Xizmat: Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Ko'chmas mulk
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi

Xizmat tavsifi

ART (I qism) — bino yoki inshootning tashqi ko‘rinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yo‘llariga, kichik me’moriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining ko‘kalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son "Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qarori

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik va jismoniy shaxlar

Tashkilot

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari