Ko‘p beriladigan savollar
Sug‘urta

O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 22.07.2013 yilda ro`yxatga olingan (qayd   raqami № 1842-2) O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasining qaroriga asosan sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun sug`urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo`llash tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritildi.

Qarorga ko`ra Nizom Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun, Moliya vazirligining ko`rsatmalarini bajarmaganligi uchun, sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etganligi uchun sug`urtalovchilarga qo`llaniladigan jarima sanksiyalari qo`llash bo`yicha normalarni o`z  ichiga olgan VII1, VII2 и VII3 boblari bilan to`ldirildi.

Agar Sug`urtalovchi sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug`urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug`urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdorida jarima solinadi. Bunda sug`urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug`urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e`tirof etiladi.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha to`lovlarni kafolatlash jamg`armasi to`g`risida Nizomga ko`ra  (24.06.2008 yilda № 141 O`z.Res VMQ tasdiqlangan)

Jamg`arma qo`yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to`lovlari to`laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;
  • sug`urtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ko`rsatib o`tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalariga berilgan sug`urta mukofotlari bo`yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;
  • Jamg`armaning o`z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;
  • sug`urtalovchilar bilan majburiy sug`urta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sug`urta siri to`g`risidagi talablar ta`minlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni ayirboshlaydi;
  • Jamg`arma mablag`lari tushumi va sarfi bo`yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;
  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko`rib chiqishi uchun kiritadi;
  • majburiy sug`urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o`rganadi va undan foydalanadi.

Jamg`arma o`z vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi polisini sotib olish bilan Siz transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, salomatligiga va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash bo`yicha o`z fuqarolik javobgarligizni sug`urtalaysiz.

Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.

Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.

Sug‘urtalovchi zarar etkazgan shaxsga (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:

  • mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazilgan bo‘lsa;
  • zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarilayotganda etkazilgan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs o‘zi foydalanayotganda zarar etkazgan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yashiringan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan bo‘lsa (transport vositasidan faqat majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda);

sug‘urta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir bo‘lgan bo‘lsa (transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda). Bunda sug‘urtalovchi mazkur shaxsdan sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.

  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
  • konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
  • harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
  • xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
  • Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
  • pensionerlar;
  • nogironlar.

Sug‘urta mukofotini olish huquqiga ega sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi.

Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu taxlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi. Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.

O‘z mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida transport vositasi egasi bir necha javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish polisini va/yoki fuqarolik javobgarlikni ixtiyoriy sug‘urta qilish polisini sotib olish mumkin. Yo‘l transport hodisasida etkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib sug‘urta tovoni bitta, bir nechta yoki barcha sug‘urta polislar bo‘yicha to‘lanishi mumkin. Bunda to‘lov avval majburiy sug‘urta bo‘yicha va keyin ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha amalga oshiriladi.

Transport vositasi egasi yo‘l transport hodisasida jabrlangan yoki aybdor shaxs bo‘lishiga qarab o‘z mulkiy manfaatlarini bir necha turdagi sug‘urta polisi bilan himoya qilish mumkin:

1. Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxs sifatida:

- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi o‘zining xayoti, sog‘lig‘i va/yoki mol mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash (baxtsiz xodisadan tibbiy sug‘urtalash, mol-mulkiga etkazilgan zararni baxtsiz xodisadan sug‘urtalash).

2. Yo‘l transport hodisasida aybdor shaxs sifatida:

- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi (Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash, boshqa shaxsning xayoti, sog‘lig‘iga va/yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash).

- Majburiy sug‘urta shartnomasi. (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish).

YTH sodir bo‘lganda iltimosnoma bilan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, adjaster bilan shartnoma tuzgan holda, pochta xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki jamag‘armaning veb saytida (tkj.uz) elektron iltimosnomani to‘ldirish orqali qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari tegishli  hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.

To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan iltimosnoma murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi hamda o‘z navbatida jabrlanuvchiga belgilangan tartibda yozma ravishda xabar beriladi.

Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi lozim.

Yo‘q, buzmayapti. Buning uchun majburiy sug‘urta shartnomasini tuzayotganda transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmasligi shartini tanlash lozim. Bunda sug‘urta polisida transport vositasidan uni boshqarishga qo‘yilgan haydovchilar ko‘rsatilmaydi.

Javob. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovi to‘lab berilgandan keyin aybdor shasxlarga kompensatsiya to‘lovini ixtiyoriy qaytarishni so‘rab talabnoma chiqariladi. Aybdor tomonidan regress talabnomaga munosabat bildirilmasa, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan Aybdor shaxsni kompensatsiya to‘lovini va boshqa qilingan xarajatlarni qaytarishni so‘rab fuqarolik sudlariga murojaat qilinadi. (Ko‘rsatuv davomida to‘liq va aniq ma’lumot beriladi.)

Transport vositasi haydovchisi biror-bir ehtiyoj bilan magazinga, bozorga, restoranga kirish uchun transport vositasini qoldirib ketishi natijasida transport vositasiga zarar yetganda yoki yo‘lda boshqarib ketayotganda zarar yetkazgan transport vositasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketganda aybdor shaxsning aniqlash imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va barcha chora-tadbirlar olib boriladi va aybdor shaxsni qonunda belgilangan holda aniqlashning imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlarining qarori asosida jabrlanuvchiga zarar yetkazgan shaxs noma’lum deb topiladi.

Jamg‘armaning rasmiy veb sayti (www.tkj.uz) da yangi interaktiv xizmatlar joriy etilgan. Ushbu interaktiv xizmatlardan biri transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisasida aybdor shaxsning qaysi sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalanganligi to‘g‘risida ma’lumotni onlayn usulda olishdir. Bundan tashqari javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan sug‘urtalanmaganligi YHXB yoki sud qarorida qayd etilgan va sug‘urtalangan bo‘lsa ish xujjatlari to‘plamida mavjud bo‘lishi lozim.

Majburiy sug‘urta turi bo‘yicha fuqarolarimizning huquqlarini to‘laqonli va tushunarli tarzda ularga yetkazish maqsadida To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan ushbu video roliklar ishlab chiqilgan. Shu o‘rinda aytish lozimki joriy yilda tayyorlangan video rolikda yuqorida aytib o‘tilgan Jamg‘armaning rasmiy veb saytida tashkil etilgan interaktiv xizmatlar, ularning afzalliklari, ulardan qanday foydalanish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan.

Jamg‘arma faqatgina jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo‘lgan holatda xamda aybdor shaxs ushbu yo‘l-transport xodisasida vafot etgan bo‘lib jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi karori mavjud holatlarda, sud qarorisiz jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lovini to‘lab beradi. Chunki, mazkur holatlarda aybdor shaxsning shaxsi noma’lum bo‘ladi va uni tegishli fuqaroviy javobgarlikka tortishning o‘zi mumkin bo‘lmaydi va aybdor shaxs vafot etganligi sababli jinoyat ishi sudga oshirilmay tugatilgan bo‘ladi. Qolgan holatlarda esa aybdor shaxsning shaxsi ma’lum bo‘lganligi sababli, uning fuqaroviy javobgarligi, yetkazilgan zarar miqdorini undirish masalasi sud tomonidan hal qilinishi lozim va sud qarori talab etiladi.

Sug‘urta to‘lovi javobgarlikni sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta polisiga muvofiq amalga oshiriladi, kompensatsiya to‘lovi Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladi va amalga oshirgan to‘lovni javobgar shaxsdar regress tartibida undirib oladi (sug‘urta kompaniyasi faqat ayrim belgilangan xollardagina regress xuquqini amalga oshiradi). Aynan jabrlanuvchining javobgarligi sug‘urta qilingan qilinmaganligi axamiyatsiz.

Mazkur sug‘urta turida “Sug‘urta hodisasi bo‘lib, transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini  yuzaga kelishi bo‘lib, bu sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini keltirib chiqaradi.

Qonunning 5-moddasida “Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir” deb belgilangan.

Mazkur sug‘urta turida faqat transport vositasidan foydalanish natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi holatda esa fuqarolar bevosita sug‘urtaning boshqa turlari orqali ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilingan hollarda yetkazilgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplamasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qonunda rad etish sabablari ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Avval yo‘l transport hodisasida aybdor bo‘lgan shaxsning  fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan, yoki sug‘urta qilinmaganligi tekshirib ko‘riladi. Buning uchun axborot bazasi shakllangan. Agar fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan bo‘lsa, Jamg‘arma belgilangan tartibda ushbu hodisadan jabr ko‘rgan shaxsga xabar beradi. Ayrim hollarda Aybdor shaxs jabrlangan shaxsga zarar o‘rnini qoplab beradi. Lekin ba’zilar sug‘urtadan ham pul olish mumkin deb jamg‘armaga murojaat qilishadi. Bunday hollarda jabrlanuvchiga rad javobi beriladi. Deylik, yo‘l transport hodisasi sudda sudda ko‘rildi va jabrlanuvchi da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi. Agarda bu sud qarori bilan tasdiqlansa, bu holatda ham rad javobi beriladi. Ayrim hollarda jamg‘arma tegishli hujjatlarni yetishmovchiligi sabab, tegishli hujjat taqdim etilgunga qadar jabrlanuvchining iltimosnomasini qayta ko‘rib chiqish sharti bilan rad qiladi.

Jabrlanuvchi kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan kundan boshlab, ya’ni jabrlanuvchining xayoti, sog‘liga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil ichida murojaat etishga xaqli.

Transport vositasi egasi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lganligi hamda transport vositasini boshqarish vaqtida jabrlanuvchilarga zarar yetgani uchun majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha Sug‘urta kompaniyasi tomonidan javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi sud yoki boshqa vakolatli organ qarori bilan qayd etilgan taqdirada sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.

Birinchi navbatda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lanadi, yetkazilgan zararning majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanmagan qismi ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanadi.

Ruxsatnoma toʻgʻrisida maʼlumot:

— Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish uchun talabgordan mazkur faoliyatning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi ruxsatnomasini olish talab etiladi.

— Mazkur xizmatdan yuridik shaxs foydalanishlari mumkin.

Ruxsatnomani olish uchun talabgordan “Litsenziya” AT (license.gov.uz) shaxsiy kabinetiga kirgan holda ariza rasmiylashtirish talab etiladi.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

a) Yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

qayta tashkil etish shakli (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish);

b) Muassislarning (qatnashchilarning) yoki taʼsis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sugʻurtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;

v) Tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi;

g) Qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasi (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).

Arizani koʻrib chiqish tartibi:

a) sugʻurtalovchining moliyaviy barqarorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya etish;

b) sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yoʻl qoʻymaslik;

v) sugʻurtalovchi tomonidan unga huquqiy vorislik tartibida oʻtgan va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi;*

g) sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni ichida oʻrganiladi.

Ariza berish bepul ravishda amalga oshiriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat cheklanmagan muddatga beriladi.