Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish
Ahamiyat bersangiz, bugun har qadamda qurilish, bunyodkorlik ishlariga duch kelamiz. Qurilishning o‘zi katta bir jarayon bo‘lib, unga doir hujjatlarni qonunchilik talablariga moslashtirish ham ozmi-ko‘pmi vaqtimizni oladi.
Rejamizga to‘g‘ri keladigan dam olish kunlari esa davlat tashkilotlari ishlamaydi. Yana ayni kunlardagi jaziramada odamning muzdekkina uy yoki ishxonadan chiqqisi ham kelmaydi.
Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri tanlov Yagona portaldir. Yana bonusiga 10 foiz chegirma berilishiga nima deysiz?!
Aytaylik, magistral ko‘chalar (aholi punktlari doirasidagi), xalqaro hamda davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llari bo‘yida bino yoki inshootingiz bor va siz uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmoqchisiz.
Endilikda “Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish” xizmatini ham elektron tarzda olish mumkin.
Buning uchun Yagona portal (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tib, tegishli so‘rovnomani to‘ldirasiz.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinishi hamda so‘rovnoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi lozim.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish
17.06.2021
Barcha yangiliklar
👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.
18.12.2024🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!
17.12.2024❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓
16.12.2024⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
14.12.2024🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!
13.12.2024