Doimiy (vaqtinchalik) yashash manzili haqida ma’lumotnoma kerakmi?
Yaqin-yaqingacha fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turish manzili pasportida qayd etilar edi. Bugungi kunda ushbu tartib bekor qilindi.
Shu o‘rinda ko‘pchilikda so‘ralgan joyga ro‘yxatda turish manzilini qayerdan olib taqdim etish mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Buning yechimi oson. Endi bu haqdagi to‘liq ma’lumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dan olishingiz mumkin.
Mazkur xizmat video qo'llanmasiga havola: https://youtu.be/KHD-rWOMUeM