PROFILAKTIKA! 21 dan 24 martgacha Yagona portal ish faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
image

Elektron raqamli imzoni onlayn tarzda olish haqida videoqo‘llanma

29.01.2021

📹 Elektron raqamli imzoni onlayn tarzda olish haqida videoqo‘llanma

👤Hozir ko‘pchilik Elektron raqamli imzo (ERI) olishga qiziqmoqda. Sababi u deyarli hammaga kerak. Birgina davlat xizmatlaridan onlayn foydalanib, raqamli imzo qo‘yish orqali qancha ovoragarchiliklardan qutulasiz. ⏱ 

✅ Elektron raqamli imzo nima o‘zi? Bu elektron raqamli hujjatning haqiqiyligini, uning ma’lum bir shaxsga mansubligi va tarkibining o‘zgarmasligini tasdiqlovchi elektron raqamli belgilar majmuidir. 

📝 Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘yilgan an’anaviy imzo bilan bir xil ahamiyatga ega.

💻 Bu turdagi imzoni Davlat xizmatlari agentligi, E-imzo.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan olish mumkin.

Quyidagi video orqali yangi turdagi imzoni Yagona portaldan olish jarayoni bilan batafsil tanishing: https://my.gov.uz/oz/pages/ecp-online?new=1

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024
Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi

11.03.2024
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

04.03.2024
Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

22.02.2024
Yana bir yangi xizmat!

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun My.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

13.02.2024