image

❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

30.08.2024

📆 Demak:

✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

📱 Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

🟡 Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.

Barcha yangiliklar

❗️ OGOH BOʻLING! FIRIBGARLAR YANGI USULDAN FOYDALANMOQDA!

📣Hurmatli fuqarolar, ⏺Soʻnggi kunlarda firibgarlar tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xavfdan ogohlantiramiz!

13.09.2024
Jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi

▶️Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi (video)

10.09.2024
❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

05.09.2024
🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

04.09.2024
📣 E‘lon!

💻Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

30.08.2024