image

Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

11.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlar 1 yil ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi.

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi.

Bu turdagi sertifikatlash jarayoni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjatdir.

Sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Nazorat sinovida birinchi marta ishtirok etish bepul. 

Qayta ishtirok etishga My.gov.uz orqali ariza berishda 10 foiz chegirma bilan 306 000 so'm (0,9 BHM) to‘lanadi.

Eslatma: Kasbiy sertifikat olingandan so'ng pedagogik faoliyatda besh va undan ko‘p yil uzilishlar bo‘lsa, faoliyatni qayta boshlagan vaqtdan bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Barcha yangiliklar

❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

05.09.2024
🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

04.09.2024
📣 E‘lon!

💻Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

30.08.2024
❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

📆 Demak: ✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

30.08.2024
⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda

📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash (https://my.gov.uz/oz/service/559)” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

28.08.2024