image

Geologiya sohasidagi yangi elektron xizmatlar Yuridik shaxslar uchun yangilik!

21.12.2020

Endi geologiya sohasidagi davlat xizmatlarining yangi osonroq talqinlari ishga tushdi. Ushbu xizmatlar qanday qulaylikka ega deysizmi?

Endilikda Siz yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun va suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishga ruxsatnoma olish uchun Yagona portal my.gov.uz orqali avtorizasiyadan o‘tib, ariza to‘ldirgan holda to‘lovlarni amalga oshirib ruxsatnoma olishga murojaat yuborsangiz bas!

Xizmatlar yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi.

Eng asosiysi - qulaylik, bu xizmatdan foydalanishdagi qadamlar va hujjatlar soni qisqartirildi. 

my.gov.uz - davlat xizmatlarining yanada qulay ko‘rinishi!

Xizmatlarga o‘tish uchun havolalar: 

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma olish https://my.gov.uz/oz/service/289

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishga ruxsatnoma https://my.gov.uz/oz/service/190

Barcha yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024