Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun olingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish
1-bosqich:
1.Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq litsenziya olish uchun sharoitlar yaratadi.
2. Markazga shaxsan borib yoki pochta aloqasi orqali yoki YaIDXP orqali ariza beradi.
2-bosqich:
1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo'yicha litsenziya berish uchun arizani qabul qiladi. Arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan ro'yhatga olish nusxasini beradi.
2. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur ma'lumotlari bilan birga litsenziyalovchi organga ko'rib chiqish uchun beriladi.
3-bosqich:
1. Ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo'ljallangan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigienik normativlarga muvofiqligi haqidagi xulosani olish uchun davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markaziga bir kun mobaynida ariza yo'llash kerak.
2. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markazi ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib o'rganish asosida tuzilgan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosani taqdim etadi.
3. Ishchi organning eksperti xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosa olingandan so'ng joyiga borgan holda bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvogiqligini tekshirish bo'yicha ekspertiza o'tkazadi. Shuningdek ekspertiza natijalariga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert xulosasini beradi.
4. Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasiga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror qabul qiladi.
5. Litsenziyalovchi organ o'z qarori haqida litsenziya talabgorini u o'z arizasida ko'rsatgan shaklda, bank xisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to'lash muddati ko'rsatilgan xolda xabardor qiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga u arizada ko'rsatgan shaklda yo'llanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo'lishi zarur.
4-bosqich:
Litsenziya berishni rad etishga asos bo'lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya beruvchi organ arizani takroran ko'rib chiqadi, litsenziya beradi yoki uni berishni rad etadi.
Tel: +998 (71) 241-10-69
Yuridik shaxslar
Lisenziat qayta tashkil qilinganligi nomi yoki pochta manzili o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat
20 kun mobaynida
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Yig'im - 1.8 BRV (540000.00 UZS)
Umumiy statistika
Yangilari | 0 |
Jarayonda | 0 |
Tugallanganlar | 140 |
Rad etilganlar | 80 |
To‘lov jarayonida | 15 |
Bekor qilingan | 50 |
Barcha | 285 |