image

Davlat Bojxona qo'mitasi tomonidan ko'rsatiladigan ayrim xizmatlar o'chirildi!

08.06.2018

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib - taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5409-son hamda 2018 yil 12 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” PF-5414-son farmonlari bilan bojxona organlari tomonidan ko'rsatiladigan ayrim turdagi ruxsat berish tartib-tamoyillarini nazarda tutuvchi xizmatlar bekor qilinishi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan ko'rsatilayotgan quyidagi xizmatlarning ko'rsatilishi to'xtatilishini ma'lum qilamiz:

1) Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;

2) Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;

3) Reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;

4) Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositasining O'zbekiston Respublikasi hududida xarakatlanish yo'nalishlarini o'zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;

5) Reeksport rejimiga ruxsat olish uchun elektron ariza takdim etish;

6) Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting