Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
109 turdagi bepul dorilarni shifokor ko‘rsatmasiga asosan olish imkoni mavjud. Ushbu dorilar ro‘yxatiga buyrak yetishmovchiligi va orttirilgan immunitet tanqisligi kasalliklari ham kiradi.
Oilaviy shifoxonalarda 19 turdagi qon tahlil tekshiruvlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari yurak-qon tomir va moddalar almashinuvi kasalliklarini erta aniqlash skrining tekshiruvlari mavjud.
Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 693-son qarori
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214 sonli Farmoniga asosan ixtisoslashtirilgan akademik V.Voxidov nomidagi xirurgiya, urologiya, ko'z mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus yo'llanmalarga (orderlarga) asosan davlat byudjeti mablag'lari hisobiga bepul davolanadigan quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslar ro'yxati belgilandi:
- bolalikdan nogironlar;
- g'irt etimlar;
- I va II guruh nogironlari;
- 1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilganlar;
- yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar;
- 1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari;
- Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar;
- baynalminalchi jangchilar;
- fuqarolar o'z-o'zini boshqarish organlarida moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oila a'zolari.
Ushbu imtiyozlarga ega bo'lgan bemorlarni markazlarda davolanishlari uchun maxsus yo'llanmalar (orderlar) hududiy sog'liqni saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli farmoni bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»ga asosan, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi:
- shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
- sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
- aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash;
- ijtimoiy axamiyatga ega va atrofdagilar sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi sil, xavfli o‘sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik, hamda kasb kasalliklariga duchor bo‘lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
- bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik muassasalardan tashqari);
- 15-17 yoshdagi o‘smirlarni, hamda chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
- homiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish (pullik muassasalardan tashqari);
- bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, g‘irt etimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Oila Kodeksining 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarning davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart ekanligi belgilangan.
Nikohlanuvchi shaxslar 50 yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek alohida hollar, ya’ni homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalarda nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Nizom talablariga ko‘ra, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi fuqaroligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi.
50 yoshdan katta shaxslar tibbiy ko‘rikdan faqat o‘zlarining roziligiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi qonuni 18-moddasida homiladorlikning 12 haftagacha bo‘lgan muddatida ayolning xohishiga ko‘ra, homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida homiladorlik muddatidan qat’i nazar amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.
Ushbu moddaning 2-qismiga ko‘ra, tibbiyot muassasalari tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida yoki homiladorlikni to‘xtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sog‘lig‘i uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomligi holati bo‘lib, bu holat uning bola tug‘ilishiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, ushbu tizimning funktsiyalari, hayotiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi.