritilgan arizalarning qator bandlarida to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlar ko‘rsatilganligi sababli ariza kirituvchi subyektlarga qaytariladi va mazkur kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda karantin ruhsatnomasi rasmiylashtiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati (5 ish kuni) davomida kamchilik bartaraf etilmagan taqdirda ariza kirituvchiga yangi ariza kiritish kerakligi bildirilib qaytariladi.

Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yig‘im undiriladi (hozirgi vaqtda 300 000 so‘mni tashkil qiladi).Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza beruvchi berilgan arizasidan voz kechgan yoki ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng karantin ruxsatnomasini berish rad etilgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021- yil 22- apreldagi 5984-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 22- maydagi 320-son qaroriga muvofiq.

Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqaroning doimiy
va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmaganligi unga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Tug‘ilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda - FHDY) tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda,
u otasi yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan manzilida idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.

16 yoshga to‘lmagan fuqaro uning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan manzilda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart.

Harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish davlat xizmatlari uchun qilinadigan to‘lovlar:

  harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish davlat xizmatlari bepul amalga oshiriladi.

Harbiy hisob hujjatlarini taqdim etmaslik:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorining 68-bandiga muvofiq chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar tomonidan harbiy hisob hujjatlarini taqdim etmaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘ladi.

Harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish tuman mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22 apreldagi 5984-son Farmonining 3-bandiga muvofiq 2020- yil 1- sentabrdan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda harbiy xizmatga majburlarning mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borishi tartibi bekor qilindi.

Harbiy guvohnomaga harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish shtampini bosmasdan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22 apreldagi 5984-son Farmonining 3-bandiga muvofiq 2020- yil 1-sentabrdan harbiy guvohnomaga harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish shtampini bosish amaliyoti bekor qilindi.

Arizani ko‘rib chiqishning ijobiy natijasidan so‘ng elektron raqamli imzo kaliti uchun to‘lov amalga oshirilishi lozim.

Jismoniy shaxs - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 maydagi PF-5456sonli farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqqining 7% miqdorida, barcha bank kassalari hamda CLICK, PAYME, UPAY, PAYNET, MUNIS va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.

Yuridik shaxs va Yakka tartibdagi tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF4455sonli farmoniga muvofiq eng kam oylik ish xaqining 10 % miqdorida amalga oshirishi mumkin. Elektron raqamli imzo kaliti uchun oldindan to‘lovni Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga olish markazining quyidagi bank rekvizitlari orqali amalga oshiriladi:

h/r 20210000800431200009 “KAPITALBANK” ATB Mirzo Ulug‘bek filiali MFO 01018, STIR 201589463

Yakka tartibdagi tadbirkorlar ham huddi jismoniy shaxslardek to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Elektron raqamli imzo kaliti quyidagilarga bepul beriladi:

Davlat byudjet tashkilotlariga;

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-sonli “Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida” gi qaroriga asosan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga;

2019-yil 8-apreldagi 284-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklarga, idoralarga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlariga va mas’ul shaxslariga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-sonli Farmoni bilan 2021-yilning 1-iyulidan boshlab soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (STIR) berish bekor qilindi.

Hozirda soliq organlarida soliq to‘lovchilar hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlar soliqlarning barcha turlarini va majburiy to‘lovlarni onlayn tarzda soliq toʼlovchining shaxsiy hisob raqami orqali toʼlashlari mumkin.

Buning uchun shaxsiy hisobvaragʼingizda kerakli soliq yoki toʼlov turini tanlash, toʼlash kerak bo‘lgan summani koʼrsatish va "toʼlash" tugmasini bosish kifoya.

Qolgan barcha operatsiyalar avtomatik ravishda amalga oshiriladi, yaʼni to‘lov topshirig‘i yaratiladi, ular soliq toʼlovchining xizmat koʼrsatish bankiga xavfsiz aloqa kanallari orqali yetkazib beriladi va shu bilan birga toʼlov amalga oshiriladi va toʼlangan summa soliq toʼlovchining shaxsiy kartasiga oʼtkaziladi.

Agar soliq toʼlovchining bankdagi hisobida mablag yetarli boʼlmasa, uning toʼlov topshirigʼi avtomatik ravishda 2-raqamli bank kartasiga joylashtiriladi va bu haqda Davlat soliq qoʼmitasi elektron shaklda xabar beradi.

Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy www.soliq.uz veb sayti, «Soliq» mobil ilovasi hamda my.gov.uz - yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi  “Yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari” xizmati orqali. Shuningdek,  Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘tkazilgan seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan manzilda hamda Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida joriy etilgan. Xizmatdan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar foydalanishi mumkin.Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Hozirda interfeys uchta asosiy bo‘limdan iborat:

- Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;

- Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;

- Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

Ma’lumotlarni kiritishda: 

- Ijaraga beruvchi/oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, STIRi kiritiladi;

- Ijaraga beruvchi/oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi kiritiladi.

STIR/JShShIR kiritilgandan so‘ng ijaraga beruvchi/oluvchi manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.  Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini ko‘rsatishi, agar faoliyat yoki yashash manzili boshqa hududda bo‘lsa, o‘zgartirish imkoniyati mavjud.  Ijaraga olingan ko‘chmas mulk bo‘limida ob’ektning kadastr raqami kiritiladi.  Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan.

Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik  to‘ldiriladi.  Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy. Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Agar ijaraga oluvchi ma’lumotlarni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi

Ko‘chmas mulk ijara (tekin foydalanganlik to‘g‘risidagi) shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma shakli, har ikkala tomon tasdiqlagandan keyin shakllanadi.

Guvohnomada maxsus QR-kod mavjud bo‘lib, ushbu kodni mobil ilova orqali skanerlash orqali ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida batafsil maʼlumot olish mumkin. Shuningdek, guvohnomada QR-kod mavjudligi uning haqiqiyligini bildiradi.

Bunda E-ijara (ijara.soliq.uz) xizmatida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish imkoniyati mavjud. Sizning holatingizda, ijaraga beruvchi ijaralar ro‘yxati menyusidan tasdiqlanganlar bo‘limidagi ko‘rish tugmasi orqali  ijara shartnomasini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘grisidagi GUVOHNOMA shaklini ochib, bekor qilish tugmasidan foydalangan holda ushbu Guvohnomani bekor qilishi lozim. Guvohnoma ijaraga oluvchi tomonidan tasdiqlagandan keyin bekor qilinadi.

E-ijara (ijara.soliq.uz) tizimida ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tgan manzili avtomat shakllanadi. (Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan joyi boshqa bo‘lib, yashash joyi boshqa bo‘lgan fuqarolar uchun alohida yashash manzilini kiritish imkoni bor). Hozirda  SMS-xabarlarni yuborish ko‘zda tutilmagan.

- Yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda tibbiy faoliyatni yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat ushbu hujjatsiz tibbiy faoliyatni amalga oshirib bo’lmaydi.

- O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turlari litsenziyalanadigan faoliyat turlari deyiladi.

2021 yil 14 iyulda eʼlon qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ularning soni O‘bekiston Respublikasida 49 tani tashkil etadi va ushbu faoliyat turlariga litsinziya taqdim etiladi.

- Litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar haqidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi litsenziyalar reestrlari deyiladi.

- Litsenziya talab va shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish chog‘ida yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan talablar hamda shartlar majmui hisoblanadi.

- Tibbiy faoliyatga litsenziya faqat yuridik shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Bunda litsinziat berilgan shart va talablarga qatiyan rioya etishlari shart bo‘ladi.

- Sogʼliqni saqlash vazirligi 3 ta faoliyat turiga litsenziya beradi.

Bular:

1.           Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatga;

2.           Tibbiy faoliyatga

3.           Farmatsevtika faoliyatga

Talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi;

litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi, litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi;

litsenziyalarni bekor qiladi yoki Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;

litsenziyalarni o‘zgartiradi;

litsenziyalar reestrini yuritadi

Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassasalar, aktsiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi, joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat va uning huquqiy vorisi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi, unga tegishli maʼlumotlarni va amaldagi litsenziyaning asl nusxasini ilova qilinidi.

Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgor arizasi olingandan so‘ng umumiy tartib bo‘yicha yigirma kundan oshmaydigan muddatda, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha esa besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.

Litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda koʼrib chiqish uchun litsenziya talabgoridan ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Аrizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan tashqari, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Davlat boji sifatida BHMning 5 baravari undiriladi.

Tibbiy faoliyatga litsenziya olish uchun, tegishli talab va shartlar bajarib bo‘linganidan soʼng Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida ariza berish orqali amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko‘ra kadastr hujjatlari yo‘qolganda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu maʼmuriy reglamentning 22-bandiga muvofiq kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan) kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentining 16-bandida kadastr pasportini tayyorlash muddati yakka tartibdagi turar joy uchun – 5 ish kunigacha belgilangan. Bunda belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi (Jami 13 ish kuni kompozit).

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun (2817,5 so‘m) bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi miqdorida yig’im undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun (har bir shaxs uchun)  bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi hamda 3 ish kuni mobaynida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (306 250 ming so‘m) undirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentiga asosan kadastr pasportini yangilash uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentining 22-bandida ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi PQ-4270-son qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan tijorat banklari, davlat notarial idoralari orqali 1 ish kuni mobaynida Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markaziga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko‘ra kadastr hujjatlari yo‘qolganda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilish mumkin. Ushbu maʼmuriy reglamentning 22-bandiga muvofiq rekonstruktsiyasiz toifasi o‘zgarganda bepul kadastr pasporti rasmiylashtirib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi
535-son 1-ilovaga asosan o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda kadastr pasporti rasmiylashtirib beriladi.

- Majburiy ijro byuro organlarida ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish uchun Majburiy ijro byurosining rasmiy “mib.uz” saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga o‘tiladi, u yerda “Qarzdorlikni tekshirish” satriga fuqaroning pasport maʼlumotlarini kiritish orqali qarzdorligi bor yoki yo‘qligini tekshiradi.

- Ijro hujjatlari boʼyicha qarzdorlik tufayli qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilganligini tekshirish uchun Majburiy ijro byuroning rasmiy “mib.uz” saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga o‘tiladi, u yerda “Cheklovlarni tekshirish” satriga fuqaroning pasport maʼlumotlarini kiritish orqali Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilgan yoki yo‘qligi tekshiriladi.

Majburiy ijro byuroning rasmiy “mib.uz” saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga oʼtiladi, u yerda “Аlimentlar kalkulyatori” satriga kirib bilishi mumkin.

Shuningdek, Oila Kodeksining 99-moddasiga muvofiq, agar voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning taʼminoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — toʼrtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Majburiy ijro byuro organlarida aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474 va 475-moddalari bilan maʼmuriy ishlar yuritiladi.

Maʼmuriy sudlar tomonidan qarzdorlarga maʼmuriy qamoq va jarima jazosi tayinlanadi. Maʼmuriy jazoga yoki jinoiy javobgarlikka tortilgandan keyin aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atiladi.

Majburiy ijro byuro xizmat qilish uchun yurisprudentsiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus maʼlumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.

Majburiy ijro byuro organlariga ishga kirish istagidagi fuqarolar yashash joyidan kelib chiqib, Byuroning hududiy viloyat boshqarmasining kadrlar sho‘basiga murojaat qilishlari va u yerdan ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar to‘plami ro‘yxatini olishlari mumkin bo‘ladi.

Har yili 15-iyundan 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda o‘zlari tanlagan oliy ta’lim dargohlariga DTM.UZ sayti orqali onlayn ro’yxatdan o‘tgan holda hujjatlarni topshiradilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PQ-113-son qaroriga muvofiq quyidagi abituriyentlar to‘lovdan ozod etiladi.

- test sinovi o‘tkaziladigan yilda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlar;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- davlat tomonidan to‘liq ta’minlangan shaxslar (“Mehribonlik” uyi va bolalar shaharchasi bitiruvchilari);

- “Yagona ijtimoiy himoya reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

- “yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar;

− to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalarga imtiyozli asosda tavsiya etilgan abituriyentlar.

Davlat komissiyasining 13-son qarori bilan 2022-2023 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining ta’lim yo‘nalishlariga muvofiqligi bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Ushbu fanlar majmuasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://t.me/dtmuzb/4673.

Oliy ta‘lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyozlar va ularning arizalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://t.me/dtmuzb/4748.

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash testidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga taqdim etiladigan sertifikat bo‘lib, muayyan chet tilini qay darajada bilishni ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi qoidaning 56-bandiga asosan bu haqda sug‘urta kompaniyasini ogohlantirgan holda, sug‘urta kompaniyasining yozma roziligi mavjud bo‘lsa, to‘lab bersa bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi qoidaning 39-bandiga asosan mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun sug‘urta qoplamasi miqdori sug‘urta summasining 35 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi qoidaning 37-bandiga asosan sug‘urta qoplamasi jabrlanuvchining merosxo‘rlariga yoxud huquqiy vorislariga amalga oshiriladi.

- Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

- Kamida maksimal ballning 60 foizi (90 ball) yig’ilgan taqdirda testdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Qoidaning 49-bandiga muvofiq bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga) tegadigan sug‘urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, Qoidalarning 48-bandida belgilangan summa doirasida aniqlanadi. Har bir jabrlanuvchi tegishli hujjatlarni sug‘urta kompaniyasiga o‘z vaqtida taqdim etsa, sug‘urta qoplamasini to‘lash masalasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qisqaradi. Qoidaning 63-bandiga muvofiq, agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovoni to‘lovlari bir nechta jabrlanuvchiga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) to‘lanishi kerak bo‘lsa va ularning sug‘urtalovchiga bildirilgan talablari summasi sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lsa, sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

“TVEFJMSQ to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) sug‘urta to‘lovlari haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi kerak.

Mazkur majburiy sug‘urta turi bo‘yicha faoliyatni olib borish uchun Sug‘urtalovchiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) sug‘urta to‘lovlari haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi kerak degan talab qo‘yilgan. Agar yuqoridagi holat yuzaga kelsa, sug‘urta shartnomasi tuzgan sug‘urta kompaniyasining o‘zingizga yaqin joyda joylashgan hududiy bo‘limiga sug‘urta qoplamasini olish bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar test sinovlari formati bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati
Test savollari namunalarini esa quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/test_namunalari
Test sinovlarining “Gapirish bo'limi” savollari va baholash mezonlarini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/cefr_speaking

Qoidalarning 37-bandiga muvofiq jabrlanuvchining yoki uning merosxo‘rlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi talabi ko‘rsatilgan arizasiga boshqa hujjatlar qatorida mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilarni) taqdim etadi.

 

 

Yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganda yo‘l transport hodisasi ishtirokchilari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillarini chaqiradi va yo‘l transport hodisalari rasmiylashtirilgandan so‘ng, transport vositasiga yetkazilgan zararni baholatish uchun ikkala tarafga tegishli baholovchi tashkilotga yo‘llanma beriladi. Baholovchi tashkilotning transport vositasiga yetkazilgan zararni baholab bergan xulosasi sug‘urta tovoni miqdorini aniqlashda talab etiladigan asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.  Jamg‘arma kompensatsiya to‘lovini amalga oshirayotganda transport vositasiga yetkazilgan zararni baholash uchun sarflangan xarajatlarni ham qoplab beradi.

TVEFJMSQ qoidalarining 34-bandi ya’ni darhol yo‘l harakati xavfsizligi  xodimiga xabar berishi va sug‘urta kompaniyasiga YTHdan keyin 72 soatdan kechirtirmay, sodir bo‘lgan hodisa xaqida ushbu qoidalarga 6-ilova muvofiq yozma shaklda ariza berishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 395-sonli (2019-yil, 14-may) qaroriga muvofiq, ushbu sertifikatlar egalariga muayyan imtiyozlar taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi.

Jabrlanuvchi ytxda tan jarohati olsa TVEFJMSQ qoidalarining 7-ilovasiga asosan ko‘rsatilgan jadvaldagi foizlarda hisoblab chiqiladi. Agarda jabrlanuvchi vafot etsa unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi TVEFJMSQ qonuning 19-modda 14-xat boshiga asosan uning davlat notarial idorasi tomonidan berilgan huquqiy vorisiga to‘lab beriladi. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri) sug‘urta qoplamasini olishi to‘g‘risida da’vo ariza bilan murojaat etsa TVEFJMSQ qoidalarining 67-bandiga asosan 15 kun ichida to‘lov to‘g‘rsida qaror qabul qilinadi va 5 ish kun mobaynida sug‘urta qoplamasi to‘lab beriladi.

Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘laydi.

Ariza beruvchining arizasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining singlewindow.uz yagona axborot portali orqali taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan telekommunikatsiyalarining texnik vositalarini sertifikatlashtirish ariza bilan birga qo‘yidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);

mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida maʼlumot;

mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);

olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 22.07.2013 yilda ro‘yxatga olingan (qayd   raqami № 1842-2) O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining qaroriga asosan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga ko‘ra Nizom Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun, Moliya vazirligining ko‘rsatmalarini bajarmaganligi uchun, sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni asossiz rad etganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari qo‘llash bo‘yicha normalarni o‘z  ichiga olgan VII1, VII2 и VII3 boblari bilan to‘ldirildi.

Agar Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdorida jarima solinadi. Bunda sug‘urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e‘tirof etiladi.

Sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4079-son Qarori bilan tartibga solingan.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joylaridagi (IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi, davlat xizmatlari markazi) ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoxud konsullik ro‘yxatiga olingan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladilar:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);

fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun;

ota-onasining notarial tasdiqlangan rozilik arizasi — voyaga yetmaganlar uchun;

davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish uchun davlat boji stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvardagi 600-son Qonun talablari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 1-baravari miqdorida belgilab berilgan.

Mazkur Qonunning 13-moddasida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinuvchi shaxslar ro‘yxati belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5156-sonli Farmonida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab viza tizimi o‘rnatilgan davlatlarga, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab esa MDHga a’zo davlatlarga faqatgina xorijga chiqish biometrik pasporti bilan chiqishlari lozimligi belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish huquqidagi cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi

PQ–4079-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bobi bilan tartibga solingan.

Shunga ko‘ra, cheklov muddati tugaganidan so‘ng, yashash joyidagi hududiy IIB MvaFRBga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat qilish mumkin.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha to`lovlarni kafolatlash jamg`armasi to`g`risida Nizomga ko`ra  (24.06.2008 yilda № 141 O`z.Res VMQ tasdiqlangan)

Jamg`arma qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

•belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari to‘laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;

•          sug‘urtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalariga berilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;

•          Jamg‘armaning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;

•          sug‘urtalovchilar bilan majburiy sug‘urta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sug‘urta siri to‘g‘risidagi talablar ta‘minlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ayirboshlaydi;

•          Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va sarfi bo‘yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;

•          transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

•          majburiy sug`urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o‘rganadi va undan foydalanadi.

•          Jamg‘arma o‘z vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Xorijiy davlat hududiga kirishlari ta’qiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining cheklovini bekor qilish IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi vakolatiga kirmaydi, shunga ko‘ra ushbu masala yuzasidan kirish uchun ta’qiq qo‘yilgan xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi yoki Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat etish mumkin.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi polisini sotib olish bilan transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, salomatligiga va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalaydi.

Xorijda turgan hamda vaqtincha va doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

ilgari berilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);

tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun);

harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;

fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun;

biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (pasport yo‘qolgan taqdirda);

konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar to‘langanligi haqidagi kvitansiya.

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentabrdagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘RQ-296-son Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 3-bandiga asosan amalga oshiriladi.

Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.

Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentabrdagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘RQ-296-son Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 5-bandiga asosan er-xotin bir yil davomida birga yashamasalar ham doimiy ro’yxatga qo‘yilishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga asosan bu qoida olib tashlangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentabrdagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘RQ-296-son Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 8-bandiga asosan qayta ro‘yxatga olinishi belgilangan.

Sug‘urtalovchi zarar etkazgan shaxsga (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:

•          mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazilgan bo‘lsa;

•          zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarilayotganda etkazilgan bo‘lsa;

•          mazkur shaxs o‘zi foydalanayotganda zarar etkazgan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa;

•          mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yashiringan bo‘lsa;

•          mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan bo‘lsa (transport vositasidan faqat majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda);

•          sug‘urta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir bo‘lgan bo‘lsa (transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda). Bunda sug‘urtalovchi mazkur shaxsdan sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga asosan bu toifada fuqarolar uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish huquqiga cheklov yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga ariza beradi va uni doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga taqdim etadi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza-so‘rovnoma;

tarjimai hol ;

fotosurat;

ish yoki o‘qish joyidan, ishlamaydiganlar esa faqat yashash joyidan ma’lumotnoma taqdim etadi, unda mazkur shaxs davlat oldidagi hamma majburiyatlarini bajarganligi yoki fuqarolarning, davlat, kooperativ yoxud boshqa jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlari bor-yo‘qligi ko‘rsatilgan bo‘lib, tuman hokimligi tomonidan tasdiqlanishi lozim;

chaqiriq yoshidagi shaxsni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida harbiy komissariatdan ma’lumotnoma;

davlat poshlinasi to‘langanligi yoki uni to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjat.

Agarda arizachining O‘zbekiston Respublikasida eri (xotini), shuningdek o‘z qaramog‘idagi shaxslar bo‘lsa, u ana shu shaxslarning unga nisbatan mulkiy yoki boshqa da’volari yo‘qligi to‘g‘risida notarius tomonidan tasdiqlangan yozma arizalarini taqdim etishi kerak.

18 yoshga to‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi bilan birga beriladi. Balog‘atga yetmaganlar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lsa, ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarning arizasiga ularning notarius tomonidan tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligini taqdim qilish zarur.

Zarur hollarda nikohni bekor qilish, ota-onalardan birining o‘limi, farzand qilib olish, ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, aliment to‘lash to‘g‘risidagi hujjatlarning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi.

Agar ota-onaning ikkalasi ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lib, ulardan biri respublika fuqaroligidan chiqsa va ayni vaqtda balog‘atga yetmagan bolasining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishini iltimos qilsa, u holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga o‘zining munosabati bildirilgan ota yoki onaning notarius tomonidan tasdiqlangan arizasi taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga asosan bunday holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilingan.

•          1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;

•          1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;

•          konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

•          harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;

•          xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;

•          Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;

•          pensionerlar;

•          nogironlar.

Sug‘urta mukofotini olish huquqiga ega sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga asosan talab qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga asosan hudud va manzildan chiqarib yuborililishiga olib kelmaydi.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bunda, Siz jabrlanuvchi shaxs sifatida nafaqat aybdorni javobgarligini sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasiga, balki o‘zingiz bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urta kompaniyaga sog‘lig‘ingiz yoki mol-mulkingizga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash yuzasidan yozma shaklda murojaat qilishingiz mumkin. Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.

Agar aybdorni kompaniyasiga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, aybdor javobgarligini sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasi to‘g‘risidagi ma’lumotni To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga murojaat qilib olishingiz mumkin.

Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu taxlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi. Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.

15 kun davomida vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomad qilishlari mumkin.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshiriladi.

Transport vositasi egasi yo‘l transport hodisasida jabrlangan yoki aybdor shaxs bo‘lishiga qarab o‘z mulkiy manfaatlarini bir necha turdagi sug‘urta polisi bilan himoya qilish mumkin:

1. Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxs sifatida:

- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi o‘zining xayoti, sog‘lig‘i va/yoki mol mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash (baxtsiz xodisadan tibbiy sug‘urtalash, mol-mulkiga etkazilgan zararni baxtsiz xodisadan sug‘urtalash).

2. Yo‘l transport hodisasida aybdor shaxs sifatida:

- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi (Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash, boshqa shaxsning xayoti, sog‘lig‘iga va/yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash).

- Majburiy sug‘urta shartnomasi. (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish).

YTH sodir bo‘lganda iltimosnoma bilan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, adjaster bilan shartnoma tuzgan holda, pochta xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki jamag‘armaning veb saytida (tkj.uz) elektron iltimosnomani to‘ldirish orqali qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari tegishli  hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.

To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan iltimosnoma murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi hamda o‘z navbatida jabrlanuvchiga belgilangan tartibda yozma ravishda xabar beriladi.

Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi lozim.

Haydovchining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligini kafolatlash maqsadida
2008-yil 21-aprel kuni “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu sug‘urta turini 15 ta sug‘urta kompaniyasi amalga oshirib kelmoqda.

Yo‘l harakati hodisasi ro‘y berganda deylik transport vositasi egasiining majburiy sug‘urta polisi bo‘lmasligi mumkin, yoki haydovchi voqea joyidan qochib ketishi ehtimolidan xoli emas. Bunday holatlarda yo‘l transport hodisasidan jabrlangan shaxslar to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga murojaat qilishlari mumkin.

Jamg‘armani tashkil etilishidan asosiy maqsad ham shu, ya’ni  majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplaridan biri jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘ligi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni єoplanishining kafolatlanishini to‘liq ta’minlash. Bugun yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlangan har qanday shaxsga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishi qonun bilan kafolatlangan. Ushbu kafolatni amalda to‘liq bo‘lishida esa To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘z o‘rniga ega. Ya’ni mazkur tizimning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu esa ushbu majburiy sug‘urta ijtimoiy himoyaga yo‘naltirigan sug‘urta turi ekanligini isbotlaydi.

Bundan tashqari Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan ushbu sug‘urta turi bo‘yicha ayrim toifadagi sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofotlari bo‘yicha  beriladigan siylovlarni kompensatsiya qilish, shuningdek, mazkur turdan tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, sug‘urta hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish hisoblanadi.

Ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligida bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligida qaytadan tiklanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Arizada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 oktabrdagi 864-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga 3 yillik investor vizasi rasmiylashtirib beriladi.

To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovi to‘lab berilgandan keyin aybdor shasxlarga kompensatsiya to‘lovini ixtiyoriy qaytarishni so‘rab talabnoma chiqariladi. Aybdor tomonidan regress talabnomaga munosabat bildirilmasa, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan Aybdor shaxsni kompensatsiya to‘lovini va boshqa qilingan xarajatlarni qaytarishni so‘rab fuqarolik sudlariga murojaat qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli Qaroriga asosan karantin davrida bo‘lish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilmaydi.

Shuningdek karantin muddati tugaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga ma’lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan xorijiy fuqarolar 30 sutka ichida «chiqish» (EXIT) vizasini rasmiylashtirmasdan respublika hududidan chiqib ketishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli Qaroriga asosan “Ye” ishchi vizasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida rasmiylashtirib beriladi

Transport vositasi haydovchisi biror-bir ehtiyoj bilan magazinga, bozorga, restoranga kirish uchun transport vositasini qoldirib ketishi natijasida transport vositasiga zarar yetganda yoki yo‘lda boshqarib ketayotganda zarar yetkazgan transport vositasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketganda aybdor shaxsning aniqlash imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va barcha chora-tadbirlar olib boriladi va aybdor shaxsni qonunda belgilangan holda aniqlashning imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlarining qarori asosida jabrlanuvchiga zarar yetkazgan shaxs noma’lum deb topiladi

Jamg‘armaning rasmiy veb sayti (www.tkj.uz) da yangi interaktiv xizmatlar joriy etilgan. Ushbu interaktiv xizmatlardan biri transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisasida aybdor shaxsning qaysi sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalanganligi to‘g‘risida ma’lumotni onlayn usulda olishdir. Bundan tashqari javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan sug‘urtalanmaganligi YHXB yoki sud qarorida qayd etilgan va sug‘urtalangan bo‘lsa ish xujjatlari to‘plamida mavjud bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3836-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz tartibda kirib kelgan xorijiy fuqarolarning respublika hududida bo‘lishi 30 kundan oshmasligi belgilab berilgan.

Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarorda hamda boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarda 30 kungacha vizasiz tartibda respublika hududiga kirib kelgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan viza rasmiylashtirish masalasi nazarda tutilmagan.

Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga mehmon vizasi bilan kirib kelganlar ishlashi mumkin emas. Agar chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga ishbilarmonlik “V-2” turdagi vizasi bilan kirib kelib, ishchi “Ye” vizasi olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi olganidan so‘ng ishchi rasmiylashtirib, ishlashi mumkin.

Majburiy sug‘urta turi bo‘yicha fuqarolarimizning huquqlarini to‘laqonli va tushunarli tarzda ularga yetkazish maqsadida To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan ushbu video roliklar ishlab chiqilgan. Shu o‘rinda aytish lozimki joriy yilda tayyorlangan video rolikda yuqorida aytib o‘tilgan Jamg‘armaning rasmiy veb saytida tashkil etilgan interaktiv xizmatlar, ularning afzalliklari, ulardan qanday foydalanish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan.

Haydovchining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligini kafolatlash maqsadida
2008-yil 21-aprel kuni tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 155-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga ko‘ra, Jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari murojaat qilish huquqiga ega.

Qoidabuzarlik o‘n sutkagacha rioya etilmaganligi — eng kam ish haqining besh baravari miqdorida, o‘n sutkadan ortiq, ammo o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzishi — eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida, o‘ttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi — eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida.

Jamg‘arma faqatgina jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo‘lgan holatda xamda aybdor shaxs ushbu yo‘l-transport xodisasida vafot etgan bo‘lib jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi karori mavjud holatlarda, sud qarorisiz jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lovini to‘lab beradi.

Chunki, mazkur holatlarda aybdor shaxsning shaxsi noma’lum bo‘ladi va uni tegishli fuqaroviy javobgarlikka tortishning o‘zi mumkin bo‘lmaydi va aybdor shaxs vafot etganligi sababli jinoyat ishi sudga oshirilmay tugatilgan bo‘ladi. Qolgan holatlarda esa aybdor shaxsning shaxsi ma’lum bo‘lganligi sababli, uning fuqaroviy javobgarligi, yetkazilgan zarar miqdorini undirish masalasi sud tomonidan hal qilinishi lozim va sud qarori talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalariga rioya qilmagan 18 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari jarimaga tortilmaydi.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli hozirgi kunda 40 mln. so‘m miqdorda belgilangan. Shundan Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta pulining 35 foizidan , jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda 65 foizidan oshmagan miqdorda to‘lab beriladi.

Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish yoki mazkur to‘lovlarni to‘lashni asoslantirilgan tarzda rad etish to‘g‘risidagi qaror Jamg‘arma tomonidan sug‘urtalovchi yoki jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) iltimosnoma bilan murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida qabul qilinadi.

So‘nggi 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida ariza beradi.

Arizada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olishi, uning talablarini bajarishi to‘g‘risidagi va xorijiy fuqarolikdan voz kechganligi to‘g‘risidagi majburiyat ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza-so‘rovnoma;

xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashqari);

tarjimai hol;

kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, divedendlar va kun kechirishning boshqa manbalari ko‘rsatilgan boshqa hujjat);

fotosurat;

davlat boji to‘langanligi yoki uni to‘lashdan ozod qilinganligi haqidagi hujjat.

Sug‘urta to‘lovi javobgarlikni sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta polisiga muvofiq amalga oshiriladi, kompensatsiya to‘lovi Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladi va amalga oshirgan to‘lovni javobgar shaxsdar regress tartibida undirib oladi (sug‘urta kompaniyasi faqat ayrim belgilangan xollardagina regress huquqini amalga oshiradi). Aynan jabrlanuvchining javobgarligi sug‘urta qilingan qilinmaganligi ahamiyatsizю

3 kun ichida, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno. Hisob chegaradan o‘tgan kunning keyingi kuni soat 00:01 dan boshlanadi.

Mazkur sug‘urta turida “Sug‘urta hodisasi bo‘lib, transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini  yuzaga kelishi bo‘lib, bu sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini keltirib chiqaradi.

2008-yil 21-aprel kuni taadiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 155-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida “Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir” deb belgilangan.

Mazkur sug‘urta turida faqat transport vositasidan foydalanish natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi holatda esa fuqarolar bevosita sug‘urtaning boshqa turlari orqali ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilingan hollarda yetkazilgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplamasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyun kungi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari”da, jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar jadvali keltrilgan.

Ushbu jadvalda shikastlanishni, jarohatni turiga qarab, qoplanadigan zarar miqdorining foizi belgilangan. Sud tibbiy ekspertiza markazining tegishli xulosasiga asosan ushbu jadvalga muvofiq to‘lov miqdori aniqlanadi.

Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta qildiruvchilarga imtiyoz berilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra sug‘urta siylovi summasi sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi va u 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, mehnat fronti faxriylari, Chernobil AES halokatida aziyat chekkanlar, pensionerlar, nogironlar va boshqalar siylov olish huquqiga ega. Siylovlar faqat jismoniy shaxslarga beriladi.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotilishi mumkin:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.

b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa.

v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.

g) agar shaxs chet el davlati foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa.

d) agar shaxs chet el davlati fuqaroligini olgan bo‘lsa.

e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6065-son Farmoniga muvofiq identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta qildiruvchilarga imtiyoz berilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra sug‘urta siylovi summasi sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi va u 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, meіnat fronti faxriylari, Chernobil AES halokatida aziyat chekkanlar, pensionerlar, nogironlar va boshqalar siylov olish huquqiga ega. Siylovlar faqat jismoniy shaxslarga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6065-son Farmoniga muvofiq identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

pasport;

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan miqdorda (BXMning 89% bugungi kunda 267.000 so‘m) davlat boji undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini, qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan identifikatsiyalovchi ID-kartasi qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi MJtKning 223-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarimga tortiladi.

2008-yil 21-aprel kuni taadiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 155-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunida rad etish sabablari ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Avval yo‘l transport hodisasida aybdor bo‘lgan shaxsning  fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan, yoki sug‘urta qilinmaganligi tekshirib ko‘riladi.

Buning uchun axborot bazasi shakllangan. Agar fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan bo‘lsa, Jamg‘arma belgilangan tartibda ushbu hodisadan jabr ko‘rgan shaxsga xabar beradi. Ayrim hollarda Aybdor shaxs jabrlangan shaxsga zarar o‘rnini qoplab beradi.

Lekin ba’zilar sug‘urtadan ham pul olish mumkin deb jamg‘armaga murojaat qilishadi. Bunday hollarda jabrlanuvchiga rad javobi beriladi. Deylik, yo‘l transport hodisasi sudda sudda ko‘rildi va jabrlanuvchi da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi. Agarda bu sud qarori bilan tasdiqlansa, bu holatda ham rad javobi beriladi. Ayrim hollarda jamg‘arma tegishli hujjatlarni yetishmovchiligi sabab, tegishli hujjat taqdim etilgunga qadar jabrlanuvchining iltimosnomasini qayta ko‘rib chiqish sharti bilan rad qiladi

Jabrlanuvchi kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan kundan boshlab, ya’ni jabrlanuvchining xayoti, sog‘liga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil ichida murojaat etishga xaqli.

Transport vositasi egasi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lganligi hamda transport vositasini boshqarish vaqtida jabrlanuvchilarga zarar yetgani uchun majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha Cug‘urta kompaniyasi tomonidan javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi sud yoki boshqa vakolatli organ qarori bilan qayd etilgan taqdirada sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.

Birinchi navbatda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lanadi, yetkazilgan zararning majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanmagan qismi ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanadi.

TVEFJMS qilish polisiga har qanday o‘zgartirish kiritish, TVEFJMS qilish qoidalarining (16-17-bandlarida) ko‘rsatib o‘tilgan, 17-bandning 2 xatboshida quyidagi tartibda qayta rasmiylashtirilishi keltirilgan:

“Agar sug‘urta qildiruvchi xabar qilgan o‘zgarishlar majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisidagi va maxsus davlat belgisidagi mavjud ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga 3 ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisini va maxsus davlat belgisini berishi shart. Sug‘urta qildiruvchidan qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi olgan taqdirda, u ilgari berilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisini va maxsus davlat belgisini qaytarib berishi shart. Sug‘urtalovchi tomonidan qaytarib berilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtirilgan hujjatlarning ikkinchi nusxalari bilan birga sug‘urtalovchida saqlanadi”.

Sodda qilib aytganda, agarda TVEFJMS qilish polisiga qo‘shimcha haydovchini qo‘shish zaruriyati bo‘lsa, siz majburiy sug‘urta polisini olgan  sug‘urta kompaniyasining tegishli bo‘limiga murojaat etgan holda qisqagina arizani to‘ldirib, eski polisni o‘rniga qayta rasmiylashtirilgan yangi polisni olishingiz mumkun. O‘zboshimchalik bilan majburiy sug‘urta polisiga qo‘shimcha yangi haydovchini FISH qo‘shib qo‘yish - mumkin emas.

Shuni aytib o‘tish lozim, yuqoridagi holatda beriladigan yangi polis, amal qilish muddati joriy sana bilan beriladi (bu bulishi mumkun bulgan nizolarnining kelib chiqishi va sug‘urta firibgarligini oldini olish maqsadida qilingan). Va bunday sug‘urtaning qiymati yangi sug‘urta polisining qiymatiga teng bo‘lib, mijozning taqdim etayotgan shaxsiy ma’lumotlari asosida (yoshi, staji, avariyaviy tarixi va v.k.) yangi haydovchini inobatga olgan xolda, (eski sug‘urta polisining amal qilish muddati kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda hisoblanib, yangi sug‘urta qiymatidan ayirgan holda hisoblanadi).

Avtomabil davlat raqam belgisi almashtirilishi quyidagi holatlar bilan bog‘liq:

a) transport vositasini ruyxatga olish guvohnomasini («texpasport») o‘zgartirilishi, mulk egasi o‘zgarmagan holda, (misol uchun oxirgi paytda kuzatilgan davlat raqam belgisini namunasi o‘zgarishi munosabati bilan ommaviy o‘tkazish)

b) transport vositasi mulkiy egasi o‘zgarishi

Sugurtalovchilar ushbu holatlarni bir biri bilan chalkashtirishadi. Ko‘p holatlarda yangi t/v egasi, oldingi egasidan qolgan TVEFJMS qilish polisi bilan sug‘urta kompaniyasiga murojaat etib, ushbu polisda ko‘rsatilgan davlat raqam belgisini o‘zgartirib berishni so‘rashadi. Bu TVEFJMS qilish qoidalarining 16-17 bandiga muvofiq mutloq mumkin emas, chunki sug‘urta kompaniyasiga quyidagi holdagi murojaat bilan faqatgina sug‘urtalanovchi haqlidir.

Avtomabil egasi o‘zgarmasdan, davlat raqam belgisi o‘zgartirilishiga kelsak, bu holda sug‘urtalalovchi majburiy sug‘urta polisini olgan sug‘urta kompaniyasining tegishli bo‘limiga murojaat etgan holda tegishli arizani to‘ldirib, arizaga yangi «texpasport» nusxasini taqdim etib, qayta rasmiylashtirishni ikki imkoniyatdan birini tanlash lozim bo‘ladi:

1.Butunlay TVEFJMS qilish polisini qayta rasmiylashtirilgan taqdirda sug‘urta mukofotining bir qismi majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda hisoblanib, yangi sug‘urta polisining qiymatidan ayrilgan holda hisoblanadi.

2.Sug‘urta kompaniyasining vakolatli xodimi, sug‘urta polisidagi “Maxsus belgilar” qatoriga o‘zgartirishga oid bo‘lgan ma’lumotni kiritadi va imzo va muhr bilan tasdiqlaydi. Quyidagi o‘zgarishlar yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Transport vositasi sotib yuborgan bo‘lsa va ilgari olgan sug‘urtasi kerak bo‘lmasa, foydalanilmagan qismi uchun to‘loving qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Ushbu tartib TVEFJMS qilish qoidalarining 19-20-bandlarida keltirilgan. Xususan 19 bandiga muvofiq «Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin to‘xtatiladi:

a) transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda ta’qiqlanganda;

b) majburiy sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolganda;

v) transport vositasining egasi o‘zgarganda.

Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin».

TVEFJMS qilish qoidalarining 19-bandida esa quydagilar kuzda tutilgan “Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan tovon summasiga va majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning
19-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning ushbu majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha isbot qilinadigan xarajatlari summasini sug‘urta mukofotining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirishi mumkin.

Sug‘urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo‘rlariga, huquqiy vorislariga) sug‘urta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda qaytarish sug‘urta qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxo‘rlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi”.

Umumiy hollarda iste’molchi uchun avtomabil sotib yuborilganda, ya’ni avtomabil mulkdori o‘zgarganida, sug‘urtalangan shaxs majburiy sug‘urta polisini olgan  sug‘urta kompaniyasining tegishli bo‘limiga murojaat etgan holda tegishli arizani to‘ldirib, arizaga oldi-sotti shartnomasining (yoki boshqa turdagi oldi-sottini tasdiqlovchi har qanday hujjat) nusxasi ilova etilishi lozim.

TVEFJMS qilish qoidalarining 18 bandiga muvofiq «Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda sug‘urta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini to‘langan sug‘urta mukofoti summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi kerak. Dublikatlar sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchi murojaat qilgan va u dublikatlarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi».

TVEFJMS qilish polisi yo‘qotilgan taqdirda, siz majburiy sug‘urta polisini olgan  sug‘urta kompaniyasining tegishli bo‘limiga murojaat etgan holda, tegishli arizani to‘ldirib, yangi sug‘urta polisini olishingiz mumkin. Bunday hollarda sug‘urta kompaniyasi o‘z xarjatlarini qoplash maqsadida, mijozdan asl sug‘urta polis narxidan 10%-dan oshmaydigan bo‘lgan tulovni talab etish huquqiga egadir.

Bir qator sug‘urta kompaniyalarda ushbu xarajatlar ma’lum bir kichik miqdor doirasida cheklangan, misol uchun yo‘qotilgan cheklanmagan turdagi sug‘urta polisini (cheklanmagan polis narxi o‘rtacha 250,0 ming so‘m deb olsak) dublikati berilishi uchun, mijoz 10% polisning narxidan kelib, 25,0 ming so‘m miqdoridagi to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi, bu esa asossiz hisoblanadi.

 

Qonunchilikda sug‘urta muddati tugamasdan sug‘urta shartnomasini tuzishga hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.

Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi muddati tugamasdan sug‘urta shartnomasini tuzayotganda, amal qilish muddatini boshlanishini sug‘urta muddati tugaydigan kundan ham belgilashi mumkin.

Vazirlar Maxkamasining 24.06.2008 yildagi 141-sonli qaroriga 4-ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi qoidalarining 62-bandiga asosan “Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovoni to‘lovlari bir nechta jabrlanuvchiga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) to‘lanishi kerak bo‘lsa va ularning sug‘urtalovchiga bildirilgan talablari summasi sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lsa, sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Bunday holatda jabrlanuvchi Vazirlar Maxkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi koidalari 38-bandiga asosan o‘z fuqarolik javobgarligi sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasiga tegishli hujjatlar ilova etilgan sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat etishi mumkin.

Bunda, Jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasi “To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi”ga murojaat etadi. Jamg‘armaning ma’lumotlar bazasi orqali yo‘l-transport hodisasida aybdor deb e’tirof etilgan shaxsning fuqarolik javogarligi YTH sodir bo‘lgan kuni qaysi sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalanligi to‘g‘risida ma’lumot olinadi. Shundan so‘ng, jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasi vakili YTH sodir etishda aybdor shaxsning fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan sug‘urta kompaniyasiga jabrlanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini yozma ravishda yuboradi.

Aybdor haydovchining sug‘urta kompaniyasi bu murojaatni o‘rganib chiqib, mazkur hodisa sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilishi yoki etilmasligi haqida qabul qilingan qaror to‘g‘risida jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasiga ma’lum qiladi. YTH da aybdor haydovchining sug‘urta kompaniyasidan kelgan ma’lumotiga asosan jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasi mazkur ish yuzasidan sug‘urta qoplamasini to‘lash yoki to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Agar, YTH da aybdor shaxsning fuqarolik javobgarligi hech qayerda sug‘urtalanmagan bo‘lsachi?

Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lum bo‘lsa u holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi koidalari 71 bandiga asosan jabrlanuvchi to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-qaroriga ilova TVEFJMSQ to‘g‘risidagi qoidaning 55-bandiga asosan aybdorning sug‘urta polisi bo‘yicha jabrlanuvchiga, ya’ni mol-mulk egasiga to‘lab beriladi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Ma'muriy reglament kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.

Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida kiritiladi, hamda 10 ish kunida hujjatlar konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

Ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsient miqdori;

Ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

Faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

Rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori.

Yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorni g‘olib deb topiladi.

Muhim ma'lumot: Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar, tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ariza O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti.

a) kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

b) ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent miqdori;

v) ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

g) faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

d) rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori;

e) ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning o‘rtacha yillik soni.

6. Maksimal ball 100 ga teng bo‘lib, u muhimlilik darajasidan kelib chiqib mezonlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

a) birinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;

b) ikkinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;

v) uchinchi darajali mezonga “0” balldan “20” ballgacha;

g) to‘rtinchi darajali mezonga “0” balldan “15” ballgacha;

d) beshinchi darajali mezonga “0” balldan “10” ballgacha;

e) oltinchi darajali mezonga “0” balldan “5” ballgacha.

Mezonlarning muhimlilik darajasi taklif etilayotgan loyihaning xususiyatidan kelib chiqib Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Mezonlar bo‘yicha ball Hukumat komissiyasi tomonidan beriladi. Jami to‘plangan ball mezonlarning muhimlilik darajasidan kelib chiqib quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Tball=(Ttk/Tmaks)×Mmaks

bunda:

Tball — talabgorning baholanayotgan mezon bo‘yicha olgan balli;

Ttk — talabgorning tegishli mezon bo‘yicha bergan taklifidagi ko‘rsatkich;

Tmaks — talabgorlar tomonidan tegishli mezon bo‘yicha berilgan takliflari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich;

Mmaks — tegishli mezon bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan muhimlilik darajasidan kelib chiqib belgilangan maksimal ball.

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno):

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — 30 yil muddatga;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar — 49 yildan oshmaydigan muddatga;

b) xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti.

Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi "Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish buyicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida" 395-son qarori.

Ariza beruvchi ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat dublikatini rasmiylashtirishda xatoliklar mavjudligini aniqlaganda, ilgari yuborilgan ariza raqamini ko‘rsatgan holda takroriy ariza yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunda ariza beruvchi o‘n besh ish kuni ichida yig‘im to‘lamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqishi shart.

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarni arxivdan olish zarurati yuzaga kelgan hollarda davlat arxivlari besh ish kuni mobaynida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organga bepul taqdim etadi. Bunda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish muddatiga qo‘shimcha ravishda yana besh ish kuni qo‘shiladi.

Dublikat berish bo‘yicha asosli arxiv hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli hujjatni berish rad etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi "Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish buyicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida" 395-son qarori.

Quyidagilar rad etish uchun asos bo‘ladi:

  • talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
  • agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
  • qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
  • agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
  • agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
  • agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha (ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
  • agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
  • agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;
  • agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti mavjud bo‘lsa;

Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-dekabrdagi
PQ-4079-son qarori.

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;

bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;

25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-dekabrdagi PQ-4079-son qarori.

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;

yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;

umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;

umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;

umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;

umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;

umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 2014-yil
10-iyuldagi 186-son qarori bilan belgilanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori.

Yoʻqolgan kadastr pasporti qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori.

Investitsiya majburiyatlari ijrosining monitoringi Ishchi organning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan davlat nazorati Kadastr agentligining, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha esa — Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari birgalikda har chorakda bir marotaba investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va investitsiya majburiyatlari ijrosini hamda ajratilgan yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish holatlarini monitoring qilib boradi.

Ishchi organning hududiy boshqarmalari investitsiya loyihasi ijrosining monitoringi amalga oshiriladigan kun va vaqt haqida kamida uch kun oldin talabgorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Monitoring natijalari boʼyicha talabgor hamda Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi hamda to‘rt nusxada tasdiqlanadi.

Monitoring dalolatnomasining bir nusxasi talabgorga topshiriladi hamda qolgan uchta nusxasi Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xoʼjaligi vazirligining hududiy boshqarmalarida saqlanadi.

Monitoring davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidan belgilangandan ko‘ra boshqa maqsadlarda foydalanish yoki yer uchastkasi o‘z vaqtida foydalanishga kiritilmaganligi, investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi holatlari aniqlanganda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Qo‘lga kiritilgan yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmagunga qadar begonalashtirilishi mumkin emas. Investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmasdan bino va inshootlarni begonalashtirish investitsiya majburiyatlarini buzish deb baholanadi va yerga boʼlgan huquqni bekor qilishga asos bo‘ladi.

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

21-sentabrdagi 592-son qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti.

Yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish hamda yerga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirishga quyidagi asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi:

a) investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganligi — ishchi organning ijobiy xulosasi asosida;

b) yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi — Kadastr agentligining ijobiy xulosasi asosida;

v) tuproq unumdorligining pasaymaganligi, unumdor qatlam olinmaganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi — Qishloq xo‘jaligi vazirligining ijobiy xulosasi asosida, basharti ajratilgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘lsa.

G‘olib ijara muddatining kamida uchdan ikki qismi o‘tgandan so‘ng, biroq ijara muddati yakunlanishiga kamida 6 oy qolgunga qadar yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirishni so‘rab ishchi organga ariza berishga haqli.

Ishchi organ:

a) 2 ish kuni ichida yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirish yuzasidan talabgorning arizasini ko‘rib chiqadi hamda xulosa taqdim etish uchun Kadastr agentligi va (yoki) Qishloq xo‘jaligi vazirligiga so‘rov yuboradi;

b) 5 ish kuni ichida investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganligi yoki bajarilmaganligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

So‘rov kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:

a) Kadastr agentligi yerdan foydalanuvchi tomonidan ijara muddati davomida yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yo‘l qoʼyilganligi yoki yo‘l qo‘yilmaganligi to‘g‘risida;

b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuproq unumdorligining pasayganligi yoki pasaymaganligi, unumdor qatlam olinganligi yoki olinmaganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi yoki ekilmaganligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ishchi organga yuboradi.

Ishchi organ talabgorning arizasini unga o‘zining hamda Kadastr agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosalarini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasiga yuboradi.

Hukumat komissiyasi talabgorning arizasi va taqdim etilgan xulosalarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

Xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy bo‘lsa, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi.

Quyidagilar yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi:

a) xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy bo‘lishi;

b) “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan yer uchastkasi xususiylashtirilmaydigan yer uchastkasi boʼlganida hamda ijarachi yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari hisoblanmaganda.

Hukumat komissiyasi tomonidan yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiq deb topilganda, ishchi organ tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Vazirlar Mahkamasi tegishli yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki unga bo‘lgan ijara huquqini “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida oʼzgartirilishi to‘g‘risidagi hujjatni belgilangan tartibda qabul qiladi va uning nusxasi ijarachiga yuborilishini taʼminlaydi.

Ijarachi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:

b) “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq yer uchastkasini xususiylashtirishi mumkin.

Bunday holatda investitsiya majburiyatlari yuklatilmaydi.

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta‘minlaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
21-sentabrdagi 592-son qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti.

Kadastr agentligi tashkil etilgandan boshlab asosiy eʼtibor sohani raqamlashtirish, barcha yerlar, bino-inshootlarni to‘liq hisobga olishga qaratilgan.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Raqamlashtirish nima beradi?

– Aytish joiz, raqamlashtirish shaffoflik va aniqlikni beradi. Bu orqali inson omili kamaytiriladi va dasturlar bilan ishlashga o‘tiladi. Inson omilini kamaytirish – korrupsiyaning “oyog‘iga bolta urish”dir.

 – bugungi kunda fuqarolar Kadastr idoralariga umuman kelishi shart emas. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar DXM, Notarius va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ilgari ko‘p qavatli uydagi kvartiralarga kadastr hujjatini rasmiylashtirish 10 kundan ortiq vaqt olgan bo‘lsa, bugungi kunda 3 kungacha qisqartirishga erishildi.

Yana bir maʼlumot, mamlakatimizning 40,8 million gektar, yaʼni 91 foiz er maydonining elektron xaritasi yaratilib, 36,9 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Avval hisobga olinmagan 626,2 mingta yangi obyekt, 498,9 mingta qo‘shimcha qurilmalar aniqlandi.

Bugungi kunda kadastr bazasida hisobga olingan ko‘chmas mulk obyektlari soni 8,1 milliondan oshdi. Ushbu maʼlumotlar davlat soliq qo‘mitasiga integratsiya qilingan holda taqdim etib kelinmoqda.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun 89 ming 560 ta 5 707,9 gektar yer uchastkasi “elektron” AATga kiritilgan.

Shundan 49 ming 856 ta 2 737,7 gektari mulk huquqi asosida 18 ming 638 ta, ijara huquqi asosida 31 ming 218 ta yer uchastkasi aukstsion savdosiga chiqarildi. Kadastr idoralari tomonidan jami 1,3 million gektar hamda Prezidentimizning joriy yil 10 sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil yetishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 102,4 ming gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan zaxiradagi yerlar hokimliklar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 339,8 ming gektar yer uchastkalari tanlovga chiqarildi.

Shuningdek, Kadastr idoralariga yuborilgan ijara shartnomalariga asosan 239,6 ming gektar yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati natijasida 32 ming 275 ta holatda 7 723,6 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Shundan 15 ming 810 ta holat, 4 812,5 gektar, yaʼni 49 foiz ixtiyoriy bartaraf etildi. 15 ming 763 ta holat bo‘yicha sudlarga da‘vo arizalari kiritildi. 2 428 ta holat prokuratura organlariga kiritildi.

Sohani raqamlashtirish bo‘yicha “UZKAD” tizimi to‘liq ishga tushirilib, DSQ bazasi, my.gov.uz va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi.

Yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida GIS.KADASTR.UZ orqali ko‘rish imkoniyati yaratildi. Geografik obyektlarining nomlari haqidagi barcha maʼlumotlar jamlangan “GEONAMES” veb portali ishga tushirildi.

“E-YER NAZORAT” tizimi toʼliq ishga tushirilib, Bosh prokuraturaning “E-Material” va IIVning “E-maʼmuriy ish” tizimi bilan integratsiya qilindi.

YeRELEKTRON axborot tizimining yangi versiyasi ishga tushirildi. GEODEZNAZORAT axborot tizimi orqali geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning natijalarini ekspertizadan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.

Sohaga yangi yo‘nalishlarning joriy etilishi ishimizni yanada jadallashtirishga zamin yaratmoqda. Jumladan, Maʼmuriy amaliyot yo‘nalishi orqali yilning o‘tgan davrida yer bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 142 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlanib, ularning 111 nafariga 334 million soʼmdan ortiq miqdordagi jarima chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, yuqoridagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus
“E-er nazorat” (ID) dasturi amaliyotga kiritildi. Uning asosiy maqsadi yerga aloqador qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishdan iboratdir.

Tegishli yer maydoni, joylashgan manzili, qachon va qaysi qonun buzilgani, ko‘rilgan choralar xususida sud, prokuratura, IIB, MIB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashish imkoniyati yaratilib, hozirda ushbu dasturdan keng foydalanib kelinmoqda. Aytish joizki, bu boradagi muammolarni bartaraf etishda qonuniy targ‘ibot va tushuntirish ishlarining samarasi juda katta. Shu bois aholiga yerdan foydalanish tartiblari yuzasidan murojaatlar, ogohlantirishlar berish bilan bir qatorda tushuntirish ishlarini ham olib boryapmiz. Buning uchun OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi tomonidan uzluksiz chiqishlar qilinmoqda. Hududlarda fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ochiq muloqotlarda mavjud muammolar tahlil etilmoqda.

Qars ikki qo‘ldan chiqadi, deydilar. yer bilan bog‘liq muammolarning oldini olishda, avvalo, fuqarolarning huquqiy bilimlarini shakllantirish maqsadga muvofiq. Agar yurtdoshlarimiz o‘z haq-huquqlari bilan bir qatorda burch va majburiyatlarini ham yaxshi anglashsa, yuqorida tilga olingan qonun buzilish holatlari yuz bermas edi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 27 va 29-moddalariga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlardagi mavjud vakant lavozimlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni ochiq (ichki va tashqi) tanlov shartlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalari tegishli masʼul xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar davomida mazkur jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu turdagi ochiq tanlovlar 3 bosqichda o‘tkaziladi: nomzodlarning arizalarini tegishli malaka talablari boʼyicha o‘rganish, test sinovi hamda suhbat.

Oʼtgan davr mobaynida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda malaka talablarini yagona shakl asosida belgilash hamda test sinovi bosqichini maksimal darajada shaffof tarzda tashkil etishga qaratilgan qator loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Xususan, endilikda tanlovning suhbat bosqichida ham inson omili minimallashtiriladi. Bu borada ikkita muhim yangilik amaliyotga joriy etilmoqda:

birinchisi, suhbat jarayonida nomzodlarga berilayotgan savollar vaznining teng bo‘lishini taʼminlash maqsadida barcha savollar yagona platformada tasodifiy tanlash (rendom) dasturi orqali beriladi;

ikkinchisi, tanlov komissiyasi a‘zolari tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarni onlayn baholash yo‘lga qo‘yiladi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorida har yili Ozbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchunXorijiy tillarni oqitish boyicha eng yaxshi maktabtanlovini tashkil qilish belgilangan.

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Tuman(shahar) bosqichida g‘olib boʼlgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:

Viloyat bosqichida g‘olib boʼlgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan.

Tanlovning bosh sovrini miqdori — 500 million so‘m.

2022-2023-o‘quv yilida oʼtkaziladigan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunga qadar 571 ta maktab ariza yuborgan.

Bugungi kunda har-bir sohada salohiyatli, bilimli, zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan hamnafas ish olib boradigan mutaxassislarga ehtiyoj sezilmoqda. O‘z yechimini kutayotgan bu kabi muammolarga xodimlarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlash orqali yechim topilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi tizimida ham xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan Malaka oshirish instituti tashkil etilganligi shular jumlasidandir. O‘tgan davr mobaynida IIV Malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning malakasi oshirilib, xizmatga endi qabul qilingan xodimlarning sohaga oid boshlang‘ich tayyorgarligi shakllantirilmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti tomonidan Ichki ishlar vazirligining 2022-yil
18-noyabr kunidagi 2/2-2580-son ko‘rsatmasiga asosan IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi O‘quv-dala markazida, Ichki ishlar organlarining ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlardan iborat boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.

O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida IIV hamda Malaka oshirish instituti mutasaddilari tomonidan doimiy nazorat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

IIV Malaka oshirish institutida ta‘lim olayotgan tinglovchilarning o‘qish va yashash sharoitlari, kun tartibiga rioya etilishi va tinglovchilarning modullarni o‘zlashtirish darajasi tahlil qilinmoqda.

Shu bilan birgalikda malakali ustozlar hamda yosh tinglovchi xodimlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va doʼstona taʼlim-tarbiya muhitini shakllantirish zarurligi muhim hisoblanadi.

Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik - ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarda o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularning maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishini taʼminlashi, bu esa har-bir xodim uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Tinglovchilarning talab va takliflari doimiy ravishda eshitilib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Hukumatning 2022 yil 12 apreldagi [178-son] qarori bilan «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010 yilgacha bolgan davrda berilganlari — 2023 yil 31 martgacha;

2010−2012 yillarda berilganlari — 2023 yil 30 iyungacha;

2013−2015 yillarda berilganlari — 2023 yil 30 sentyabrgacha;

2015 yildan keyin berilganlari — 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabrida ham hukumat qarori bilan eski haydovchilik guvohnomalari va ro‘yxatga olish guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddati uzaytirilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 59 110 tani tashkil etgan.

 

 Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni:

 

Samarqand viloyati – 10 499 ta

 

Fargʼona viloyati – 6 608 ta

 

Surxondaryo viloyati – 5 847 ta

 

Xorazm viloyati – 5 488 ta

 

Qashqadaryo viloyati – 5 226 ta

 

Toshkent viloyati – 5 073 ta

 

Navoiy viloyati – 4 157 ta

 

Toshkent shahri – 3 795 ta

 

Buxoro viloyati – 3 450 ta

 

Аndijon viloyati – 2 962 ta

 

Qoraqalpogʼiston R. – 2 172 ta

 

Jizzax viloyati – 2 140 ta

 

Namangan viloyati – 1 337 ta

 

Sirdaryo viloyati – 356 ta

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022 yilda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 93 611 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

 

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

 

Toshkent shahri – 15 772 ta

 

Samarqand viloyati – 10 877 ta

 

Fargʼona viloyati – 9 099 ta

 

Qashqadaryo viloyati – 8 869 ta

 

Toshkent viloyati – 7 094 ta

 

Xorazm viloyati – 5 792 ta

 

Namangan viloyati – 5 774 ta

 

Аndijon viloyati – 5 656 ta

 

Jizzax viloyati – 4 667 ta

 

Buxoro viloyati – 4 572 ta

 

Qoraqalpogʼiston R. – 4 472 ta

 

Navoiy viloyati – 4 464 ta

 

Surxondaryo viloyati – 4 316 ta

 

Sirdaryo viloyati – 2 187 ta

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2023 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat koʼrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 801 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 512 taga oshgan.

 

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat korsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

 

— Rossiya – 3 156 ta

 

— Turkiya – 2 204 ta

 

— Xitoy – 2 141 ta

 

— Qozogʼiston – 1 258 ta

 

— Koreya – 930 ta

 

— АQSh – 354 ta

 

— Qirgʼiz R. – 320 ta

 

— Tojikiston – 305 ta

 

 — Ozarbayjon – 266 ta

 

 — Germaniya – 219 ta

 

 — Turkmaniston – 181 ta

 

— boshqalar – 4 467 ta

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jami 46 971 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu otgan yilning mos davriga nisbatan 3276 taga kop.

 

2023 yilning 1 yanvar holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

 

Toshkent shahri – 9 634 ta

 

Toshkent viloyati – 4 122 ta

 

Fargʼona viloyati – 3 968 ta

 

Samarqand viloyati – 3 559 ta

 

Qashqadaryo viloyati – 3 497 ta

 

Аndijon viloyati – 3 378 ta

 

Surxondaryo viloyati – 3 047 ta

 

Buxoro viloyati – 3 004 ta

 

Qoraqalpogʼiston R. – 2 501 ta

 

Namangan viloyati – 2 454 ta

 

Jizzax viloyati – 2 205 ta

 

Xorazm viloyati – 2 176 ta

 

Navoiy viloyati – 1 771 ta

 

Sirdaryo viloyati – 1 655 ta

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 597 tani tashkil etgan.

 

2022 yilda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 579 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

 

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:

 

— Toshkent shahri – 301 ta

 

— Samarqand viloyati – 180 ta

 

— Farg‘ona viloyati – 191 ta

 

Аndijon viloyati – 139 ta

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.

 

Bu 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga kopaygan.

 

Songgi besh yillikda ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

 

— 2018 yilda – 1 160 ta

 

— 2019 yilda – 1 560 ta

 

— 2020 yilda – 1 740 ta

 

— 2021 yilda – 2 382 ta

 

— 2022 yilda – 2 423 ta

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz)  orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Buning uchun my.gov.uz sayti orqali ariza qoldirish orqali kerakli ta’lim tashkilotini tamomlaganlik to‘g‘risida tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat dublikatini olishingiz mumkin.

Xizmat narxi — Bepul

Xizmat ko'rsatish muddati — 5 ish kuni

Ma'lumot uchun: Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga qulaylik yaratish va vaqtni tejash maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlariga identifikasiya ID-kartalarni o'qish imkoniyatiga ega “NFC-reader” qurilmalari o'rnatilgan.

Ushbu qurilmalarda ID-kartadagi hamda chet el fuqarosi pasportidagi chipdan ma'lumotlarni o'qish va ushbu ma'lumotlarni axborot tizimlarida qo'llash imkoniyati mavjud.

Hozirgi kunda, Davlat xizmatlari markazlarida “NFC-reader” qurilmalarini qo'llash orqali Respublika bo’yicha kuniga 1 000 dan ziyod aholi uchun davlat xizmatlari ko’rsatilib, ularning qimmatli vaqtlari tejalmoqda.

-ariza qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlik;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlik;

-ariza qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlik.

 Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 500 ming so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.

Shuningdek, fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

Soxta nikoh – nikoh tuzishni, birga yashashni va oila qurishni maqsad qilmay, oʼzga maqsadni koʼzlab tuzilgan nikoh. Soxta nikoh orqali erishilgan, qoʼlga kiritilgan huquqlar, imtiyozlar ham nikoh haqiqiy emas deb topilgandan boshlab bekor boʼladi.

Oila kodeksida nikohni haqiqiy emas deb topishga asos etib, “soxta nikoh tuzilganda, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʼzlamay nikoh qayd qildirganlik” belgilangan (49-modda).

Er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan boʼlsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Soxta nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish maqsadisiz nikohga kirgan hollarda esa, bunday talab xotin (er) tomonidan ham qoʼyilishi mumkin (54-modda).

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 206-1-moddasi bilan toʼldirilgan boʼlib, u tazyiq oʼtkazgan va (yoki) zoʼravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʼlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik deb nomlangan. Unga koʼra,

- tazyiq oʼtkazgan va (yoki)

- zoʼravonlik sodir etgan yoxud

- ularni sodir etishga moyil boʼlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan (300 ming soʼmdan) uch baravarigacha (900 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solishga yoki oʼn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish jazosi qoʼllaniladi.

206-1-modda Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 5 oktyabrdagi OʼRQ-640-sonli qonuniga asosan kiritilgan

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Аholi orasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027 yillarga moʼljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

aholi orasida OIV infektsiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini soʼnggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFА) bilan uzluksiz taʼminlash;

migrantlarni OIV infektsiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish;

OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infektsiyali onalardan tugʼilgan 6 oylikkacha boʼlgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz taʼminlash;

OIV infektsiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Qarorga koʼra, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infektsiyasi boʼyicha majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yoʼlga qoʼyish maqsadida:

-2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;

-2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari oʼrtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi.

2023 yil yakunigacha OIV infektsiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tugʼilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʼlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

 (Endilikda bola tugʼilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola roʼyxatga qoʼyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʼlimi, navbatga qoʼyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʼlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYo boʼlimi tugʼilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʼyilgan tugʼilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu maʼlumotnoma tugʼilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Tugʼilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo boʼlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

‼️Otalik belgilash va yolgʼiz ona arizasiga asosan tugʼilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʼilishini qayd etishda bevosita FHDYo boʼlimiga murojaat qilinishi lozim.

Maʼlumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi 27-son Farmoniga muvofiq 2023 yil 1 apreldan nogironlik idoralararo elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.

1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik sub'ektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln so‘mgacha) qismi qoplab beriladi;

 daromadi 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

 davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

 yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

Tabiat yodgorligi deb e'lon qilingan daraxtlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan 1 metrdan kam bo‘lmagan masofada va balandligi 1 metr 20 santimetr bo‘lgan metall panjara bilan o‘ralishini ta'minlashi kerak.

 Shuningdek, ushbu daraxtlar to‘g‘risidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) ma’lumotni o‘z ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qo‘yilishi zarur.

➖ sinfda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun – lavozim maoshining 10 foizi;

➖ 2 nafar bola uchun – lavozim maoshining 20 foizi;

➖ 3 nafar bola uchun – lavozim maoshining 30 foizi;

➖ ikki va undan ortiq inklyuziv ta'lim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uchun ta'lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilarga va maxsus pedagoglarga – lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.

Ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

🔹 qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

🔹 noturar joylarni;

🔹 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni.

🔸 tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

🔸 tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

🔸 tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;

🔸 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

🔸 shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

🔹 ish beruvchining turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan xodimlar va ularning oila a'zolari uchun respublika bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko‘rib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim;

🔹 jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan sub'ektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

❕Bunda turistik yo‘llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

➖ yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta'minlanadi;

➖ davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya berilishi belgilangan.

yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi;

davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yilishiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.02.2023 yildagi PF-27-son.

tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qo‘yilgan me'yor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;

yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 9 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

 2023 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvargacha tegishli mebelь ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nolь stavkasi qo‘llaniladi. 

Asos: “Mebeь mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 10.02.2023 y.)

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

Asos: Ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.)

talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi;

litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;

litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi;

litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;

litsenziyalarni o‘zgartiradi;

litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar ushbu vakolatli organlar tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassislar, aktsiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

kontsert-tomosha faoliyati;

iste'mol va texnik etil spirti, alkogolь mahsulotlari ishlab chiqarish;

alkogolь mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi faoliyat;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish.

ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;

qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;

yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini.

Qonunchilikka ko‘ra abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent o‘qigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu harakat maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana sodir etilsa, 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Shuningdek, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

➖ murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

➖ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

➖ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

➖ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

➖ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.

Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 300 ming so‘mdan 900 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga 10 million so‘m subsidiya beriladi.

“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.

Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan konsullik yig‘imi;

ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga, geografik ko‘rsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan patent boji.

Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.

Фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этишда давлат божи тўлашдан қуйидагилар озод қилинади:

1) халқ таълими органлари, вояга етмаганлар ишлари бўйича идоралараро комиссиялар — етим болаларни ва ота-оналар қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни болалар муассасаларига ва ўқув юртларига юбориш учун туғилганлик тўғрисида такрорий гувоҳномалар берганлик учун;

2) жисмоний шахслар — туғилиш, ўлим қайд этилганлиги учун, уларга фарзандликка олинган, оталик белгиланган, жинси ўзгартирилган ҳолларида, шунингдек фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этиш чоғида йўл қўйилган хатолар муносабати билан туғилганлик тўғрисидаги ҳужжатлар ёзувлари ўзгартирилган, тўлдирилган ва тузатилган тақдирда гувоҳномалар берганлик учун;

3) жисмоний шахслар — уларга белгиланган тартибда бедарак йўқолган деб ёки руҳий ҳолатининг бузилганлиги (руҳий касаллиги ёки ақли заифлиги) сабабли муомалага лаёқатсиз деб топилган шахслар ёхуд қилган жиноятлари учун уч йилдан кам бўлмаган муддатга озодликдан маҳрум этишга ҳукм қилинган шахслар билан никоҳни бекор қилиш тўғрисида суднинг ҳал қилув қарори асосида гувоҳномалар берганлик учун;

4) жисмоний шахслар — уларга реабилитация қилинган қариндошларининг вафот этганлиги тўғрисидаги такрорий гувоҳномалар берганлик ёки илгари берилган гувоҳномаларни алмаштирганлик учун;

5) Ўзбекистон Республикаси ёки чет давлатлар ҳудудида табиий ва техноген хусусиятли фавқулодда вазиятлар, шу жумладан маиший тусдаги офатлар (турар жойлар ёки яшаш учун мўлжалланмаган жойлар ёнғини, қулаши, транспорт воситаларининг ёниши) юз берганлиги натижасида жабрланган жисмоний шахслар — уларга такрорий гувоҳномалар берганлик учун.

Qonunchilikka ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

Konsullik yig‘imini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lsa, chet ellik fuqarolar;

2) repatriatsiya ishlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

3) chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga o‘zarolik asosida viza qo‘yish chog‘ida;

4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnat staji, ijtimoiy taʼminot to‘g‘risidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni so‘rab olish va legallashtirish chog‘ida;

5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlari (ularning oila aʼzolari);

6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan matbuot vakillari (ularning oila aʼzolari);

7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet ellik fuqarolar;

8) o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalar;

9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek budjet tashkilotlarining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi chet ellik fuqarolar, agar kontrakt shartlariga ko‘ra viza olish bilan bog‘liq xarajatlar qabul qiluvchi tarafning zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa;

91) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yo‘qolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan, yaroqsiz holga kelgan, muayyan faktni tasdiqlaydigan hujjatlarini tiklash chog‘ida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan ushbu hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, dublikatlari hamda ularning mavjudligi haqidagi maʼlumotnomalar talab qilib olinganda;

1) davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida;

2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;

3) apellyasiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda;

4) davlat boji to‘langan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyasiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda;

5) agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda;

6) ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

7) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

8) agar taraflar o‘rtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

9) agar taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

10) ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

11) daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (eʼtiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;

12) voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning nikohi o‘zaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji to‘langanda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan bo‘lsa;

13) agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

14) sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda;

15) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish huquqi uchun hujjat berish rad etilganda.

Davlat boji summalarini qaytarish to‘lovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini to‘lovchining yozma arizasi olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yoki sud hujjatlari asosida qaytaradi. O‘z navbatida davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim bo‘lgan, ilgari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilgan davlat boji summasining bir qismini qaytarish to‘g‘risida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda xabar yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilgan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan davlat organi yoki tashkilotning tegishli xabarnomasi olingan kundan eʼtiboran o‘n kun ichida qabul qilinadi. Davlat bojini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda soliq organi davlat bojini to‘lovchiga qaytarishni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining G‘aznachiligiga qaytarish to‘g‘risida tegishli topshiriqnoma yuboradi.

Davlat bojining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirilishi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

Haydovchilar quyidagilarni YPX xodimiga taqdim qilmaslik huquqiga ega

yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

transportni ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.

Jismoniy shaxslarga tegishli obʼektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

 yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obʼektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;

Quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi:

▫️avtomobil yo‘llarida;

▫️harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalarda;

▫️suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalarda;

▫️qurilish maydonlarida;

▫️bino va inshootlar tomlarida;

xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida;

▫️insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda.

obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi;

Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 20 kun mobaynida o‘rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDY organiga axborot tizimi orqali taqdim etadi.

Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko‘rsatiladi.

Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar

Firma nomida:

1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

Firma nomida:

ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;

ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);

belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);

belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.

 Yuridik shaxs o‘z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqga ega.

Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonunchiligida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.

Firma nomidan quyidagilarda foydalanish mumkin:

firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish;

firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish firma nomidan foydalanishdir.

Firma nomidan tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obʼektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.

Reyestrdan chiqarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;

vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;

muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

davlat vazifalarini amalga oshiradigan lavozimga tayinlanganda yoki saylanganda, notariuslar bundan mustasno;

yediatorga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirilayotganda;

bir yildan ortiq muddat mobaynida u to‘g‘risida ma’lumot olish imkoni bo‘lmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga ko‘ra;

doimiy yashash uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketganda.

Professional mediator Reyestrdan hududiy adliya organining qarori asosida chiqariladi.

pensiya yoshiga yetgan shaxslarga;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;

homilador ayollarga;

uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga;

birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

doimiy ishga ega shaxslarga;

harbiy xizmatchilarga.

(538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga ko‘yiladi.

Kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish.

Muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70-yil davomida amal qiladi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin 70-yil davomida amal qiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari bo‘lmaydi:

rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);

xalq ijodiyoti asarlari;

oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;

insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

7 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan.

ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) asosida uning shaxsini aniqlaydi.

2023 йил 1 ноябрдан тўлов ставкалари қуйидаги миқдорда белгиланди:

Автотранспорт воситаларига рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгилари (РЎДРБ) учун – БҲМнинг 3,5 баравари миқдорида;

Мототранспорт воситалари, мотороллерлар ва тиркамаларга РЎДРБ учун – БҲМнинг 1,75 баравари миқдорида;

Транзит РЎДРБ учун – БҲМнинг 25 фоизи миқдорида;

Яроқсиз ҳолга келган, бузилган ёки шикастланган бир жуфт РЎДРБ ўрнига янги РЎДРБ бериш учун – БҲМнинг 3,5 баравари миқдорида;

Яроқсиз ҳолга келган, бузилган ёки шикастланган бир дона РЎДРБ ўрнига янги РЎДРБ бериш учун – БҲМнинг 1,75 баравари миқдорида.

2 million soʻmgacha, biroq jami 300 million soʻmgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratilishi belgilangan.

2023-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga oid axborotlar go‘dakni 6 oygacha oziqlantirishda ona suti bilan oziqlantirishning foydasi va afzalligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak;

bola hayotining birinchi yilida uning rasioniga kiritilgan qo‘shimcha ovqat mahsulotlari reklamasida yoshga doir cheklovlar hamda mutaxassislarning maslahati zarurligi haqidagi ogohlantirish bo‘lishi kerak.

yashirin mayningni;

anonim kripto-aktivlar mayningini;

ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilga mos kelmaydigan manzilda mayningni;

ruxsatnomasiz mayningni.

BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda (66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) jarima;

3-yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash;

5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

ariza beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan muddatda so‘rovnomadagi kamchiliklar bartaraf etilmaganda;

auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.

Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati.

Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kirish uchun murojaat etgan auditorlik tashkiloti (rahbari yoki vakili)

Advokat maqomiga eta bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.

Bo‘ysunish tartibida adliya boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohni rasmiylashtirish ariza berilgan FHDYo organidan boshqa FHDYo organida amalga oshirilishi mumkin.

Bunda, FHDYo organi nikohlanuvchi shaxslarning xohishiga asosan boshqa FHDYo organiga berilgan arizani jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) orqali elektron axborot tizimidan oladi va belgilangan tartibda nikohni rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikoh tuzilganligini qayd etishda arizaga chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi va uning tarjimasi hamda chet el fuqarosining oilaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan holda ilova qilinadi.