Muxlisa AI
(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Foydali ma'lumotlar
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga muvofiq, 2023-yilning 1-dekabridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomototransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati joriy etiladi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Ichki ishlar vazirligining “Call-markazi”, rasmiy veb-sayt hamda mobil ilovadan foydalangan holda murojaat etishligi mumkin.
Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
- guvohnoma uchun BHMning 70%;
- Ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 20% to‘lov undiriladi.
Onlayn transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati bir kunda ko‘rsatilganda — qo‘shimcha to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, uch kunda ko‘rsatilganda — 3 baravari, besh kunda ko‘rsatilganda — 2 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
Shuningdek, Davlat raqam belgisi hamda ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomani yetkazib berish xizmati uchun alohida to‘lov undiriladi (birinchi 10 km bepul, keyingi har bir km uchun BHMning 5% miqdorida to‘lov undiriladi).
MJtKning 291-moddasiga ko‘ra, jarima solish haqida qaror chiqqan kundan boshlab 60 kun ichida jarima to‘lanmasa, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Demak, mashina jarima maydonchasiga qo‘yish uchun 2 ta asos bo‘lishi kerak:
Jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kun ichida jarimani to‘lamagan bo‘lishingiz;
Transport vositasiga jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi.
❗️E'tibor bering! YPX xodimi qo‘lida sizga jarima solgan organ rahbarining yozma buyrug‘isiz, shunchaki elektron bazadan tekshirib, jarimangiz bor, deb mashinani jarima maydonchasiga olib ketishga haqli emas.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi.
Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bogʻliq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.
Shuningdek ushbu xizmatdan onlayn foydalanishning imkoni mavjud boʻlib, buning uchun Siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak boʻladi.
1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali toʻlovni amalga oshiriladi;
2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, yaʼni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
4. Shaxsiy imzo qoʻyiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.