Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.
Sog‘liq va ijtimoiy himoya
109 turdagi bepul dorilarni shifokor ko‘rsatmasiga asosan olish imkoni mavjud. Ushbu dorilar ro‘yxatiga buyrak yetishmovchiligi va orttirilgan immunitet tanqisligi kasalliklari ham kiradi.
Oilaviy shifoxonalarda 19 turdagi qon tahlil tekshiruvlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari yurak-qon tomir va moddalar almashinuvi kasalliklarini erta aniqlash skrining tekshiruvlari mavjud.
Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 693-son qarori