“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-iyul soat 23:50dan 5-avgust soat 22:00 gacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Shu bois mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish, shaxsiy hisob raqamdagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, my.gov.uz orqali ushbu tashkilotning elektron xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz!