image

❗️Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

07.01.2025

📱 Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Ular my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

👮‍♂️ Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi. 

👉 Bunga: Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash; Zo‘ravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash; Jabrlanuvchi va zo‘ravonning bir xonada bo‘lishini taqiqlash; Zo‘ravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararini qoplash majburiyatini yuklash; Zo‘ravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar kiradi.

👤 Aziz ayollar, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling! 

🧑‍💻 Bu borada my.gov.uz portali sizga yaqindan yordam beradi!

▶️ https://youtube.com/shorts/FrgqjeJAXMI?feature=share

Barcha yangiliklar

Alisher Navoiy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab: yozuvchilar uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etamiz 📜

9-fevral — Alisher Navoiy, buyuk o‘zbek shoiri va faylasufi tavallud topgan kun. Bugun biz yozuvchilar va nashriyotchilarga o‘z asarlarini keng auditoriyaga taqdim etishda yordam beruvchi zamonaviy imkoniyatlarni eslatib o‘tmoqchimiz. 📖

09.02.2025
🆕 Ovchilik guvohnomasini onlayn olish mumkin!

💥 Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yanada osonlashdi!

03.02.2025
⚡️ My.gov.uz orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish yanada qulaylashdi!

💰Endilikda portal foydalanuvchilari pullik davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiyada muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin!

31.01.2025
🚗 800 000 ga yaqin haydovchi onlayn litsenziya oldi❗️

📱 my.gov.uz portali orqali yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya olish jarayoni oson va qulay ekaniga siz ham guvoh bo‘ling!

30.01.2025
Oson parol qoʻymang❗️

⌨️Xakerlar vaqti-vaqti bilan millionlab parollarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini ommaviy e'lon qilib yuborishmoqda. Mutaxassislar parollarni imkon qadar tez-tez oʻzgartirib turishni va murakkabini tanlashni tavsiya etishadi.

29.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting