image

Noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat olish

10.09.2020

Hech kimga sir emaski, biznesning muvaffaqiyati bevosita tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish yeki ijaraga olish jarayonlariga bog‘liq. 

Biznesingizni tashkil qilishda birinchi navbatda firma yoki ishlab chiqarish korxonasi joylashadigan bino bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish kerak. Ammo ba’zan bu binolar turar joy toifasiga kirishi mumkin, bu esa ularni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat olishni talab qiladi.

Ushbu ruxsatnomani my.gov.uz Yagona portali yordamida olish juda oson. Buning uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:

  • https://my.gov.uz/oz/service/view/22 havolasi orqali ariza to‘ldirish;
  • xonadon egalari va voyaga yetgan oila a’zolarining notarial tasdiqlangan yozma roziligi;
  • arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lash.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im binolarning mintaqaviy joylashishiga qarab bazaviy hisoblash miqdorining 10 - 30 foizgacha olinadi, xizmatni ko‘rsatish muddati esa 8 kunni tashkil qiladi.

Ha, aytgancha, biz ushbu xizmatni ham my.gov.uz Yagona portali orqali 10% arzon narxda olish mumkinligini eslatishdan charchamaymiz.

My.gov.uz - tez, oson va arzondir!

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting