image

Yagona portalda 19 ta yangi imkoniyatlar!

10.04.2020

Hurmatli foydalanuvchilar, ta’kidlash lozimki, 2020 yilning boshidan boshlab «UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ va «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK tomonidan quyidagi 19 ta yangi xizmatlar muvaffaqiyatli ishga tushirildi:
1. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish;
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya;
3. Maishiy chiqindilar uchun shaxsiy hisobvaraqa holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4. Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;
5. Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish;
6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasalaridan);
7. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
8. Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
10. Tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;
11. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi (pasport stoli) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish;
12. O‘zbekiston Respublikasida dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish;
13. Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat olish;
14. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza berish;
15. Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga yangi litsenziya olish;
16. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish;
17. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat uchun yangi litsenziya olish;
18. Affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olishga ariza yuborish;
19. Avtotransport vositalari haqida ma’lumot.

Ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling va my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning!

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting