Hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabga tayyorlash vaqti keldi! 2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari bugun, 20-iyundan start oldi.
Joriy yilda qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20-iyundan - 31-iyulgacha (mikro-hudud doirasida)
2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha (mikro-hududdan tashqarida)
1-sinfga qabul arizalari my.gov.uz orqali faqat Toshkent shahridagi maktablar uchun elektron shaklda topshiriladi.
Eslatma: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadamni my.gov.uz bilan qo'ying!
Bugundan 1-sinfga qabul boshlandi!
20.06.2024
Barcha yangiliklar
Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
14.01.2025🧑💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.
13.01.2025🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
13.01.2025📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).
11.01.2025📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
10.01.2025