image

Doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida maʼlumotnoma

16.11.2020

Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida maʼlumotnoma kerakmi va yoki bu o‘sha biz bilgan 17-shakl maʼlumotnomasini qanday olish kerak deysizmi?

Bu endi juda oson!

Endilikda Siz shu maʼlumotlarni olish uchun ichki ishlar bo‘limlariga borib navbatda kutib oladigan maʼlumotnomani Yagona portal orqali olish imkoniyati yaratildi.

Yagona portalda “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida maʼlumotnoma”xizmatini tanlab maʼlumotnomani onlayn tarzda oling.

Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.

Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/372

Barcha yangiliklar

Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024
Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi

11.03.2024
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

04.03.2024