ID-karta olish vaqti keldimi?
ID-kartalar 2021 yildan boshlab 2011 yildagi biometrik pasportlar o‘rniga joriy etilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Agar ID-karta olish vaqti kelgan bo‘lsa, nima qilish kerakligini bilasizmi?
Buning ikki yo‘li bor.
- Biometrik pasport bilan istalgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi yoki davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish yo bo‘lmasa...
- YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali elektron ariza berish.
my.gov.uz portalidagi xizmatdan foydalanilganda ishingiz ancha yengil bitadi.
Qanaqasiga deysizmi?
Quyidagi videoqo‘llanmani ko‘ring: http://link.egov.uz/e408