image

Affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziyani olish

17.09.2020

Hatto qadim zamonlarda ham mamlakatimizning zargarlik buyumlari oddiy bezak emas balki ularni taqqan insonlarni kasalliklardan va yomon ko‘zlardan asraydigan tumor deb hisoblanar edi. Zargarlik buyumlariga ular o‘z egasiga omad va baxt keltiradi deb qaralgan.

Zargarlarga yuqori sifatli qimmatbaho metallarni yetkazib berishda affinaj faoliyatining xizmati ulkandir.

Ushbu yo‘nalishda, Yagona portalining afzalliklaridan biri affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziyani onlayn tarzda olishdir.

Litsenziyani olish uchun quyidagilarni amalga oshirish kifoya:

  • Yagona portalda ushbu xizmat turiga o‘tish;
  • tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda arizani to‘ldirish;
  • natijasini kutish.

Litsenziyani olish muddati - 5 ish kuni. 

So‘ng, Sizdan quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish talab qilinadi holos:

  • arizani ko‘rib chiqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im;
  • litsenziya berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji.

Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/333

Barcha yangiliklar

Haydovchilik guvohnomasini oson yangilang❗️

🪪 Haydovchilik guvohnomangizni uydan chiqmagan holda oʻzingiz my.gov.uz portali orqali yangilang.

06.12.2024
Eʼlon❗️

⚙️ Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

05.12.2024
⚡️MyGov mobil ilovasida oliy ta’limga oid xizmatlar soni 11 taga yetdi

📱 my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi orqali quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanishingiz mumkin:

05.12.2024
🏠 Uyingiz yashash uchun yaroqsiz holatdami?

🧑‍💻 my.gov.uz portalida yangi ishga tushirilgan xizmat tufayli bunga yechim topishingiz mumkin.

29.11.2024
Eʼlon❗️

⚙️Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

28.11.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting