Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari

Buyurtmachi va jismoniy shaxs o'rtasida tuzilgan xizmatlarni taqdim etish shartnomasiga (oferta, foydalanuvchi shartnomasi, maxfiylik siyosati) kiritish uchun jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash to'g'risidagi shartlari

Jismoniy shaxs MyID biometrik identifikatsiya tizimi orqali shaxsni identifikatsiya /autentifikatsiya qilish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirayotganda “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ (keyingi o‘rinlarda – UZINFOCOM deb yuritiladi)” tomonidan quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik beradi:

  1. a) jismoniy shaxs o'zi haqida o'zi taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlar:

pasport seriyasi va raqami/jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

tug'ilgan kuni;

  1. b) vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga so‘rov yuborish yo‘li bilan olingan shaxsiy ma’lumotlar:

raqamli fotosurat;

JShShIR;

pasport seriyasi va raqami;

tug'ilgan kuni;

pasport berilgan sana;

pasportning amal qilish muddati;

familiyasi, ismi, otasining ismi davlat tilida (lotincha);

ingliz tilidagi familiyasi, ismi;

jinsi;

pasport berilgan joy;

hayot holati;

tug'ilgan mamlakati;

tug'ilgan joyi;

millati;

fuqaroligi;

yashash joyida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi ma'lumotlar;

soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

  1. v) jismoniy shaxsni identifikatsiya/autentifikatsiya qilish jarayonida UZINFOCOMga avtomatik tarzda uzatiladigan ma’lumotlar:

jismoniy shaxs mobil qurilmadan foydalanganda- mobil qurilmaning modeli, operatsion tizim versiyasi, mobil qurilmaning noyob identifikatorlari va mobil maʼlumotlar tarmogʻidagi maʼlumotlar kabi mobil qurilma haqidagi maʼlumotlar;

amalga oshirilgan harakatlarning ma'lumotlari va holati (sanasi, vaqti, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va boshqalar), shuningdek, identifikatsiya / autentifikatsiya qilish bo'yicha shaxsning harakatlari bilan bog'liq boshqa ma'lumotlar.