📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
🌐Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.
📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.
⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda
28.08.2024
Barcha yangiliklar
👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.
18.12.2024🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!
17.12.2024❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓
16.12.2024⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
14.12.2024🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!
13.12.2024