image

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari eʼlon qilindi.

04.09.2023

BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022 yilgi reytingi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69 o‘ringa ko‘tarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keying o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur metodika doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

2023 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi
va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

- Ochiqlik va elektron ishtirok;

- Elektron davlat xizmatlari;

- Axborot xavfsizligi;

- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;

- Tashkiliy masalalar.

Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:

71 dan 100 ballgacha — “yashil” (yaxshi);

55 dan 71 ballgacha — “sariq” (qoniqarli);

55 dan pasti“qizil” (qoniqarsiz).

Baholash natijalariga ko‘ra:

Yaxshi - “yashil” ro‘yxatga jami 38 ta;

Qoniqarli - “sariq” ro‘yxatga jami 41 ta;

Qoniqarsiz - “qizil” ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi. (https://nis.egov.uz/)

Barcha yangiliklar

Aziz Vatan himoyachilari❗️

Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!

14.01.2025
🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

13.01.2025
❗️Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

13.01.2025
🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

11.01.2025
📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

10.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting