image

⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

26.11.2024

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratildi. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

⏺Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
⏺ Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
⏺Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/erugs14mhiA

Barcha yangiliklar

🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

11.01.2025
📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

10.01.2025
✨ 2024-yil natijalari ✨

🟡 Yil yakuni bizni yangi yutuqlar bilan xursand qildi!

09.01.2025
❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

08.01.2025
❗️Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

📱 Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Ular my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

07.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting