Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar! Yagona portalda my.gov.uz bojxona sohasida yangi xizmat ishga tushirildi - bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini olish uchun murojaat yuborish.
Ushbu xizmat qanday ishlaydi?
Arizachi Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tadi, ariza shaklini to‘ldiradi va vakolatli organga yuboradi.
Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi, bojxona to‘lovlarini kechiktirish imkoniyatini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qarorni Yagona portal orqali murojaatchiga yuboradi.
Xizmat bepul va 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Bojxona sohasidagi xizmatlar Yagona portal bilan yana-da qulay!
Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/365