Esingizda bo‘lsa, biz ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatini Yagona portalda my.gov.uz joriy qilgan edik.
Endilikda Yagona portalda my.gov.uz ushbu xizmatni qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratildi.
Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun Yagona portalning “Litsenziyalash” bo‘limida xizmatni topish, tegishli maʼlumotlarni kiritib, ariza yuborish va ko‘rib chiqish natijasini kutish kifoya.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 15 kun.
Yo‘nalishlarga ko‘ra davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 - 7,50 barobaridan iborat.
Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/view/358