Muxlisa AI
(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Foydali ma'lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga asosan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini olish uchun Siz yoki sizning yaqin qarindoshlaringiz (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Davlat xizmatini koʻrsatish bepul asosda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-son qarori 4.a-bandida Maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi 312-son qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi "Yoshlar daftari" jamg‘armalari to‘g‘risida" gi nizomning 90-bandiga ko‘ra, yoshlar quyidagi hollarda "Yoshlar daftari" dan chiqariladi:
▪️Belgilangan tegishli toifa bo‘yicha amaliy yordamlar (https://t.me/yuridikkonsalting/308)to‘liq ko‘rsatilganda; (bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilganligi bundan mustasno)
▪️bandligi to‘liq ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;
▪️to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
▪️o‘z arizasiga ko‘ra;
▪️"Yoshlar daftari"ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
▪️boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
▪️sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
▪️vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning "Yoshlar dasturi" ga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilguniga qadar ularni "Yoshlar daftari" dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli qaroriga asosan “OLIY, O‘RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM TASHKILOTLARIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QISH UCHUN TA’LIM KREDITLARI AJRATISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qarorida talabalarning ta'lim kreditini olish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan.
Ta'lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Oliy ta'lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta'lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
d) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar
Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining so‘rovnomasi hamda ilova qilingan hujjatlari ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi. Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi,
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.