Murojaat yuborish

Holati: Yopilgan   Toifasi: Taklif

JO‘RAQULOV JAHONGIR DILMUROD O‘G‘LI
2020.01.11 12:52:54

eski my.gov.uz dan har qanday davlat tashkilotiga murojaat yuborsa bo'lardi, xozirgi versiyada faqat xizmatlar va to'g'ridan to'g'ri savol yoki taklif bilan davlat tashkilotlariga murojaat qilish imkoni yo'q, nimaga ????

XOJANIYAZOVA ANJIMXAN JANABAY QIZI
2020.11.10 07:12:55

Húrmetli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev,

         Men Xojaniyazova Ánjimxan, Qaraqalpaqstan Respublikasi Shımbay tumani, eń shetki awılı "Lesxoz" da jasayman. Bozataw tumani "Kóksu" APJ jaqın jaylasqan 9 km aralıq Bozatawda islewge men ushın qıyınshılıq joq. Qaraqalpaq Medicinalıq Institutı "Emlew isi" fakultetine tapsırıp, 145,6 ball topladım, 4% lik tavsiyanomam bar. Imkan berseńiz, bir qızıńız sıpatında medicinaģa oqıw arman bolıp qalajaq. Oqıwıma járdem berseńiz, isenimińizdi aqlawģa shın júreketen wáde beremen.

PO‘LATOV ABBOSBEK XALIMOVICH
2020.11.24 10:54:54

T

PO‘LATOV ABBOSBEK XALIMOVICH
2020.11.24 11:06:09

Assalomu Aleykum salomatmisizlar  charchamayapsizlarmi. Shuncha odamlarni muammolarini o'qib chiqdim. Buzni muammo bularnikini oldida o'yindek bo'lib qolarkan shunday bo'lsa xam murojaat qilishga qaror qildik. Biz Andijon Viloyati Andijon shaxri Buyuk Turon (MFY) Hindiston ko'chasi va Toj mahal ko'chasi fuqarolarimiz. Biz 2019 chi yil 22 dekabrda Uztelecom aloqa kompaniyasiga maxallamizga WiFi tushirib berishlari uchun 11  oila  ariza yozgan edik bizga 15  20 kunda tushirib ketamiz deb vada berishgandi. Mana sal kam 1 yildan beri xich qanday harakatlarsiz qolib ketti xozir internet zamon talabi bolalarimiz online taxsil olayotgan bunday davrlarda bizga internet judayam muxim deb xisoblaymiz. Bizga amaliy yordam berishingizni so'rab qolamiz. +998905420880

BAXTIYOROVA MIJGONA ALISHER QIZI
2020.12.25 10:23:32

Assalomu alaykum. Men Baxtiyorova Mujgona Alisher qizi. 23.10.2020yilda va vazirlar mahkamasiga o'qishga kirish uchun imtiyozlar qo'llanilmaganligi to'g'risida va amaliy yordam berish masalasida murojaat qilganman, lekin shu bugunga qadar ushbu murojaatim javobsiz qolmoqda. Vazirlar mahkamasiga bur necha bor qo'ng'roq qilib suraganimda tayinli javob olmadim. Faqat ijrochiga chiqarilgan deb o'zidan masuliyatni soqit qilmoqda. Ijrochii deb berilgan telefon raqami esa 2 oydan beri ishlamaydi. shu masala yuzasidan amaliy yordam berishingizni surayman. Hurmat bilan Mujgona Alisher qizi! 

RAXMONOV OLIM KAXOROVICH
2021.01.03 06:17:23

Assalomu alaykum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.MIRZIYOYEV!

Men Raxmonov Olim Qaxxorovich 1983-yil 15-yanvarda  Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilganman.2004-2017-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida shartnoma asosida xizmat qilib kelganman.2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum qilinganligini sababli Sharqiy Xarbiy Okrugi qo‘shini qo‘mondonligi tomonidan xizmat lavozimidan zahiraga bo‘shatildim.2019-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.Mudofa ishlari bo‘limiga murojaat bo‘lganimda ular sizga 311"z"moddasi qo‘llangan xolda xarbiy xizmatga batamom noloyiq deb aytishdi hamda yuqori organlarga murojaat qilishimni aytishdi.Ushbu iltimosnoma orqali sizga shuni iltimos qilamanki ushbu moddani bekor qilishga va shartnoma asosidagi xarbiy xizmatga qayta tiklanishiga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

NURMANOV G‘ANISHER ABDURAZOQOVICH
2021.01.04 10:15:01

Суюнчи пулини жўнатиш олип ташланганми

HAFIZOVA MALIKA LUQMON QIZI
2021.01.05 06:52:50

Assalomu Alaykum men Hafizova Xurshida Luqmon qizi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida istiqomat qilaman. Hozirgi vaziyatni toʻgʻri tushunaman lekin, juda ham chegaradan chiqdi. Esimni taniganimdan beri gaz yoq, mayli bunga ham koʻnikdik oʻzimiz uchun qulay sharoit yaratdik, hozirda elektr energiyasi juda juda muammoli bolib qoldi, kuniga bersa 1 soat beradi. O'shani ham bo'lib-bo'lib beradi. Axir shu sovuq havoda insofdanmi. Yosh farzandim bor. To'lovlarni o'z vaqtida qilsam, nima sabab axir umuman elektr energiyani o'chirib qo'yishi. Kim bunga chora ko'radi axir. Xohlasa yoqadi, xohlasa o'chiradi. Kimdur xalqning bu qiyin holatiga chora ko'radimi? Oliy ma'lumotliman 3 oydan bo'yon hamma joyga murojaat ham qildim xabar olib turing deyishdan boshqa gap aytishmadi. Nima qilishimiz kerak? Yurtboshimiz xotin qizlarni ish bilan ta'minlash to'g'risida qaror chiqargan bo'lsalar ham natija yo'q. Mayli biror nima bo'lar ish muammosi. Lekin hozirgi sovuq havoda elektr energiyasini hal qilib beringlar. Hamma shunaqa e'tiborsiz bo'laversa nima qilaylik? Oilamizda talaba ham o'quvchi ham bor. Online ta'lim bo'lsa svet yo'q uy  ham sovuq qanday isitishimiz mumkin. Hech bo'lmaganda elektr energiyasini cheklashmasa bo'lardi. Dunyoni xohlayotganimiz yo'q. Hamma imkoniyat poytaxt tomonlarga sharoitlar ham. Nima viloyat fuqarolarini aybi nimada? Yurtboshimizdan ko'p narsani xohlamayapmiz. Faqatgina salgina e'tibor so'raymiz. Iltimos murojaatimni e'tiborsiz qoldirmang.