Foydali ma'lumotlar

    UJKX

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, So‘rovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi.

    a) aholi uchun:

    - isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda ariza, xonadon kadastr hujjati nusxasi, pasport nusxasi va o‘zini o‘zi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;

    - berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollatish uchun tuynuklarning joylashuvini o‘z ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;

    b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:

    - isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subʼekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno;

    - berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sig‘imlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi (davomi VMning 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori1-ilova, 5-bob).

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglament tasdiqlangan.

    Ushbu reglamentga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, suv taʼminoti yoki hududiy issiqlik taʼminoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

    Hammasini ko'rsatish