💻 Talabgorlar 10-yanvarga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin.
👉 Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
⏺️ bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;
⏺️ zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.
🗂 Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
🔵 2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
🔵 mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
🔵 pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
🔵 pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
🔵 ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).
👍 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
▶️ Foydalanish tartibi bilan videoyo'riqnomada tanishing:
📺 https://youtu.be/M_e3Lczq34U