📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
🌐Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.
📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.
⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda
28.08.2024
Barcha yangiliklar
📱 Endilikda Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma olish tartibi osonlashdi.
20.01.2025✏️ my.gov.uz orqali "Elektron raqamli imzo olish" juda qulay bo'lib qoldi.
17.01.2025⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
16.01.2025📝 Subsidiyalar uchun ariza qabul qilish yana boshlandi!
15.01.2025Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
14.01.2025