Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr sanasigacha edi.
Endilikda taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, my.gov.uz orqali eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirilishi mumkin
29.09.2021
Barcha yangiliklar
Millat bayrogʻi – shunchaki mato boʻlagi yoki kichik bir timsol emas, u gʻururimiz, hamjihatligimiz, farovon kelajakka intilishimiz ramzidir. Unda boy tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimiz mujassam.
18.11.2024👨🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.
05.11.2024📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin.
04.11.2024⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.
01.11.2024🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.
31.10.2024