image

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar vaqtincha o‘chirildi

14.08.2019

2019 yil 14-19 avgust kunlari Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan quyida belgilangan xizmatlar taqdim etilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

- Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
- Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
- Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ishlarni fuqarolarga pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda “Pensiya” dasturiy majmuasi faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, dasturni yangi ma’lumotlar saqlash qurilmasiga ko‘chirish uchun amalga oshirish zarur.

Tushunganingiz uchun tashakkur!

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting