image

❗️Hurmatli tadbirkorlar

20.08.2024

🎉 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi nomidan sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Tadbirkorlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

 Sizning fidoyiligingiz, tashabbuskorligingiz va mehnatingiz yurtimiz ravnaqi va farovonligining mustahkam poydevoridir.

🔵Biz sizlarning hayotingizni osonlashtirish va biznesingizni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun doimo yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz.

📱Shu munosabat bilan, sizlarni my.gov.uz portalida tadbirkorlar uchun yaratilgan keng qamrovli xizmatlar bilan tanishishga chorlaymiz.

💻Portal orqali siz:

⏺O‘z biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz;
Litsenziya va ruxsatnomalar olishingiz;
Soliqlar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishingiz;
Davlat xaridlarida ishtirok etishingiz;
⏺Va yana ko‘plab boshqa imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

✅my.gov.uz – vaqtingizni tejab, biznesingizni yuksaltirishda eng yaqin ko‘makchingiz!

▶️https://www.youtube.com/watch?v=SvFOFCAL5-Q

Barcha yangiliklar

❗️ OGOH BOʻLING! FIRIBGARLAR YANGI USULDAN FOYDALANMOQDA!

📣Hurmatli fuqarolar, ⏺Soʻnggi kunlarda firibgarlar tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xavfdan ogohlantiramiz!

13.09.2024
Jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi

▶️Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi (video)

10.09.2024
❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

05.09.2024
🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

04.09.2024
📣 E‘lon!

💻Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

30.08.2024