Xizmat: Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Transport
Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 martdagi 202-son “Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom”

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Eslatma ! Yagona portal orqali ariza yuborganingizdan so’ng Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerak:  
1. Fuqarolik pasporti;
2. Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
3. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Bu qanday ishlaydi?

1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.