Hozir avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma my.gov.uz orqali onlayn olinayotganidan xabaringiz bor.
Buning uchun hatto uydan chiqishga hojat yo‘q. Internetga ulangan qurilma bo‘lsa kifoya.
My.gov.uz dan foydalanganlik uchun beriluvchi 10 foizlik chegirma tufayli esa yaxshigina mablag‘ni iqtisod ham qilasiz.
Biroq bugun ko‘cha-ko‘yda ushbu ruxsatnomani pul evaziga rasmiylashtirib berish holatlari ko‘paygan. Shaxsiy ma’lumotlarning begonalar qo‘lida qolib ketishi esa yaxshi emas.
Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda ekan, “tonirovka”ni o‘zingiz onlayn rasmiylashtiring.
Bunda sizga quyidagi videoyo‘riqnoma qo‘l keladi: https://www.youtube.com/watch?v=i1d1PLwzyhw&t=3s