Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

T/r

Davlat xizmatlarining nomi

Ishlar narxi

I. Ko‘chmas mulk ob'ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.1.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

1.2.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Ob'ektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

1.3.

Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash

miqdorining 17,25 baravari

1.4.

Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash

miqdorining 34,5 baravari

1.5.

Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash

miqdorining 57,5 baravari

1.6.

Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash

miqdorining 80,5 baravari

II. Ko‘chmas mulk ob'ektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2.1.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira

Ob'ektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

2.2.

Yakka tartibdagi turarjoy

Ob'ektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

III. Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

3.1.

Er uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

3.2.

Er uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,25 baravari

3.3.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,25 baravari

3.4.

Noturarjoy ob'ektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,25 baravari

3.5.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi          

Bazaviy hisoblash

miqdorining 2,5 baravari

IV. Ko‘chmas mulk ob'ektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4.1.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,25 baravari

4.2.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 2,0 baravari

4.3.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 3,0 baravari

4.4.

Yuridik shaxslarning turarjoy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 5,0 baravari

4.5.

Jismoniy shaxslarning noturarjoy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 3,0 baravari

4.6.

Yuridik shaxslarning noturarjoy ko‘chmas mulk ob'ektlari va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 5,0 baravari

4.7.

Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turarjoy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,0 baravari

4.8.

Jismoniy shaxslarning noturarjoy ob'ektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 3,0 baravari

4.9.

Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 5,0 baravari

4.10

Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,5 baravari

4.11

Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash

miqdorining 2,5 baravari

4.12.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,25 baravari

4.13.

Mulkida turarjoy borligi (yo‘qligi) haqida ma'lumotnoma berish

Bazaviy hisoblash

miqdorining 3 foizi

(har bir fuqaro uchun)

4.14.

Ko‘chmas mulkka oid kadastr ma'lumotlarini taqdim etish

Bazaviy hisoblash

miqdorining 5 foizi

4.15.

Shahodatnomaga ega bo‘lgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yig‘majildiga asosan ko‘chmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish

a)      bazaviy hisoblash

miqdorining 1,0 baravari

b) ko‘chmas mulk ob'ektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

V. Ko‘chmas mulk ob'ektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

5.1.

Ko‘chmas mulk ob'ektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

Bazaviy hisoblash

miqdorining 1,0 baravari

Izohlar:

  1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi.
  2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:
  3. a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:

ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob'ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk ob'ektining bir qismi begonalashtirilganda ob'ektning qolgan qismiga;

rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob'ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

  1. b) ko‘chmas mulk ob'ektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:

fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

tadbirkorlik sub'ekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

  1. Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk ob'ektlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
  2. Yangi ob'ektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
  3. I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting