image

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

18.12.2024

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda. 

🆘 My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi. 🆕 Endi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi.

✅ Himoya orderi zoʻravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.

💫 Order qanday cheklovlarni oʻz ichiga oladi?

❌ Tazyiq va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
❌ Zoʻravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
❌ Jabrlanuvchi va zoʻravonning bir xonada boʻlishini taqiqlash;
❌ Zoʻravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
❌ Zoʻravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.

✨Eslatma: Himoya orderida qonunchilikda belgilanmagan boshqa cheklovlarni qoʻyish taqiqlanadi.

❗️Zoʻravonlikka yoʻl qoʻymang! Oʻzingizni himoya qiling!

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting