image

Rejalashtirilgan texnik ishlar!

06.04.2021

2021 yil 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 dan 06:00 gacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ma’lumotlar bazasi joylashgan "O‘zbektelekom" AK Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi. 

Ushbu davr mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan taqdim etilayotgan davlat xizmatlar sifati yomonlashishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Barcha yangiliklar

📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

05.11.2024
❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

04.11.2024
📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

01.11.2024
Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

31.10.2024
✅ Iltimos, qisqa so‘rovnomani to‘ldiring

Hurmatli foydalanuvchilar! Sizlarni qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz va bizga ilovamizni siz uchun yanada qulay va foydali qilishda yordam berishingizni so‘raymiz!

30.10.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting