Xizmat: Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Ko'chmas mulk
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi

Xizmat tavsifi

Obyektni qayta ixtisoslashtirish deganda ob’ektning maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish tushuniladi.
Ob’ektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
- binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
- binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
- bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga o‘zgartirish kiritish;
- o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar qurish

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Natijani olish usullari

Elektron ko‘rinishda

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 18.05.2018 yildagi №VMQ-370 sonli qarori

Xizmatni ko`rsatish muddati

5 ish kuni ichida

Xizmat natijasi

Elektron manzilga ruxsatnoma jo‘natish

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Bino va inshoot xaqida ma’lumot:
1. Bino, inshoot nomi;
2. Joylashgan manzili(indeks, adres, mo‘ljal);
3. Kiritilayotgan o‘zgarish yoki qilinayotgan ish xaqida qisqa ma’lumot

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Rad etish sabablari

Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so'rovnomada noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatish uchun yig'imni to'lamaslik davlat xizmati ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Bog`lanish

Indeks: 100011
Mamlakat: O'zbekiston
Shahar: Toshkent
Tuman: Shayxontoxur
Tel. : 2393582; 2419542

Tashkilot

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari